Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida ishlash



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə73/76
tarix29.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#169654
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish-fayllar.org

2-§. Kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida ishlash
196. Kuchlanish ostida turgan simga bevosita tegish bilan bog‘liq ishlar odamni izolatsiyalovchi qurilmalar:
izolatsiyalangan bo‘g‘inli teleskopik minora, izolatsiyalovchi maydoncha, narvon va shunga o‘xshash qurilmalar
yordamida yerdan izolatsiyalash sharti bilan bajarilishi mumkin. Bunda odam simga tegishidan oldin
izolatsiyalangan qurilmaning ish maydonchasi simdagi potensial bilan bog‘langan bo‘lishi kerak, buning uchun
ish maydonchasiga oldindan ulab qo‘yilgan sim izolatsiyalovchi shtanga yordamida kuchlanish ostida turgan
simga ulanishi zarur.
Bu ishlarni bajarishda odamdan yerga ulangan qismlargacha bo‘lgan masofa mazkur Qoidalarga
7-
ilovaning
1-jadvali 2-ustunida ko‘rsatilgandan kam bo‘lmasligi shart.
197. Shodalarda ish boshlashdan avval o‘lchash shtangasi yordamida osma izolyatorlarni ishga yaroqli
ekanligi va armaturadagi barcha qulflar va shplintlar butligini tekshirish shart. Agar shodalardagi izolyatorlar
sirg‘alib chiquvchi qisqichlar bilan jihozlangan bo‘lsa, ular ish bajariladigan tayanchga hamda trassa relyefi
bo‘yicha talab qilinadigan hollarda, shuningdek, qo‘shni tayanchlarga tortib, pona yordamida mahkamlanishi
kerak.
198. Izolatsiyalovchi qurilmalar yoki traversalardagi montyerlar tomonidan shodalarni qayta osish,
shodalardagi alohida izolyatorlarni, armaturalarni almashtirish ishlarini shodadagi yoki sim va uni ajratish
moslamasi o‘rtasidagi ishga yaroqli izolyatorlar soni quyidagidan kam bo‘lmaslik sharti bilan bajarishga ruxsat
etiladi:
HL kuchlanishi,
kV
Yaroqli izolyatorlar
soni , dona
HL kuchlanishi,
kV
Yaroqli izolyatorlar
soni, dona
15
2
110
6
35
4
220
10
199. Traversadan turib shodalarni qayta osish ishlarini bajarishda zarur moslamani shodaga o‘rnatish va uni
traversadan bo‘shatish dielektrik qo‘lqoplarda amalga oshirilishi kerak.
Bunda 35 kV kuchlanishli HLda shodadagi ikki izolyator ishga yaroqli bo‘lganda, birinchisining qalpog‘iga,
kuchlanishi 110 kV bo‘lgan HLda esa birinchisi va ikkinchisining qalpog‘iga tegish mumkin. Izolyatorlarni
hisoblash traversdan boshlanadi.
200. Sim potensiali ostida turgan izolatsiyalovchi qurilma maydonchasida turib ishlagan paytda
simdagidan boshqa potensialga ega bo‘lgan shoda armaturalarga va izolyatoriga tegish, shuningdek, ushbu ish
maydonchasida turmayotgan shaxslardan asbob-uskuna yoki moslamalarni olish yoki unga uzatish man etiladi.



Ta’mirlanayotgan har xil potensial ostidagi faza elementlarini (masalan, sim va shodalarni) ulash yoki ularni


bir-biridan ajratishda dielektrik qo‘lqoplardan foydalanish zarur.
201. Izolatsiyalovchi qurilmadan uning ish maydonchasiga o‘tish va qayta o‘tish uchun faqat maydoncha
montyori bilan birgalikda simdan, kuchlanishi 110 kV bo‘lgan HLda 0,5 metrdan ortiq masofaga, kuchlanishi 150
— 220 kV bo‘lgan HLda esa 1 metrdan ortiq masofaga uzoqlashtirilib, ishchi maydonchasidan potensial
olingandan so‘ng ruxsat etiliadi.
202. Kuchlanishi 35 — 110 kV bo‘lgan HLda kuchlanish ostida naysimon zaryadsizlantirgichni uning tashqi
elektrodi bilan sim orasida belgilangandan kam masofaga yaqinlashishi imkoniyatini istisno etadigan
izolatsiyalovchi osma gabaritnikdan foydalanish sharti bilan o‘rnatishga ruxsat etiladi.
Zaryadsizlantirgichni olish paytida zaryadsizlantirish elektrodini burish yoki uning tashqi elektrodini simga
yaqinlashtirishda gaz otilib ketishi mumkin bo‘lgan zonada turish man etiladi. Zaryadsizlantirgichning tashqi
elektrodini simga yaqinlashtirish va uzoqlashtirish faqat izolatsiyalovchi shtanga yordamida bajarilishi zarur.
203. Tayanchdan izolatsiyalangan yashin qaytargich trosga 1 metrdan kam masofaga yaqinlashish man
etiladi. Muz eritish sxemasida trosdan foydalanilganda, trosga yaqinlashish mumkin bo‘lgan masofa eritish
kuchlanishiga qarab belgilanadi.
204. Kuchlanish ostida turgan HLda kunning qorong‘u vaqtida, yomg‘ir va qor yog‘ayotganda,
momaqaldiroq va tuman paytida, shuningdek, tayanchda ishlarni qiyinlashtiradigan shamol paytida ishlash
taqiqlanadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin