Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/70
tarix24.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#101857
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
islom huquqi

Savol va topshiriqlar 
1. Musulmon huquqi manbalarining zamonaviy nazariyasi va musulmon 
huquqida «manba» tushunchasining mohiyatini tushuntiring. 
2. Qur’on, sunna, ijmo va qiyosning tasnifini tuzing. 
3. Urf, odat, fatvo, qonunchilik siyosatining islom jamiyatini huquqiy 
tartibga solishdagi ahamiyatini yoriting. 
4. Musulmon huquqi manbalarini ajrata olish malakasiga ega bo‘lish 
deganda nimani tushunasiz? 


47
IKKINCHI BO‘LIM
4-BOB. MUSULMON MAZHABLARI VA HUQUQIY 
MAKTABLARI 
4.1. Ilk islom davlati boshqaruvi davrida siyosiy-huquqiy 
qarama-qarshiliklar. Musulmon huquqida diniy-huquqiy 
mazhablarning vujudga kelishi 
Ilk islom davlati boshqaruvi, ya’ni xalifalar davrida ijmo tamoyili 
paydo bo‘ldi. Ijtihod esa fiqhning qiyos deb ataluvchi mustaqil tamoyiliga 
aylandi. Ushbu davr mazhabi aslida o‘sha davrdagi xalifaning mazhabi 
edi. Zero, huquqiy masalalarda oxirgi hal etuvchi so‘z xalifa tomonidan 
aytilar edi. Ammo barcha huquqiy qarorlar Muhammad (s.a.v.)ning qayd 
qilingan so‘zlari yoki odatlari, ya’ni hadislarga asosan o‘zgartirilar edi. 
Ummaviylar sulolasi hukmronligining ilk davrida fiqh ulamolari 
ijtihodda ikkita asosiy: Ahl ar-ra’y va Ahl al-hadis mazhablariga 
bo‘lindilar. Xalifalikdan monarxiyaga o‘tilgan davrda bu ikki maktab 
zaminida bir qancha yangi maktablar vujudga keldi
1
.
Davlatning bir mazhabni boshqasidan afzal ko‘rishi, saroydagi 
tortishuvlar, gij-gijlashlar tufayli mazhablarda ichki raqobat kuchaydi. 
Ular o‘rtasidagi farqlar yanada aniqroq ko‘rina boshladi. Abbosiylar 
xalifaligi tugab, ijtihod tanazzulga yuz tutgach, mazhablar soni kamaydi
bir-biridan butkul uzoqlashib ketgan, o‘zaro ziddiyatda, ko‘pincha o‘zaro 
kurashuvchi to‘rtta mazhab qoldi. Ular o‘rtasidagi tafovutlarni bartaraf 
etib bo‘lmasdi. Mazhablarda o‘taketgan mutaassiblik va guruhbozlik 
kuchaygan edi.
Quyida mazhablar, ularning asoschilari, shakllanishi va asosiy 
tamoyillari haqida batafsil to‘xtalamiz. Ulardagi farqlarning paydo bo‘lish 
sabablarini yoritamiz.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin