127
ham, jiddiysi ham jiddiy qabul qilinadi: taloq, nikoh, qasam», – degan
ta’kidini keltirganlar.
Qasam hisoblanadigan so‘zlar – Allohning ismlari, ya’ni Rahmon,
Rahim hamda xalq orasida ma’lum bo‘lgan sifatlari («Allohning izzati
bilan», deb) bilan aytilgan so‘zlardir. Bu iboralar xalq orasida
odatda
qasam ichishda qo‘llaniladigan so‘zlar bo‘lgani bois, qasam ichuvchilar
uni aytish bilan o‘z so‘zining to‘g‘ri va e’tiborli ekanligini ta’kidlamoqchi
bo‘ladi. Ammo «Allohning ilmi bilan», «Allohning g‘azabi yoki rahmati
bilan», deb ichilgan qasam qasam o‘rniga o‘tmaydi. Chunki bunday
iboralar bilan qasam ichish urf bo‘lmagan hamda gohida g‘azab deganda,
uqubat, azob va rahmat deganda, yomg‘ir nazarda tutilishi tufaylidir.
Qasam bobida e’tibor beriladigan asosiy shart – kimsaning qasam bo‘la
oladigan so‘zlar bilan qasam ichishidir. Kimki Allohdan o‘zganing ismi
bilan qasam ichsa, garchi nabiy yoxud Ka’ba
nomi bilan qasam ichsa
ham, qasami o‘timsiz va e’tiborsizdir. Chunki Muhammad (s.a.v.) bu
haqda: «
Kimki qasam ichmoqchi bo‘lsa, Allohning nomi ila qasam ichsin
yoki hech qasam ichmasin»,– deganlar (imom Muslim). Qur’on nomi
bilan
qasam ichish ham shu kabidir, chunki Qur’on nomi bilan qasam
ichish ham odat emas. Burhoniddin Marg‘inoniy: «Agar kimki
payg‘ambarlar va Qur’on nomi bilan qasam», desa, bu qasamga o‘tmaydi,
ammo «Men payg‘ambardan ham, Qur’ondan ham kechdim», desa, bu
qasamga o‘tadi va sohibi kofir bo‘ladi», – deydi.
Qasam lafzlari faqat insonlar iboralarida joriy bo‘lmay, balki Qur’on,
sunna matnlarida ham mavjud. Ta’kidlash kerakki, qasam lafzlari arab tili
grammatikasida yaxshiroq, tushunarliroq ifodalangan. Arab tilida
qasamning ma’nosi harflar bilan ham ifodalanadi, ya’ni «
vallohi»da,
«vov» «
billahi»da «bo», «
tallahi»da «to» harflari Qur’oni karimda
qasamni ifodalovchi harflar hisoblanadi va bu qoida keng xalq ommasiga
tanish. Arablar ba’zida ushbu harflarni ochiq talaffuz qilmay, qasamni
aytib qo‘yaveradilar. Masalan, «Allohga qasamki, men bu ishni
qilmayman» deyiladi, ya’ni «Allohga qasamki», degan so‘zni
ifodalovchi
birgina «vov» harfi tushirib qoldirilgan holat bayon qilindi, bu yerda bu
harflarni xazf qilish (qisqartirish) arablarning odatidir.
Dostları ilə paylaş: