Issiqlik elektr stansiyalarda



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə61/81
tarix12.10.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#154428
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   81
2019 R M Yusupaliyev issiqlik elektr stansiyalarda yoqilgi yoqish

Nazorat savollari

    1. Tabiiy suvlar tarkibida uchraydigan dag‘al va kalloid zarrachalar qanday birikmalaridan tashkil topgan?

    2. Kalloid zarrachalaming tuzilishi va xossalariqanday.

    3. Fe(OH) 3 kalloid zarrachalarining mitsella ko‘rinishi qanday holatda bo‘ladi.

    4. Kalloid zarrachalarni cho'ktirishda ishlatiladigan reagentlar va ulaming suvda erish xususiyatlariqanday.

    5. Fe S 04 va A12(S 04) 3 tuzlarining suvdagi kalloid zarrachalarni cho‘ktirishdagi farqiqanday.

6 . Suvni kalloid zarrachalardan tozalash natijasida suv tarkibining o‘zgarishiqanday boMadi.
7. Suvga flokulyant qo‘shib tozalash jarayonida ishlatiladigan flokulyatorlaming turlari.
8 . Suvni koagulyatsiya qilishda ishlatiladigan asosiy va qo‘shimcha qurilmalar va ulami ishlatish yo'llari.

  1. Mexanik filtrlaming turlari va ishlatilish sohalari.

  2. Mexanik filtrlarda suvni filtrlash jarayonlari qanday amalga oshiriladi.

  3. Mexanik filtrlarda ishlatiladigan filtrlovchi material-laming turlari va ulaming qo‘llanilishi imkoniyatlari.

  4. IESsida mexanik filtrlar qanday maqsadlarda ishlatiladi.

166
  1. BOB. SUV TOZAL \S H SOHASIDA ISHLATILADIGAN IONITLAR VA KLARNING XIMIYAV1Y XOSSALARI


Ionitlar suv tozalash sohasida suvni tarkibidagi ionlardan tozalash uchun keng ko‘lamda ishlatiladigan kimyoviy moadalardir. Ionitlar smola holatida yuqori molekulali organik moddalardan ximiyaviy usullar bilan sintcz qilib olinadi. Ulaming tarkibida suvdagi ionlar bilan o‘zaro almashinish xususiyatiga ega bo'lgan ko'p miqdordagi ionlar bo'ladi. Suv bunday ionitlar orqali filtrlanganda tarkibidagi ionlar, ionitlar tarkibidagi ionlar bilan almashimshi natijasida suvning, hamda ionitning ximiyaviy tarkibi o'zgaradi.


Suvni ionitlar yordamida tozalash jarayonida suv tarkibidagi kationlar ionitlar tarkibidagi kationlar bilan almashinsa,bunday metodga suvni kationitlash deb ataladi.
Agar bu jarayon suv tarkibidagi anionlaming ionitlar tarkibidagi anionlar bilan almashinishi natijasida sodir bo'lsa, u holda bunday metodga suvni anionitlash deb ataladi.
Hozirgi davrda suvni kationitlash hamda anionitlash metodlari issiqlik energitikasi sohasida va boshqa yuqori darajada toza suv ishlatiladigan ishlab chiqarish tarmoqlarida juda keng qo‘llaniladigan ishonchli hamda yuqori sa.narali usullar hisoblanadi. Suvni ionitlar yordamida tozalash unga kimyoviy reagentlar qo'shib tozalash metodidan tubdan farq qiladi, chunki bu metodda tozalanayotgan suvga hech qanday reagentlar qoshilm asligi, suv tarkibida cho‘kadigan moddalar hosil bo'lmashgi tufayli, suvni reagentlar qo‘shib tozalashdagi kabi ionitli qurilmalar uchun kaPa hajiindagi tindirgichlar, ishlailadigan reagentlar eritmasini tayyorlashda qo‘llaniladigan uskunalar, hamda tindirgichdan cho'kmani chiqarishda qo‘llaniladigan qo'shimcha qurilmalar zarur bo'lmaydi.
Shu bilan birgalikda ionit qurilmalari ishlatish uchun birmuncha quhy va ishonchli bo'lganligi sababli ular suv tozalash qurilmalarida uncha katta hajimdagi maydonni ham egallamaydi. Bu hoi suv tayyorlash qurilmalarini joylashtirishda muhimdir. Ionitlaming suv tozalash qobiliyati nihoyat darajada yuqori va
167
ishonchli, hamda uzluksiz ishlash muddali bir necha yillardan iboratdir.
Ionitlar yordamida suvni tarkibidagi Sa2+, Mg2+, Na+,KT, kabi kationlardan va SO42", СГ, N 0 3", HCO3", HSiCV kabi anionlardan hamda har xil organik moddalardan yuqori darajada tozalash mumkin. Shuni takidlash lozimki, ionitlar yordamida tabiiy suvlarni tarkibidagi kolloid holatdagi hamda ion holatda bo‘lmagan zarachalardan tozalash iqtisodiy jihatdan katta mablag‘ talab qiladi. Shu sababli, tarkibida bunday zarrachalar ko‘p bo‘lgan suvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ionitli filtrlarda tozalash tavsiya etilmaydi.
Ionitlar neytral, kuchsiz kislotali hamda ishqorli muhitlarda suvda mutlaqo erimaydigan polimer moddalardir. Ular suvda yaxshi bo‘kish, dissotsiatsiyalanish, tarkibidagi qo‘zg‘aluvchan ionlami oson ajratish va suvda gidrolizlanish kabi xususiyatlarga ega. Ionniaming bunday xossalari ularning ion almashtirish xususiyatini belgilashda muhim rol o ‘ynaydi.
Ionitlaming bo'kishi ularning hajmi kengayishi bilan xarakterlanadi. Oddiy sharoitda quruq holatdagi ionit hajminmg suvdagi bo‘kkan ionit hajmiga nisbati shu ionitning bo‘kish koeffitsiyenti deb ataladi va bu koeffitsiyent 1 mJ quruq holatdagi ionit zichligining bo‘kkan ionit zichligiga nisbati bilan xarakterlanadi:
K=—
Рб
Bu yerda: pk _ quruq ionit zichngi, kg/m3; pb - bo‘kkan ionit zichligi, kg/m3.
Ionitlar suvdagi qanday ionlarni almashtirish xususiyatiga qarab kationitlarga hamda anionitlarga bo‘linadi. Suv tozalash sohasida suvdagi kationlami almashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan ionitlarga kationitlar anionlarini almashtirish xususiyatiga ega bo'lgan ionitlarga anionitlar deb ataladi.
Elektrolitik nuqtai nazaridan qaraganda ionit moddalar hamelektrolit moddalar hisoblanadi. Chunki ularning dissotsiatsiyalanishi natijasida suvda erimaydigan yuqori molekulali elektrolitlar va almashuvchan ionlar hosil bo‘ladi.
168
Suv tozalash texnikasi sohasidagi chet el adabiyotlarida ionit moddalarning suvda erimaydigan qismini shartli ravishda R harfi bilan ifodalab, kationitlarning shartli ifodasini RK, anionitlarnikini, RA holatida belgilangan. Bu holda ularning dissotsiasiyalanishi quyidagicha:


RK vpt R IK f R A ^ R+IA"

Bu yerda: RIK va RIA kationit va anionitning shartli qabul qilingan ifodasi, ifodadagi K-kationitning almashuvchi kationlari, R-ionitlarining yuqori molikulyar qismi A-anionitning almashuvchi anionitlari, I- belgi ionitlaming dissotsiatsiyalanishini ko‘rsatuvchi shartli belgi.


Ionitlar suvda va boshqa elektrolit eritmalarida yaxshi dissotsiatsiyalanishi sababli, ularning almashuvchi ionlari suvda erimaydigan yadrosi atrofida qo‘zg‘aluvchan ionlar buluti hosil qiladi. 6 .1-rasmda kationit (a) va anionitlar (b) atrofida ionlar buluti hosil bo'lish holati ko‘rsatilgan.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin