55
7. Istisloh. Abu Hanifa tomonidan rivojlantirilgan istihson tamoyilini
imom Molik va uning shogirdlari ham qo‘llangan. Biroq ular mazkur
atamani «qulay va ko‘proq mos keladigan» ma’nosini ifodalovchi
«istisloh» atamasi bilan nomlaganlar. U
inson farovonligi sohasiga oid,
biroq musulmon huquqida alohida ko‘rib chiqilmagan barcha narsalarga
taalluqli bo‘lgan. Istislohga misol sifatida xalifa Alining qotillik sodir
etgan guruhning har bir a’zosi, qotillik aslida guruhdagi bir shaxs
tomonidan sodir etilgan bo‘lsa ham, aybdor hisoblanadi, degan fatvosini
keltirish mumkin. Musulmon huquqining normalari faktik qotilning
o‘zigagina tegishli bo‘lgan. Istislohning yana
bir misoli sifatida
musulmon hukmdorlarining boylardan nafaqat zakot, balki, agar bunga
davlat manfaatlari yo‘lida zarurat tug‘ilsa, boshqa soliqlarni undirish
huquqini eslab o‘tish mumkin. Biroq musulmon huquqida faqat zakot
tilga olingan xolos. Imom Molik mavjud talablardan kelib chiqadigan
normalarni qiyos usuli orqali chiqarishda ham istislohdan foydalangan.
8. Urf. Abu Hanifa kabi imom Molik
ham musulmon dunyosidagi
barcha xalqlarning musulmon huquqi ruhiga zid kelmaydigan turli urf-
odatlarini huquqning ikkinchi darajali manbai hisoblagan. Masalan,
Suriyadagi bir odatga ko‘ra, «dabba» so‘zining lug‘aviy ma’nosi «to‘rt
oyoqli hayvon» bo‘la turib, uni «ot» ma’nosida qo‘llaydilar. Shuning
uchun Suriyada tuziladigan dabba shaklidagi to‘lov talab qilingan
shartnomalarda, yuridik nuqtai nazardan, to‘lovni ot bilan amalga oshirish
nazarda tutilgan. Biroq, arab dunyosining boshqa yerlarida to‘lovning ot
bilan amalga oshirilishi aniq ko‘rsatilishi shart bo‘lgan.
Molikiy mazhabining mashhur namoyandalari. Imom Molikning
keyinchalik o‘z mazhabini yaratmagan shogirdlaridan
eng mashhurlari al-
Qosim va Uahb edilar.
Abu Abdurahmon ibn al-Qosim (745–813) Misrda tug‘ilgan,
Madinaga kelib yigirma yildan ortiq imom Molik qo‘lida ta’lim oldi. U
Molikiy fiqhi bo‘yicha «Al-Muvatto»ni ham ortda qoldiruvchi keng
qamrovli «Al-Mudovanna» kitobini yozdi.
Abu Abdulloh ibn Uahb (742–819) ham imom Molikdan saboq olish
uchun Misrdan Madinaga kelgan. U fatvolar deduksiyasidagi qobiliyatini
shu darajada namoyon qildiki, imom Molik unga muftiy unvonini berdi.
Bu unvon musulmon huquqining rasmiy sharhlovchisi (fatvo beruvchi)
degan ma’noni anglatadi. Uahbga Misr qozisi lavozimini taklif qilishgan,
biroq u erkin olim bo‘lib qolish uchun undan voz kechgan.
Imom Molikning mashhur shogirdlari orasida boshqa mazhablarga
mansublari ham bo‘lib, ba’zilari Molikdan o‘rganganlari asosida o‘z
56
mazhablariga tuzatishlar kiritganlar. Masalan,
Abu Hanifaning eng
birinchi shogirdlaridan bo‘lgan Muhammad Shayboniy shular
jumlasidandir. Shuningdek, ular qatorida imom Molik va boshqalarning
ta’limotlarini birlashtirib, o‘z mazhablarini yaratganlari ham bor.
Masalan, ko‘p yillar davomida Imom Molik hamda Abu Hanifaning
shogirdi Muhammad Shayboniydan ta’lim olgan Muhammad ibn Idris
Shofi’iy shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda bu mazhab vakillarining asosiy qismi Yuqori Misrda,
Shimoliy Afrikada (Tunis, Jazoir, Marokash), G‘arbiy Afrikada (Mali,
Nigeriya, Chad va b.) hamda Fors ko‘rfazi davlatlarida (Quvayt, Qatar va
Bahrayn) yashaydilar.
Dostları ilə paylaş: