Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


 – chizma. Korxona rejasining tarkibiy qismlari



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

2.1 – chizma. Korxona rejasining tarkibiy qismlari. 
Korxonalar faoliyati va iqtisodiyotda rejalashtirishdan tashqari bashorat 
qilish
 
ham katta rol o’ynaydi. Bashorat qilish xo’jalik faoliyati yurituvchi 
sub’ektning istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarni ilmiy asoslagan 


35 
holda avvaldan ko’ra bilishini ifodalaydi. U yuzaga kelayotgan yoki kelajakda 
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan iqtisodiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy holatlarni 
baholash va tahlil qilish asosida yaratiladi hamda muqobil qarorlarni tanlashga 
imkon yaratadi. 
Bashoratning maqsadi
– bozorga ta’sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga, 
xo’jalikning umumiy ahvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika 
taraqqiyotining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta’sir ko’rsatishi, an’anaviy 
mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorligi va raqobatbardoshligiga olib 
keluvchi «pioner» (yangi) mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi 
mumkin bo’lgan holatlarini belgilashdadir. Korxonalar uchun talabni 
prognozlashtirish muhim ahamiyatga ega bo’lib, u ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar turi va miqdorining o’zgarishini avvaldan aniqlab beradi. Umuman 
olganda, prognoz rejalashtirishning ilmiy asosidir. 
Zamonaviy sharoitlarda rejalashtirishning quyidagi vazifalari alohida 
ahamiyatga ega hisoblanadi: 

bashoratlash- ishlab chiqarish faoliyatini tahlil qilish asosida hamda 
barcha omillarni e’tiborga olgan holda ob’ektning kelgusidagi istalgan 
holatini asoslash; 

initsiatsiyalash-ko’zda 
tutilgan 
harakatlarni,loyihalarni 
va 
kelishuvlarni faollashtirish hamda rag’batlantirish; 

optimallashtirish-aniq 
ijtimoiy-iqtisodiy 
muhitda 
korxonani 
rivojlantirishning tanlangan eng samarali va maqbul variantini 
ta’minlash; 

koordinatsiyalash va integratsiyalash-korxonaning barcha bo’limlari 
o’rtasidagi o’zaro aloqalarni hamda hamkorligini ta’minlash asosida 
ular faoliyatini yagona maqsadga yo’naltirish; 

tartiblashtirish- yagona tartibni shakllantirish asosida ma’suliyali va 
samarali faoliyatni tashkil etish; 


36 

nazorat- rejani bajarilishini kuzatish va o’rganish asosida 
kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish yo’llarini 
aniqlash; 

tarbiyalash va o’qitish- rejalashtirilgan harakatlar orqali xodimlar 
hulqiga ijobiy ta’sir qilishga erishish hamda ularda o’rganish va 
izlanishga bo’lgan moyillikni shakllantirish; 

hujjatlashtirish-harakatlarni hujjatlar shaklida rasmiylashtirish orqali 
samarali faoliyat yoki kamchiliklarni,xatolarni isbotlash va asoslashga 
qaratilgan sharoitni yaratish.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin