Issiqlik elektr stansiyalarda


- markaziy quvur (kollektor); 2



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə60/81
tarix12.10.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#154428
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81
2019 R M Yusupaliyev issiqlik elektr stansiyalarda yoqilgi yoqish

1 - markaziy quvur (kollektor); 2 - havo taqsimlovchi quvur; 3 - tutashtiruvchi quvur; 4 - havo tarqatuvchi quvurlar;
5 - quvurlarga havo berish.

Filtming har kvadrat metriga beriladigan suv miqdoii yuvish tezligini belgilaydi va yuvish intensivligi deb ataladi. Yuvish intcnsivligi 1 m2 yuzadan 1 soniya davomida o‘tayotgan suvning miqdori bilan o‘lchanadi va (1/ m"s) birligida ifoda qilinadi. Yuvish intensivligi kattaligi filtr materiallari xiliga, donachalaming oMchamiga va suv haroratiga bogMiq bo‘lib, kvarsli qum uchun 15-18 1/ m2s, antratsit uchun 10—12 1/ m2s qabul qilingan. Filtrlarni yayratish uchun sarflanadigan suv va yuvish intensivligi, filtrlarga o‘matilgan suv sarflovchi asboblar yordamida boshqarib turiiadi.


5.5-rasmda filtrga havo beruvchi tizimning chizmasi berilgan. Bu rasmda Ko'rsatilganidek, siqilgan havo filtr tagidan maxsus quvurlar orqali kollektorning bir necha joyidan berilaai. Filtrlarni havo - suv aralashmasi bilan yayratish quyidagi tartibda bajariladi: filtming tagidagi quvuridan avval har kvadrat metr yuzasiga 1-2 daqiqa davomida soniyasiga 15-20 m tezlikda faqat havo yuboriladi, so'ng soniyasiga 3 - 4 m tezlikda 5 daqiqa havo-suv aralaslimasi yuboriladi va nihoyat 2 daqiqa davomida soniyasiga 5-6 m tezlikda faqat suv yuboriladi.
Yuvish jarayoni tugallangandan so‘ng filtrdan tozalanayotgan suv oMkazish yana davom ettiriladi. Filtrdan suv o'ta boshlagan vaqtdan to navbatdagi yayratish jarayonini bajarishgacha boMgan
163
vaqt filtrning foydali ish vaqti (filtrotsikl) deb ataladi. Loyihalash me’yorlarida ko'rsatilishicha, mexanik filtrlaming foydali ish vaqti, ya’ni suvni filtrlash vaqti 8 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Suvni filtrlash jarayonida undagi dahal zarrachalarning filtrlovchi material donachalariga yopishib qolish hollari quyidagi omillarga: suvning filtrdan o'tish tezligiga, suvdagi dahal zarrachalarning katta-kichikligiga va material qatlami balandligiga bog‘liq bo'ladi.
Bosimli mexanik filtrlarda tozalanayotgan suvning filtrdan o'tish tezligi suv loyqaligiga qarab belgilanadi. Ekspluatatsiya me’yorlarida ko'rsatilishicha, agar filtrga reagentlar yordamida tindirgichda tozalangan suv yuborilsa, suvning filtrdan o'tish tezligi soatiga 5-5,5 metr, tindirgichda tozalanmagan suv uchun bu tezlik 4—5 rnetrdan katta bo'lmaydi. Kimyoviy reagentlar yordamida tozalanmagan loyqa suv filtrdan o'tishi jarayonida undagi dahal zarrachalar material qatlamining asosan yuza qismiga yopishib, bu yuzada har xil qalinlikdagi loy qatlami hosil qiladi. Hosil bo'lgan bu qatiam birinchidan, undan o'tayotgan suvdagi dahal zarrachalarning pastki qatlamlar orasiga bemalol o'tishiga to'sqinlik qilishi sababli pastki qatlamlar suvni tozalashda to'la ishtirok eta olmaydi, ikkinchidan, bu loy qatiam yopiq filtrlarda material qatlami yuzasida suv bosimining ko'tarilishiga ham sabab bo'ladi. Agar filtrdan tindirgichda tozalangan suv filtrlansa. bunday suvlar tarkibidagi dahal zarrachalar birmuncha mayda o'lchamli bo Iganligi sababli ular filtr materialining faqat yuza qatlamida tutilib qolmay, balki zarrachalarning tutilib qolish hollari pastki qatlamlar oralig'ida ham sodir bo'ladi.
Mexanik filtrlarda filtrlash mexanizmi va qonuniyatlarini o'rganish yuzasidan o'tkazilgan tajribalaming ko'rsatishicha, suvdagi dag'al zarrachalarning filtrlovchi material donaehalari yuzasiga yopishib, bu donachalar atrofida kattalashishi zarrachalarning o'zaro molekulyar tortishish kuchi ta’sirida sodir bo'ladi.
Filtrlash jarayonida mayda zarrachalarning filtr donaehalari atrofida kattalashgan zarrachalarga yopishish ehtimolligi mayda zarrachalarning o'zaro birikishi hollaridan ko'ra ko'proq bo'lar
164
ekan. Chunki mayda zarrachaJaming kattaroq zarrachalar bilan to‘qnashish ehtimolligi ularning o‘zaro to‘qnashish ehtimolligidan ko‘ra ko'proq sodir bo‘ladi.

fx
x h-x h


33-rasm Filtrdan o‘tayotgan suv zarrachalarining filtr hajmi bo‘ylab tutilish holati.

Bu rasmda absissalar o‘qiga filtirlovchi qatlam qalinligi (h), ordinatalar o'qiga filtrdan o‘tayotgan suvdagi dog‘al zarrachalar miqdori qo‘yilgan. Ordinataiar o‘qdagi S-nuqta filtrga yuborilayotgan suvdagi muallaq dag‘al zarrachalar miqdorini, Sk - nuqta esa shu zarrachalaming flltratda qolgan qoldiq miqdorini ko'rsatadi.


Rasmdagi 1-chiziq filtrlash jarayonida filtirdan o‘tayotgan
suvdagi zarrachalam ing miqdori qanday kamayishini ko'rsatadi. Rasmdan ko'rinadiki, filtrdan suv o‘ta boshlaganda suvdagi zaiTachalam ing material donachalariga yopishish hollari asosan uning yuqori (x) qatlamida ko'proq bo‘lib, (h—x) qatlamda zarrachalaming tutilishi filtrdan o‘tayotgan suv hajmi tobora ortib borishi davomida sodir bo‘lar ekan.
0 ‘tayotgan suv hajmi tobora ortib borishi jarayonida zarrachalaming pastki qatlamdagi material donachalariga yopishish hollari kamayib, zarrachalaming filtrdan o‘ta boshlashi

165
natijasida filtrat loyqalana boshlasa, filtrga suv yuborish to'xtatilib, filtr yana yaayratiladi va yuviladi.


Hozirgi zamonaviy suv tozalash qurilmalarida mexanik filtrlaming ishlash jarayonini avtomatik tizimlarda boshqarish va nazorat qilish, ulaming ishonchli hamda samarali ishlashini yuqori darajada taminlaydi.



Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin