dargohlarida yigitlarga otda erkin yura olish,
qilich
-
bozlik, kamondan o‘q otish, gurzi ishlatish, kurash
tushish, palaxmon otish kabilar o‘rgatilgan.
Bu davrda nafaqat yigitlar, balki qizlarda ham
chavandozlik, kamonbozlik kabi ko‘nikmalar
shakllantirilgan.
Xoqonlik qo‘shinining asosiy qismi otliq
jangchilardan va qisman piyoda askarlar
-
dan tashkil topgan. Jangchilar parchinlar
qoplangan
jang liboslari, sovutlar kiyish
-
gan. Ular qalqon, uzun va ingichka nayza,
jangovar bolta hamda kamon bilan qurol
-
lanishgan.
Bu davrda chopuvchi qurolning yangi
turi –
qilich va dudama,
uzun va og‘ir qi-
lich –
palash
paydo bo‘lgan. Har bir otliq
jangchi o‘zi bilan kamida ikki yoki uch-
ta otni olib yurgan.
Bu horigan otlarni
charchamagan otlarga almashtirish im-
koniyatini bergan. Ot ham zirhli abzal bilan
himoyalangan. Turk xoqonligi armiyasi turli bo‘linmalar
–
o‘nlik, yuzlik, minglik, o‘n minglik – tumanlardan
tash-
kil topgan.
51
Mulohaza uchun
Har bir tuman o‘zining tug‘i (nishoni)
ga ega bo‘lgan. Mazkur nishon uzun nay
-
zaga bo‘ri yoki boshqa biror hayvonning
tilla suvi yuritilgan boshi va otning yoli bilan
birga o‘rnatilgan.
Turk jangchilari qat’iy intizomga
rioya qilganlar va ular o‘z
davri uchun
yengilmas kuch hisoblangan. Hujum
odatda kutilmaganda boshlangan. Jang
-
dagi aniqlik, abjirlik hamda tezkor hara
-
katlar g‘alabani ta’minlagan. Ular yolg‘ondan
chekinish kabi harbiy taktika usulidan keng foy
-
dalanishgan. Himoyalanish chog‘ida aylana usulini
qo‘llashgan. Jang taktikasida dushmanning asosiy
kuchlarini ikki yoki bir necha qismlarga ajratib yakson
qilishgan.
Turon harbiy san’atida og‘ir
qurollangan suvoriy-
lar – otliq askarlar va ularga xos jang olib borish usul-
lari V–VI asrlarda ham hal qiluvchi ahamiyatga ega
edi. Turkiy suvoriylar tomonidan uzangining kashf
etilishi otliq askarlarga ot ustida mustahkam o‘ti-
ra olish va og‘ir aslahalar bilan qurollanish imko-
nini bergan. Qo‘shinda og‘ir qurollangan askarlardan
tash qari yengil qurollangan
otliq va piyoda lashkar-
lar ham bo‘lgan. Shaharlarda ixtisoslashgan qurol-
yarog‘ ustaxonalari faoliyat olib borgan. Jangchilarning
qurollari ham takomillashgan. Qurolsozlar yasagan
himoyalovchi yarog‘lar jangchini boshidan oyog‘iga-
cha muhofaza qilgan.
Sug‘d jangchilari haqida xitoylik sayyoh tomoni-
dan bitilgan esdaliklarida quyidagicha ma’lumot
mavjud: «Samarqand hokimining qabilasidan
bo‘lgan ko‘pchilik jangchilar jasur va g‘ayratli
bo‘lib, o‘limni nazar-pisand qilmagan. Janglarda
hech bir raqib ularga bardosh bera olmagan.
Ular jang davomida
qurol-aslahaning barcha tur-
laridan mohirona foydalanishgan».
1. Xitoylik sayyohning e’tirofi
sizga qaysi qahramonlarni
eslatdi?
2. Sug‘d jangchilarining qurollanishiga oid
bo‘lgan matnga asoslanib, bu davrda hu-
narmandchilikning qaysi yo‘nalishi
jiddiy
rivojlanganligi haqida fikr bildiring.
Dostları ilə paylaş: