И+тисодиётга оид атамалар



Yüklə 167,45 Kb.
səhifə3/30
tarix26.10.2023
ölçüsü167,45 Kb.
#161351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Iqt ATAMALAR

AGRAR MUNOSABATLAR - yerga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlardan iborat.


AGROBIZNES - deganda kishloq xo'jaligidagi biznes tushuniladi. Keng ma'noda, bunga qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanuvchi biznes turlari kiradi.


AGROFIRMA - muayyan turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish va uni sanoat asosida qayta ishlaydigan korxonadan iborat.


AGROSANOAT BIRLASHMALARI - qishloq xo'jaligi, sanoat tarmoqlari, qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi va tijorat ishlari bilan shug'ullanuvchi korxonalar yig'indisi.


ANTIMONOPOL QONUNCHILIK - iqtisodiyotda yakka hukmronlik maqeiga ega bo'lgan biror bir faoliyat turiga qarshi davlatning kurash siyosatidan iborat.


AMORTIZASIYA - 1) Mashina, asbob-uskuna, bino va shu kabilarning eskirishiga qarab, ularning bahosini kamaytirib borish; ularning shu chegirilgan qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo'shib borish. 2) alohida shaxsni yoki tashkilotni o'z qarzini asta-sekin, darajama-daraja to'lash majburiyatidan qutulish; 3) qarz majburiyatining yo'qotilishi, o'chirilishi oqibatida uning bekor qilinganligini tan olish.
ASOSIY KAPITAL - ishlab chiqarish jarayonida bir necha yil davomida ishtirok etuvchi va o'z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga qisman o'tkazib boruvchi mehnat vositalaridir.


AYLANMA KAPITAL - xom ashyo materiallar, energetika resurslarida moddiylashgan va bir ishlab chiqarish siklida sarflanuvchi, o'z qiymatini tayyorlangan mahsulotga to'liq ko'chiruvchi kapital.


ARENDA - ijara (q).


ARALASH KORXONALAR - turli mulk shakllariga taalluqli firmalar bo'lib, odatda davlat, jamoa va xususiy mulkning aralash mablag'lari asosida tashkil etiladi.


ARALASH MULK - bu turli shakldagi mulklarning o'zaro qo'shilib, hamkorlikda o'zlashtirilishi asosida tashkil topadi. Uning yaqqol ko'rinishi aksionerlik jamiyatlardir.


AUDIT - 1) yillik moliya hisobotini tekshiruvchi va tasdiqlovchi ixtisoslashgan tashkilot (tashqi A.). 2) aksionerlik jamiyatining taftish hay'ati (ichki A.)


AUDITOR- revizor-taftish o'tkazuvchi, idoraning, tashkilotning, aksionerlik jamiyatining moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tekshiruvchi, taftish o'tkazuvchi shaxs.


AUKSION - (lat.auction)- «kim oshdi» savdosi, ochiq savdo qilish. Bu savdo davomida mahsulotni eng yuqori narx bo'yicha ko'targan xaridor sotib oladi.



Yüklə 167,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin