Issiqlik texnikasi


 6 -§ . Sovitish tizimlarining vazifasi va ularning tasnifi



Yüklə 64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/115
tarix28.12.2023
ölçüsü64 Kb.
#200797
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   115
Issiqlik texnikasi (R.Zohidov va b.)

7 6 -§ . Sovitish tizimlarining vazifasi va ularning tasnifi
Sovitish tizimi dvigatelning qizigan detallaridan issiqlikni m ajburan 
tashqi m u hitga tarqatib, unin g kerakli issiqlik m aro m id a ishlashini 
t a ’minlaydi. Dvigatelda ish siklining o ‘rtacha harorati 1070... 1270 К 
(800...1000°C). Bunday haroratda krivoship-shatunli va gaz taqsimlash 
mexanizm ining detallari qizib ketadi, ishqalanuvchi yuzalar orasida m oy 
quyib ishqalanish haddan tashqari oshib ketadi. Natijada porshen haddan 
tashqari kengayib, silindr ichida tiqilib qoladi, podshipniklar esa erib 
ketishi m um kin. Shu sababli dvigatelning qizigan detallaridan issikqlikni 
uzluksiz ravishda tashqi m uhitga tarqatib turish lozim. Lekin dvigatel 
haddan tashqari sovutib yuborilsa ham issiqlik energiyasi bekorga sarf 
b o ‘ladi. M oy quyuqlashib, ishqalanishga sarflanadigan quvvat oshadi. 
Bundan tashqari, yonuvchi aralashma qisman tomchiga aylanib, silindrlar 
devoridagi moyni yuvib tushiradi. N atijada silindr-porshen guruhiga 
kiruvchi detallarning yeyilishi ortadi.
D em ak, dvigatelning juda qizib ketishi yoki haddan tashqari sovib 
qolishi uning foydali quw atini kamaytirib, tejamkorligini yomonlashtiradi. 
Sovitish tizimi esa dvigatelning ishlashi uch u n qulay b o ‘lgan issiqlik 
m arom ini belgilangan holda saqlab turadi.
7 7 -§ . Sovitish suyuqliklari
Sovitish suyuqligi sifatida asosan suv ishlatiladi. Chunki u issiqlikni 
o ‘ziga tez qabul qiladi va tarqatadi, arzon va yetarli m iqdorda b o ‘ladi.
189
www.ziyouz.com kutubxonasi


Lekin sovitish ta rm o g ‘ida qaynagan suvning quyqasi c h o ‘kib, suv g'ilofl, 
devorlarida tuz qatlami paydo bo'ladi. Natijada silindrlar blokining issiqlik 
o ‘tkazish qobiliyati sustlashadi, suv g ‘iloflarining devorlari zanglash 
natijasida yemiriladi. Suv qishda muzlab, dvigatelning devorlarini darz 
ketkazishi yoki yorib yuborishi m um kin. S huning uch u n sovituvchi 
suyuqlik sifatida yuqorida aytib o ‘tilgan kamchiliklardan holi b o ‘lgan 
antifriz keng q o ‘llanilmoqda. Antifrizning ikki xili ishlab chiqariladi. 
Antifriz M-40: 47 foiz suv, 53 foiz etilenglikol (muzlash harorati 23 3 K) 
(-40°C); antifriz M-65: 34 foiz suv, 
66
foiz etilenglikol (muzlash harorati 
207K) (
66
°C). Antifriz kishi organizmi uchun zaharli. U ning issiqlik 
sig‘imi suvnikiga nisbatan ancha kam. Shuning uchun sovituvchi suyuqlik 
sifatida antfriz q o ‘llanilganda tizimning issiqlik tarqatish qobiliyati suv 
bilan sovitilgandagiga nisbatan past. Natijada silindrlar devorining harorati 
15 ... 20°C ga ortiqroq qiziydi. Shu sababli antifrizning issik kunda 
qoMlanilishi b a ’zan dvigatelni haddan tashqari qizdirib yuboradi. Yuqorida 
aytilgan sabablarga ko'ra sovituvchi suyuqlik sifatida qish davrida antifriz 
va yoz kunlarida toza yumshoq suv ishlatish maqsadga muvofiq. Tizim da 
ishlatish uchun yom g‘ir yoki qor suvi tavsiya qilinadi. C hunki bu suv 
yumshoqlik xususiyatiga ega. Bu maqsadda quduq, bulok yoki dengiz 
suvini ishlatish yaramaydi. Daryo va ko'l suvlarini yumshatish u chun bu 
suvlar 30...40 minut qaynatiladi va sovitish tarm o g ‘iga quvishdan a w a l 
besh-olti qavat dokadan o'tkazib tozalanadi.

Yüklə 64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin