Issiqlik elektr stansiyalarda



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə24/81
tarix12.10.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#154428
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
2019 R M Yusupaliyev issiqlik elektr stansiyalarda yoqilgi yoqish

M azutning turlari va sifat ko'rsatkichlari

Mazut, neft mahsulotlari tarkibidagi yuqori molekulali asfaltsmolali birikmalardan tashkil topgan. Neftni haydash jarayonida yuqori haroratda traksiyalarga ajraladigan mazut tarkibidagi ba’zi organik moddalaming polimerlanishi va polikondensatsiyalanishi natijasida mazutning sifatini pasaytiruvchi va quyuqlanish xususiyatini oshiruvchi karben va karboidlar deb ataladigan qora mgdagi qattiq birikmalar ham hosil
64
bo'ladi. Bu moddalarning zichligi d = 1,228 g/sm bo‘lib inazulning zichligidan yuqoriroq mazutning kullik darajasi A = 7,24 %, tarkibidagi uchuvchan moddalar miqdori V = 15,2 %, ni tashkil etadi.
Mazut tarkibida karboidlar qancha ko‘p bo‘lsa ulaming nostabil
xususiyati shuncha yuqori bo'ladi, chunonchi bunday turdagi mazutlar harakatlanayotgan quvur devorlarida hamda saqlanadigan baklaming devor va tag qisinlarida metalga qat+iq darajada yopishadigan cho‘kindilar hosil bo‘ladi. Shu sababli bunday mazutlami yoqish uchun quvurlar orqali uzatish jarayonlarida ortiqcha bug 1 va yuqori harorat zarur no'lishi, iqtisodiy xarajatlaming oshishiga olib keladi.
Mazut tarkibida suv miqdori neft tarkibidagiga nisbatan
ko'proq bo‘lib, 4 -7 % ni tashkil qiladi. Mazut tarkibida suv miqdori ko'p bo‘lsa ham, uning tezroq quyuqlashishga sabab bo‘ladi.
Mazut mahsulotlari neftni qayta ishlash zavodlarida olti xil
turda, dengiz flotida yoqiladigan F5 va F12, energetika sohasida ishlatildigan M40, M l ПО, M200 hamda marten pechlarida yoqiladigan 10585-63 MP turdagi markalari ishlab chiqariladi. Bu turdagi mazutlardan F5 va F12 markalilar mazutning yengil fraksiyasi bo‘lib, qovushqoqlik xususiyati pastroq va oquvchanligi tezroq hamda yonish issiqligi yuqori hisoblanadi. Energetik yoqilg'ilar sifatida ishlatiladigan mazutning M40, M l 00, M200 markali fraksiyalari hisoblanadi. Shu bilan birgalikda ular tarkibida mexanik iflosliklar ham ko'proq bo'ladi.
Neftni fraksiyalash jarayonida tarkibidagi barcha metall
organik va oltingugurtning organik birikmalari mazut tarkibiga o tadi. Shuni ta'kdlash lozimki mazut tarkibida oltingugurtning miqdori qancha ko‘p bo'lsa vanadiy elementi miqdori ham Shuncha ko'p bo'ladi. Mazut mahsulotlari, tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab uch guruhga bo'linadi. Agarda mazut tarkibida oltingugurt birikmasi 0,5 % dan kam bo'lsa bunday mazutni kam oltingugurtli va tarkibida 2 dan 3,5 % gacha oltingugurt bo'lgan mazut, yuqori oltingugurtli deyiladi Mazut tarkibida uglerodning miqdori S = 86-89 % ni, vodorodning N = 9,6+12,2 % hamda
65
O+Nning miqdori 0,5-1,7 % gacha bo‘ladi. Mazutning yonish issiqligi 39 dan 41,5 MDj/kg oralig‘ida bo‘lib,uning yonish issiqligi mazut tarkibidagi N va S ning foiziga hamda S ,0 va N elementlarining ko‘p yoki kamliga bogMiq. Mazut tarkibdagi bu S, N elementlarning ko‘payishi mazutning yonish issiqligini pasaytiradi. Tarkibidagi asfalt smolasi, karben va karbotsidlar ko‘p boMgan mazutning ham yonish issiqligi past darajada hisoblanadi.
Neft mahsulotlarining energetika sohasida muhim boMgan xususiyatlari, ularning qovushqoqligi, quyuqlanish hamda alangalanish harorati hisoblanadi. Harakatlanayotgan suyuqlikning bir qismi harakatiga uning ikkinchi qismi ko‘rsatadigan qarshilik suyuqligining qovushqoqligi yoki ichki ishqalanish holati deb ataladi.
Suyuqlikning qovushqoqligini aniqlash uchun ma lum hajmdagi suyuqlikning kapillyar naydan oqib chiqish vaqti oMchanadi. Agar kapillyar radiusi r, uning uzunligi I, bosim R boMsa, Puazel qonuniga muvofiq, kapillyardan i vaqtda oqib chiqqan suyuqlik miadori з quyidagi ifoda bo‘yicha hisoblanadi.
.9 — ^ bunda 7 = Ш
Bu ifodada r| - suyuqlikning qovushqoqlik koeffitsiyenti. Absolyut qovushqoqlikni oMchash ancha qiyin boMishi sababli,
suyuqliklaming qovushqoqligi boshqa bir suyuqlikka nisbatan (masalan suvga nisbatan) taqqoslanadi. Bu usulda aniqlangan qovushqoqolik shartli qovushqoqlik deb ataladi va ShQ harflarida ifoda qilinadi. Qovushqoqlik koeffitsiyentining teskari qiymati, ya’ni 1/rj suyuqlikning oquvchanligi deyiladi. Bunday qovushqoqlikni aniqlash uchun m a’lum hajmda suv olib, uning kapillyardan oqib o ‘tish vaqti, so‘ngra Shuncha haimdagi suyuqlikning (mazutning) Shu kapillyardan oqib o‘tish vaqti o ‘lchanadi.
Suyuqliklarining bunday qovushqoqligi laboratoriya sharoitida Viskozimetr degan asbob yotdamida oMchanadi, zichligi esa piknometr yordamida aniqlanadi.
Mazut mahsulotlarining qovushqoqligi ular tarkibidagi har xil komponentlar turiga va harorato‘zgarishiga bogMiq. Masalan


Л6
40- 6 0 °C harorat oralig‘ida mazutning qovushqoqligi suvga nisbatan 4 barobar, kichik 100 - 120 ‘ oralig‘ida esa 2 barobarga kamayadi. Mazut tarkibi har xil komponentli birikmalardan iborat bo'lishi sababli, ulaming suyuq holatdan qattiq holatga o‘tishi, ayni bir xil haroratda sodir bo‘lmaydi. Harorat pasayishi jarayonida suyuq holatdagi mazut quyuqlashib, so‘ng qattiq holatga o'tadi. Harorat pasayishi jarayonida mazutning oquvchanligi butunlay yo'qolgan holatni ko‘rsatuvchi harorat mazutning qotish harorati deyiladi. Mazut mahsulotlari tarkibida yuqori molekulali uglevodorodlar asfaltsmolalari qancha ko‘p boMsa, ularning qovushqoqligi shuncha yuqori bo‘lib, qotish harorati ham Shuncha katta bo‘ladi. Mazut mahsulotlarining chaqnash va alangalanish xususiyatlari ulaming yong‘inga xavfsiz holatini belgilaydi. Mazut tarkibida suv molekulalari bo‘lganda uning zarrachalari tarkibidagi suv molekulalari harorat ta’sirida bug‘lanishi jarayonida bug‘ning hajmi kengayadi. Natijasida suv bug‘i zarrachalari atrofiga yopishgan mazut qatlami chaqnab yoriladi va yuqori harorat ta’sirida, alangalana boshlaydi bu harorat mazutning chaqnash va alangalanish harorati deyiladi. Mazut mahsulotlari yonishi jarayonida harorat, uning chaqnash va alangalanish haroratidan yuqori bo‘lsa, mazutning suv bug'i aralashmasi bilan yonish kameradagi havo ta’sirida to‘la yonish ta’minlanadi, va issiqlik ajralib chiqishi yuqori darajada bo‘ladi hamda yonish jarayoni uzluksiz davom etadi. Mazutning chaqnash va alangalanish harorati tarkibidagi uchuvchan va tez yonadigan komponentlarining miqdoriga ham bog‘liq. Ulaming miqdori qan­ cha ko‘p bo‘lsa, bunday mazutning chaqnash hamda alangalanish harorati shuncha past bo‘ladi. Ammo yong‘inga xavfsizlik holati yuqori bo‘ladi. Bunga sabab bu komponentlaming yuqori harorat ta’sirida mazut tarkibidan ajralib chiqishi ko‘payib borishidir. Mazut mahsulotlarining chaqnash harorati ulaming tarkibiga qarab 60-240 c gacha boMsa, alangalanish harorati 60-70 c dan yuqori bo'ladi. Mazut mahsulotlari alangasiz o‘z-o‘zidan yonib ketish
xususiyatiga ham ega, bunday holat tarkibidagi uchuvchan moddalar miqdoriga qarab 500 -600 f harorat oralig'ida sodir bo'lishi mumkin.
Quyidagi jadvalda har xil turdagi mazutning 10585-63 raqamli
GOST bo‘yicha aniqlangan sifat ko‘rsatkichlari keltirilgan.
67

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin