32
Shu sababdan rejalashtirish jarayoni maqsadni aniqlash va unga erishish yo’llarini
belgilashdan iborat.
Rejalashtirish jarayoni bir qancha bosqichdan o’tadi. Yevropa biznesida
rejalashtirishni 4 bosqichga ajratiladi:
1)
Umumiy maqsadni ishlab chiqish;
2)
Aniq vazifalarni aniqlash;
3)
Maqsadgaerishishningasosiyyo’llarivavositalarinitanlash;
4)
Ularning bajarilishini nazorat qilish.
Har qanday rejalarning asoslanganlik darajasi ko’p jihatdan ayrim olingan
korxonalar
rivojlanishida
erishilgan
darajasini
ifodalovchi
boshlang’ich
ko’rsatkichlarning ishonchliligiga bolg’iq bo’ladi. Har bir korxona umumiy bozor
tizimining kichik bir bo’lagi hisoblanganligi sababli, uning faoliyatini rejalashtirish
uchun iloji boricha ko’proq va aniqroq mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy
ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ko’p holatlarda umumiy
bozor ko’rsatkichlari yoki asosiy makroiqtisodiy omillar (masalan, o’sish sur’ati)
turli korxona va uning bo’linmalari faoliyatini rejalashtirish
uchun boshlanich
ma’lumot bo’lib xizmat qiladi.
Zamonaviy ishlab chiqarishda ichki faoliyatni rejalashtirish menejmentning
asosiy funksiyalari – maqsadni belgilash, tashkil etish, hisob, nazorat, yo’naltirish
va rag’batlantirish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Ushbu funksiyalar nafaqat
korxonaning reja – iqtisodiy faoliyati predmeti, balki ichki xo’jalik
rejalashtirishning obyektini ham belgilaydi.
Zamonaviy sharoitlarda barcha korxona va firmalar iqtisodiy faoliyatini
rejalashtirish erkin ishlab chiqarish va tadbirkorlik, resurslar va tovarlarni iste’moli
va taqsimotida muhim omil bo’lib hisoblanadi. Ishlab
chiqarish resurslarining
cheklanganligi sharoitida ulardan foydalanishni rejalashtirish tovar va xizmatlarni
ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda moddiy ne’matlar iste’molchilari uchun ham
iqtisodiy mustaqillik asosi bo’lib xizmat qiladi.
Hozirgi sharoitda barcha mahsulot va resurslarga baholar raqobatchi ishlab
chiqaruvchi va iste’molchilar tomonidan belgilanayotgan bir davrda, har bir
33
korxona qanday mahsulot va qancha miqdorda ishlab chiqarishni mustaqil ravishda
tanlaydi.
Zamonaviy
sharoitlarda
rejalashtirish
ayrim
shaxslar
va
mehnat
jamoalarining, kichik va yirik korxonalar uchun
erkin bozor munosabatlarini
vujudga kelishining asosi bo’lib qolmoqda. Rejalashtirish jarayonida mahsulot
ishlab chiqarish va iste’mol qilish, tovar va xizmatlarga bo’lgan bozor talabi va
firma hamda korxonalar tomonidan ularning taklifi o’rtasida mutanosiblik
saqlanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar iste’molchilar talabini to’laroq qondirishga
harakat qiladilar.
Erkin bozor munosabatlari sharoitida ichki ishlab chiqarish rejalashtirish
maqsadi korxona va firmalarning rivojlanishi, xo’jalik faoliyati shakllari, iqtisodiy
maqsadlarining ilmiy asoslashdan iboratdir.
Ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish ishlab chiqarish — xo’jalik
tashkiliy
boshqaruv, moliyaviy iqtisodiy muammolarni umumiy tarzda ko’rib chiqish bilan
cheklanib qolmay, kelgusida qabul qilinadigan qarorlarga diqqatni jalb qilishni
ham ko’zda tutadi. Shu sababdan mavjud muammoni rejalashtirish davomida hal
etib borish kelgusida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan muammolarni hal etish
vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, ichki rejalashtirishni zamonaviy marketingni, ishlab chiqarish
menejmentining va umuman xo’jalik yuritishning butun iqtisodiy tizimining asosi
bo’lib hisoblanadi. Bu esa korxonada vujudga keladigan ishlab chiqarish –
iqtisodiy va boshqa muammolarni yechishga kompleks tarzda yondashishni taqozo
etadi.
Rejalashtirish turli iqtisodiy, tashkiliy, boshqaruv, ijtimoiy va boshqa
funksiyalarni amalga oshirish asosi bo’lib xizmat qiladi. Ularning o’z aro ta’sir
mexanizmi mavjud maqsad va ularga erishish vositalarini umumiy tizimga
birlashtirishni talab etadi.
Masalan, korxona faoliyatining istiqboldagi iqtisodiy ko’rsatgichlarini
rejalashtirishda amaldagi ilg’or me’yorlar, standartlar, ilmiy shartlar va iqtisodiy
maqsadlardan to’liq foydalanish zarur.
34
Ushbu maqsadlarni quyidagicha guruhlash va ifodalash mumkin.
1. Iqtisodiy o’sish – korxonaning iloji boricha ko’proq
miqdorda va yuqori
sifatdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga intilishi.
2. To’liq bandlik — ishga qobiliyatli va ishlashni xohlovchi barcha ishchilarni ish
bilan ta’minlash.
3. Iqtisodiy erkinlik – barcha ishlovchi mutaxassislarga o’z faoliyati doirasida
yuqori darajada erkinlikka erishishlariga imkon yaratish.
4. Daromadni adolatli taqsimlash – barcha xodimlar toifasini taqdirlashni yo’lga
qo’yish.
5. Iqtisodiy samaradorlik, mavjud cheklangan resurslardan ulardan foydalanishga
kam xarajat sarflangan holda yuqori samara olishni ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: