53
aytar edi. Imom Molikni bog‘lab qo‘yib, qo‘llari qattiq jarohat olguniga
qadar kaltaklaganlar. Jarohat shunchalik og‘ir ediki, salotni ado etayotgan
vaqtda imom qo‘llarini ko‘ksiga qo‘ya
olmay qolgan, ba’zi
ma’lumotlarga qaraganda, ibodat vaqtida u qo‘llarini pastga tushirib
turgan.
Imom Molik qirq yil Madinada hadis ilmidan ta’lim bergan va
Muhammad (s.a.v.)ning hadislari hamda sahobalar va ularning shogirdlari
asarlaridan tashkil topgan «Al-Muvatto» kitobini yaratgan.
Muhammad (s.a.v.)ning sunnasiga asoslangan va barcha holatlarda
qo‘llash mumkin bo‘lgan keng qamrovli qomusga ega bo‘lish istagida
bo‘lgan Abbosiylar xalifasi Abu Ja’far al-Mansurning iltimosiga ko‘ra,
Molik hadislar to‘plamini yaratishni boshlagan. Biroq, bunday kitob
yozib tugatilgach, Molik uning odamlarga majburan tatbiq etilishiga
qarshi chiqdi va buning sababini butun Islom imperiyasi bo‘ylab tarqalib
ketishga ulgurgan sahobalar sunnaning boshqa qismlarini o‘zlari
bilan
olib ketganliklari va butun davlatga oid har qanday qonunda ular ham o‘z
aksini topmog‘i lozimligi bilan izohladi. Xuddi shunday iltimos bilan
Xorun ar-Rashid (768–809) ham imomga murojaat qilgan, biroq rad
javobini olgan. Imom Molik o‘zi tug‘ilgan shaharda 801 yilda, 83 yoshida
vafot etdi.
Molikiy mazhabining tashkil topishi. Imom Molikning ta’lim berish
uslubi hadislarni hikoya qilish va ularning mazmunini o‘sha davr
muammosi doirasida muhokama qilishga asoslangan edi. U o‘z
shogirdlariga musulmon huquqining turli sohalariga oid hadislar va
osarlarni (sahobalarning naql qilganlari) hikoya qilib berar, so‘ngra
ulardan qanday xulosalar chiqarish mumkinligi haqida suhbat qurardi
yoki oldiga kelgan shogirdlaridan yuzaga kelgan muammo haqida so‘rab,
ularni hal etishda qo‘llash mumkin bo‘lgan hadis yoki osarlarni aniqlab
berardi.
Molik «Al-Muvatto»ni tugatgach, uni o‘z mazhabining manbai
sifatida mazmunini shogirdlariga gapirib bergan. Har safar yangi
ma’lumotlarga ega bo‘lganida, ma’ruzasida oz-moz qo‘shimchalar yoki
juz’iy qisqartirishlar bo‘lar edi. U iloji boricha mulohaza yuritish va
gipotezik fiqh amaliyotidan qochardi, shuning uchun uning
maktabi va
izdoshlarini Hadis ahli (Ahl al-hadis) deb ataganlar.
Molikiylar mazhabi foydalangan huquq manbalari. Imom Molik
islom normalarini quyidagi manbalarga asoslanib chiqargan:
54
1. Qur’on. Barcha imomlar kabi Molik Qur’onni musulmon
huquqining birinchi darajali manbai hisoblar va uni hech qanday
shartlarsiz qo‘llar edi.
2. Imom Molik
sunnani musulmon huquqining muhimligi jihatidan
ikkinchi o‘rinda turuvchi manbai sifatida qo‘llagan. Biroq, Abu Hanifa
kabi uni qo‘llash borasida ayrim cheklovlar kiritdi.
Agar qaysidir hadis
Madina aholisining odatdagi amaliyotiga zid kelsa, uni rad etardi. Ammo
Abu Hanifadan farqli o‘laroq, u qo‘llanayotgan hadisning mashhur bo‘li-
shi shart, degan qat’iy talab qo‘ymas edi. Aksincha, u o‘zi eshitgan har
qanday hadisni, agar hikoya qiluvchilari yolg‘onchi
sifatida nom chiqar-
magan va xotira zaifligi dardiga chalinmagan bo‘lsalar, qo‘llayverardi.
3.
Amal – Madina aholisining amaliyoti. Imom Molik Madina
aholisining ko‘pchiligi Muhammad (s.a.v.)ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri
avlodlari, Madina esa Muhammad (s.a.v.) umrining so‘nggi o‘n yilini
o‘tkazgan joy ekanligi tufayli shahar aholisi qo‘llagan an’analar
Rasululloh (s.a.v.)ning shaxsan o‘ziga ma’qul kelmagan taqdirda ham,
ruxsat etilganlik maqomini olishi lozim, deb hisoblardi. Shunday qilib,
imom Molik Madina aholisining an’analariga musulmon huquqi
manbalarining nihoyatda ishonchli, so‘zda emas, amaldagi turlaridan biri
sifatida qaragan. Abu Hanifa kabi imom Molik
ham sahobalar hamda
boshqa ulamolarning ijmolarini musulmon huquqining ahamiyatga molik
manbai, deb hisoblardi.
Dostları ilə paylaş: