И+тисодиётга оид атамалар



Yüklə 167,45 Kb.
səhifə11/30
tarix26.10.2023
ölçüsü167,45 Kb.
#161351
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Iqt ATAMALAR

IJTIMOIY TO'LOVLAR - moddiy jihatdan kam ta'minlangan mamlakat fuqarolariga pul yoki natura shaklida yordam ko'rsatish shaklidagi tizim hisoblanadi.


IJTIMOIY SIYOSAT - daromadlarni taqsimlashda iqtisodiyot qatnashchilari o'rtasida tengsizlik natijasida vujudga keladigan ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan davlatning chora tadbirlaridan iborat.
IJTIMOIY IQTISODIY EHTIYOJLAR - kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma'lum iqtisodiy mavqega ega bo'lishi uchun iste'mol etilishi zarur bo'lgan mahsulotlar va xizmatlar majmuidir. Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki insonning shaxs sifatida kamol topish zarurati hamdir.


IMPORT OPERASIYALARI- mahsulotni xorijiy sheriklardan sotib olish va mamlakatga olib kirish.


IMPORT - (lat.importo-kiritaman) - 1) mamlakat ichiga foydalanish yoki sotish uchun chetdan olib kelingan xorijiy mahsulotlar;
2) kapital I.- xorijdan mamlakatga kelayotgan kapital (kredit, zayom va boshqa); 3) chetdan olib kelingan mahsulotlarning umumiy soni va qiymati.


INVESTISIYA - (nem.investitlion, lat. investere- kiyintirmoq)- investor tomonidan biror bir faoliyatni amalga oshirish uchun kapital mablag'larni, sarmoyalarni joriy qilish, foyda olish maqsadida sarf qilish.
I. mamlakat ichida (ichki investisiya) va xorijiy mamlakatlarda (tashqi investisiya) amalga oshirilishi mumkin. Moliya I.si- qimmatbaho qog'ozlarni xarid qilish, pul mablag'larini jamg'arish va boshqalarni, real I.- moddiy ishlab chiqarishga sarflangan sarmoyalarni o'z ichiga oladi.


INVESTOR - kapital mablag' sarflayotgan davlat, tashkilot, korxona yoki shaxs.


INJINIRING - tijorat ko'rinishida har tomonlama maslahatlarini beruvchi mustaqil faoliyat doirasi. Bu faoliyat ishlab chiqarishning o'sishini, mahsulotlarni sotishni, ob'yektlarni qurish va ulardan foydalanish jarayonini ta'minlaydi. Injiniring xizmati ikki guruhga bo'linadi : 1) ishlab chiqarish jarayonini tayyorlash; 2) ishlab chiqarish va mahsulot sotish jarayonini to'la ta'minlash.



Yüklə 167,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin