29
sotuvchi va xaridor uchun manfaatli bo’lgan ishlab chiqarish va iste’mol qilish
hajmlari va uslublarini belgilab beradi. Firma ham bozor tizimi ishtirokchisi
sifatida baho mexanizmiga, talab va taklifqonuniga bo’ysunishga majbur, chunki u
ularning ta’sirini bartaraf eta olmaydi. Shu sababdan firma bozor dunyosidagi yirik
organizmning kichkinagina elementi bo’lib hisoblanadi.
Shu bilan birga, har bir xo’jalik birligining ichki muhitida baho mexanizmi
tadbirkor va menejerlarning harakatibilan chetga siqib chiqarilmoqda.
Tadbirkor firma faoliyati yo’nalishlarini belgilaydi. O’z navbatida firmaning
ichki tabiati rejaviy yechimlar tizimiga asoslanadi.
Shunday qilib, firmaning ichki faoliyati ishtirokchilari mustaqil, bir biriga
bog’liq bo’lmagan bozor sub’ektlari uchun xarakterli bo’lgan
harakat erkinligini
yo’qotadilar, ularning faoliyati korxona boshqaruvchilari nazoratiga o’tadi. Nima
uchun rejalashtirishni mustaqil ravishda qabul qilinadigan qarorlar tizimi sifatida
bozorni firmaning ichki faoliyatidan siqib chiqaradi? Bu borada iqtisodchilarda bir
nechta javob mavjud.
1. Firma o’lchamlarining chegaralanganligi uning ichida ro’y beradigan
harakatlarni nazorat qilish imkonini beradi va natijada bozor muhitining
noaniqligini va uning salbiy oqibatlarini minimal darajaga yetkazish mumkin
bo’ladi.
2. Rejalashtirishni qo’llash orqali firma sotish bilan bog’liq harajatlarni
qisqartirishga erishadi.
Rejalashtirish quyidagi savollarga javob berishga yordam beradi.
1. Korxona
hozir qanday iqtisodiy holatda, uning faoliyati sharoitlari va
yakunlari qanday?
2. Korxona maqsadiga qanday qilib, qaysi resurslar yordamida erishiladi.?
Biznes rejalashtirish menejmentning dastlabki, eng ahamiyatli bosqichi
hisoblanadi. Rejalar tizimi asosida ko’zda tutilgan ishlarni amalga oshirish ularni
bajarishga jalb etilgan xodimlar motivatsiyasi, natijalarini nazorat qilish va rejaviy
ko’rsatkichlar nuqtai nazaridan baholash amalga oshiriladi.
30
Zamonaviy
menejmentning
“otalaridan”
hisobangan
F.Fayolg’
ta’kidlaganidek: “Boshqarish - bu oldindan ko’ra olish”, “oldindan ko’rish esa-bu
qariyb harakat qilishdir”.
Rejalashtirish - barcha zaruriy harakatlarni
oldinda bashorat qilishgina
emas, balki faoliyat davomida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tasodiflarni ko’ra
olish va ularni bartaraf etishni bilishdir.
Firma o’z faoliyatidagi hatolarni butunlay bartaraf eta olmasada, samarali
bashoratlash orqali ularni oqilona boshqara oladi.
Menejment klassiklari korxonada rejalardan foydalanilmaslik faoliyatdagi
tebranishlarni, xato harakatlarini keltirib chiqaradi deb hisoblanganlar.
Amaliyotdan ma’lumki, rejalashtirishni qo’llash quyidagi muhim
ustunliklarni yaratadi:
- menejerlarni o’z qarorlarini amalga oshirishga rag’batlantiradi.
- korxona faoliyatini tartibga solishni yaxshilaydi.
- yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muamolarni aniqlashtiradi.
-menejerlarning tayyorgarligini oshirish uchun sharoit yaratadi.
- korxonani zaruriy axborot bilan ta’minlash imkoniyatini oshiradi.
-resurslarni oqilona taqsimlashga yordam beradi.
- korxonada nazoratni yaxshilashga imkon yaratadi.
O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun rejalashtirishni
qo’llash zarur bo’lgan 2 ta soha ajratiladi.
1. Yangidan tashkil etilgan xususiy korxonalar.
Kapitalning yuqori sur’atlar bilan to’lanishi bunday firmalarning faoliyatini
kengayishi va murakkablashuviga olib keldi. Shu
bilan birga rejalashtirish
shakllariga talabni keltirib chiqaruvchi boshqa omillarning paydo bo’lishiga zamin
yaratadi.
2. Davlat korxonalari. Ular uchun rejalashtirish funktsiyasi markazdan
boshqariladigan iqtisodiyot davridan o’tgan tajriba bo’lib, o’z rivojlanish
maqsadlarini belgilash, korxona faoliyatini tahlil qilish va bashoratlashni ko’zda
31
tutmagan. Shu sababdan barcha davlat korxonalarida ichki biznes rejalashtirish
bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish zarur.
Zamonaviy bozor korxonaga alohida talablar qo’yadi. Unda ro’y berayotgan
jarayonlarning murakkabligi va yuqori darajadagi o’zgaruvchanligi rejalashtirishga jiddiy
yondashuvni zaruriyatga aylantiradi.
Dostları ilə paylaş: