Issiqlik elektr stansiyalarda



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə52/81
tarix12.10.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#154428
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81
2019 R M Yusupaliyev issiqlik elektr stansiyalarda yoqilgi yoqish

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • B unday

D ~ D


Bu yerda: als- ta’minot suvining tuz miqdori g/t; a*- turbina kondensatining tuz miqdori g/t;
aqs- qo'shimcha suvning tuz miqdori, g/t;
ICES larida qo'shimcha suv miqdori turbina kondcnsati miqdoridan bir muncha kam bo‘lishi sababli Dts- ning tuz miqdori oshishi asosan D * - ning tuz miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
IEM larining uzliksiz ish davrida bug1 va kondensatning yo'qolishi ikki tomonlama, ya’ni stansiya ichidagi uskunalarda hamda bug1 yuboriladigan tashqi iste’molchilarda sodir bo‘ladi. Bu iste’molchi manbalarda yo'qolgan suv va kondensat miqdori bug1 berilayotgan tashqi isme’molchi manbalar va uskunalaming texnologik konstruksiyasiga, ulaming ishonchli ishlashiga hamda ularda ishlatilayotgan bug1 miqdoriga bog‘liqdir.
2.1-rasmda ko'rsatilganidek, lEMlarida suv ikki xil yopiq kontur bo‘ylab, harakatda bo‘ladi:

  • birinchi konturda turbina kondensatori orqali to‘g‘ri deaeatorga,

  • ikkinchi konturda esa ko‘p tarmoqli turbinadan olingan bug1 tashqi ishiab chiqarish manbalarda ishlatilgandau so‘ng ifloslangan kondensatni tozalovchi maxsus qurilmalarda yuqori darajada tozalangandan so‘ng deaeratorga yuboriladi.

lEMlarida bug‘ qozoniga yuborilayotgan ta’minot suvining sarfi quyidagicha ifodalanadi:
Dts = О* + Dqs+ Dqk+ Dgk (t/soat) yoki (kg/sek)
Bu yerda: Dqk- tashqi manbadan har soatda stansiyaga qaytayotgan kondensat miqdori, t/soat. Dtk - bug‘ qozoni kengaytirgichdan har soatda stansiyaga yuborilayotgan bug‘ miqdori t/s.
lEMlarining tashqi va ichki manbalarida bug1 va kondensatning yo‘qolgan miqdori KESlaridagiga qaraganda bir muncha ko‘p bo‘ladi. Bunday turdagi stansiyalaming tashqi manbalarida yo‘qolgan bug‘ va kondensat miqdori qancha ko p bo‘lsa, uning
o‘rnini to'ldirish uchun suv tozalash qurilmalarida tozalanadigan suv miqdori ham Shuncha ко p bo'ladi.
Ba’zi ishlab chiqarish korxonalarining IEMlarida tashqi iste’molchi manbalardan stansiyaga qaytayotgan kondensat nihoyatda ifloslangan bo'lib, uning ifloslik darajasi hatto tabiiy suvning ifloslik darajasidan ham yuqori bo‘ladi. B unday kondensatni qo‘shimcha suv darajasida tozalash uchun bir muncha murakkab suv tozalash usullari talab qilinishi hamda ulami tozalashda sarflanadigan iqlisodiy rnablag‘ tabiiy suvlami tozalashga qaraganda bir muncha ko‘p bo'lishi sababli, suv tanqisligi katta bo'lmagan stansiyalarda bunday kondensatlami yuqori darajada tozalash talab qilinmaydi va ular chiqindi suvlami tozalovchi maxsus qurilmalarda tozalanib, stansiyada boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Bunday turdagi stansiyalarda yo‘qolgan kondensat o'rni asosan qo'shimcha suv bilan qoplanisbi sababli ta’minot suvining asosiy qismi qo'shimcha suvdan iborat bo'ladi. Shu sababli IEMlarida ta’minot suvi tuz miqdori o'zgarishi KESlardagi kabi faqat turbina kondensati tarkibiga bog'liq bo'lmay, asosan, qo'shimcha suvning tuz miqdoriga bog'liq bo'ladi.
IEMlarida ta’minot suvining tuz miqdori quyidagi ifodadan aniqlanadi:

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin