57
Shofi’iy yana shunisi bilan ham mashhurki, «Al-risola» nomli kitobida
bayon
qilinganidek, u fiqhning asosiy tamoyillarini tartibga solib bergan
birinchi imom edi.
Shofi’iy mazhabi qo‘llagan huquq manbalari.
1) Qur’on. Musulmon huquqi manbalari orasida Qur’on birinchi
darajali ekanligi borasida Shofi’iy yuqorida eslab o‘tilgan imomlar bilan
bir xil fikrda bo‘lgan. U avvalgi imomlar kabi Qur’onga qattiq suyangan.
Qur’onning mazmunini chuqur o‘rganib chiqqach, o‘zida paydo bo‘lgan
yangi fikr, bilim va tushunchalarini qo‘shimcha qilardi, xolos;
2) sunna. Imom Shofi’iy hadislarning maqbul bo‘lishiga birgina shart
qo‘ygan, bu ularning sahihligi edi. Imom Abu Hanifa va imom Molik
qo‘ygan boshqa barcha shartlarni rad etdi. Shofi’iy hadis tanqidchiligi
sohasiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan ham ajralib turadi;
3) ijmo. Ba’zi holatlarda ijmoni qo‘llash mumkinligiga jiddiy
e’tirozlar bildirgan bo‘lishiga qaramay, Shofi’iy ijmo tamoyili qo‘lla-
nilgan ayrim holatlarda unga uchinchi darajali musulmon huquqi manbai
sifatida qarash mumkin deb
hisoblagan;
4) sahobalarning shaxsiy fikrlari. Imom Shofi’iy sahobalarning
shaxsiy fikrlari o‘zaro mos kelgan hollarda ularga katta ahamiyat bergan.
Biror masala bo‘yicha sahobalarning shaxsiy fikrlari o‘zaro mos kelmasa,
xuddi Abu Hanifa kabi qaysi fikr asosiy manbalarga yaqin tursa, shuni
olib qolgan, qolganlarini chiqarib tashlagan;
5) qiyos. Mazkur imomning fikriga ko‘ra,
qiyos oldingi manbalardan
yangi fatvolar chiqarishning ruxsat etilgan usullaridan biridir. Biroq,
Shofi’iy ahamiyatiga ko‘ra, uni sahobalarning fikriga asoslangan
dalillardan ham pastda turuvchi shaxsiy mulohazalar qatoriga kiritgan;
6) istis’hob (bog‘lash). Shofi’iy Abu Hanifa qo‘llagan istihson
tamoyilini ham, imom Molik ishlatgan istisloh tamoyilini ham bid’atning
bir ko‘rinishi deb hisoblagan holda inkor etgan. Chunki
uning fikricha,
mazkur imomlar ilohiy vahiy mavjud bo‘lgan paytda, asosan, insonning
subyektiv mulohazalariga asoslangan. Biroq, o‘xshash masalalarni ko‘rib
chiqishda Shofi’iy baribir istihson yoki istislohga o‘xshash tamoyilni
qo‘llashga majbur bo‘lgan va uni «bog‘liqlikni topish» degan ma’noga
ega «istis’hob» deb nomlagan.
Ta’kidlash joizki, uning ilgarigi bilan o‘z davriga oid normalari
orasidagi bog‘liqlikni topish yo‘li fiqhda yangi fatvolarni ishlab chiqish
jarayonining xuddi o‘zi edi. Istis’hob – ma’lum sharoitlar uchun
qo‘llangan fatvolar ushbu sharoitlar o‘zgarganda ham u to‘g‘risida hech
narsa deyish mumkin bo‘lmasa, bunday fatvolar o‘z kuchini yo‘qotmaydi,
58
degan farazga asoslangan. Masalan, biror kimsa uzoq muddat yo‘qolib
qolib, uning hayot yoki vafot etganligi noma’lum bo‘lganda, istis’hob
tamoyiliga asosan, barcha huquqiy qoidalar o‘sha kimsaning hayotligida
qanday qo‘llansa yoki qanday rioya etilgan bo‘lsa,
shundayligicha qolishi
kerak, deb hisoblangan.
Shofi’iy mazhabining mashhur namoyandalari. Imom Shofi’iy
maktabini davom ettirgan mashhur shogirdlari Muzaniy, Robiy va Yusuf
ibn Yahyo edilar.
Muzaniy (791–876)ning to‘liq ism sharifi
Ismoil ibn Yahyo al-
Muzaniy bo‘lgan. U Misrda imom Shofi’iy bilan doim birga bo‘lgan.
Muzaniy Shofi’iy fiqhining barchasini to‘plab, kitob holiga keltirgan.
Uning «Muxtasar al-Muzaniy» nomli asari Shofi’iy mazhabi fiqhiga oid
eng ko‘p o‘qiladigan manbaga aylangan.
Ar-Robiy al-Marodiy (790-873). Shofi’iyning «Al-umm» kitobini
hikoya qilishda Robiyga hech kim teng kela olmas edi. U bu kitobni «Ar-
risola» va boshqa kitoblar bilan bir vaqtda imom Shofi’iy tirikligi vaqtida
yozib olgan edi.
Yusuf ibn Yahyo Buvaytiy mazkur mazhabning asosiy ustozi sifatida
Shofi’iyning o‘rnini egallagan.
Shofi’iy mazhabiga ergashuvchilarning ko‘pchiligini hozirgi kunda
Misr, Arabiston yarim orolining janubiy qismi (Yaman, Xazramavt), Shri
Lanka, Indoneziya,
Malayziya, Sharqiy Afrika (Keniya, Tanzaniya)
hamda Surinam (Janubiy Amerika)da istiqomat qiadilar.
Dostları ilə paylaş: