Dunyoqarash –shaxsning shaxsligini (individ emas), uningma‘naviyatini,ijtimoiylashuvi darajasini ko’rsatuvchi kuchli motivlardandir. Shuning uchun ham uning shakllanishi va o’zgarishi masalasi muhim masalalardan bo’lib, hamma vaqt va davrlarda ham o’ta dolzarb bo’lib kelgan. O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach, jamiyatda tub islohotlar boshlandi. Ana shu islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri – ma‘naviy-ma‘rifiy islohotlar bo’lib, uning asosiy maqsadi jamiyat a‘zolari dunyoqarashini istiqlol ruhida shakllantirishni maqsad qilib qo’ydi. Davlatimizning yoshlar borasidagi siyosatining asosini ham ularda yangicha xurfikrlilik bilan yangicha dunyoqarashni shakllantirishdir. Rasmda ko’rinib turganidek, psixologiyada o’zgarishlar sharoitida e‘tiqod, dunyoqarash va ideallar o’zgarishiga sabab bo’luvchi asosiy omillarni quyidagicha izohlash mumkin:
Yoshlarning ma’lumotlilik darajasiham yangilanish davridata‘sirko’rsatuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Agar o’smir yoki o’spirinda ilk yoshlikdan kitobga, bilimga mehr tarbiyalanmagan bo’lsa va uning bilim hamda tushunchalari doirasi tor bo’lsa, u sog’lom g’oyani nosog’lomdan, dunyoviylikni dahriylikdan, ziyoni jaholatdan farqlay olmaydi. Shuning uchun ham Prezidentimiz yoshlarimiz bilim olishlari uchun, ular iqtidorining rivoji uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga e‘tiborni qaratmoqdalar, bunga javoban yoshlar faqat tinimsiz izlanishlari, o’qishlari, ilm sirlari mukammal egallashlari shart. Zero, Hadisu sharifda ham zikr etilganidek, ―Ilm o’rganish har bir musulmon uchun farzdir‖. Ilg’or g’oyalar egasi bo’lish uchun tafakkurni shunday mashq qildirish lozimki, toki uning yordamida kundalik dolzarb masalalarga, xalq manfaatiga xizmat qiluvchi solih ishlarni amalga oshirish choralari borasida turli-tuman fikrlarni yuritish imkoniyati bo’lsin. Bu holat har qanday g’ayri-tabiiy fikrlarga o’z o’rniga aql-idrok bilan munosib javob berish, taraqqiyotimizga g’ov bo’luvchi yot va zararli fikrlarga nisbatan immunitetni shakllantirish, turli xil dogmatik qarashlarga ega bo’lgan shaxslar bilan asosli va tanqidiy munozaralar olib borib, o’z nuqtai nazarining to’g’riligini to’la asoslash qobiliyatini o’stiradi.