Issn: 2181-1601 Uzbekistan



Yüklə 31,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.12.2023
ölçüsü31,64 Kb.
#189893
  1   2   3
umumta-lim-maktablarida-kimyo-fanida-laboratoriya-mashg-ulotini-tashkil-etishning-talim-samaradorligiga-tasiri



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 
ǀ
ISSUE 1 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 353
UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA KIMYO FANIDA LABORATORIYA 
MASHG’ULOTINI TASHKIL ETISHNING TA'LIM SAMARADORLIGIGA 
TA'SIRI 
 
Matluba Nurillayevna Karimova 
Sirdaryo viloyati Guliston shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 5-umumta'lim maktabi 
kimyo fani o'qituvchisi 
 
ANNOTATSIYA 
Umumta`lim maktablarida kimyo xonasi, laboratoriya mashg’ulotlari 
o`tkaziladigan xona va reaktivlar saqlanadigan preparatxonadan foydalanishning qonun 
va qoidalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. 
Kalit so’zlar:
kimyo fani, tabiiy fanlar, kimyoviy moddalar, laboratoriya, 
shtativi, probirkalar, shisha tayoqcha, menzurka, voronka. 
 
Ma`lumki kimyo fani tabiiy fanlar qatoriga kiradi va u kimyoviy moddalar 
ularning bir-biriga aylanishi va o`zgarishlarni o`rganadigan fan hisoblanadi. Fanni 
o`zlashtirishda nazariy ma`lumotlar bilan bir qatorda amaliy-laboratoriya ishlarini ham 
o`rni benihoya kattadir. Amaliy ishlar nazariyani to`ldirishga tasavvurlarni yanada
kengaytirishga yordam qiladi. Laboratoriya ishlari, amaliy ishlar asosan 
laboratoriyalarda xususan o`rta umumiy ta`lim muassasasida kimyo xonalarida 
amalga oshiriladi.
O`rta umumiy ta`lim maktablarida kimyo kabineti laboratoriya mashg’ulotlari 
o`tkaziladigan xona va reaktivlar saqlanadigan preparatxonadan iborat bo`ladi. 
Laboratoriya xonasida turli asbob va reaktivlar saqlanadigan shkaflar, o`quvchilar 
mashg’ulot o`tkazadigan stollar, turli xil maketlar va stendlar bo`ladi. O`quvchilarning 
stollar va o`qituvchi tajriba ko`rsatadigan stol xar bir darsning mazmuniga ko`ra 
jihozlanadi. O`qituvchi tajriba ko`rsatadigan stol yonida vodoprovod jo`mragi va gaz 
gorelkasi albatta bo`lishi shart. O`quvchilar esa spirt lampasidan foydalanadilar. 
O`quvchilar stolida laboratoriya shtativi, probirkalar qo`yilgan shtativ, 100 yoki 250 ml 
li kolba, 2 yoki 5 millilitrli pipetka, 25 sm uzunlikda shisha tayoqcha, menzurka, 
voronka va chinni stakan quyilgan bo`ladi. Tuz, kislota hamda asoslarning har xil 
kontsentratsiyali eritmalari laborant xonasida (preparatxonada) turadi va zarur 
bo`lganda o`quvchilarga laborantning o`zi quyib beradi. Bundan tashqari, laboratoriya 
xonasida bir chekkada va olish qulay bo`lgan joyda yong’inga qarshi kurash vositalari 
(qum solingan yashiq, o`t o`chirgich va boshqalar) hamda aptechka bo`lishi kerak. 
Har qanday laboratoriyada albatta laborant lavozimida ishlovchi mutaxassis
shaxs faoliyat yuritadi. Har bir laborantni u faoliyat yuritayotgan muassasaning o`ziga 
xosligidan kelib chiqqan holda burch va vazifalari belgilab qo`yilgan.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 31,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin