Ziddiyatli xolatlarda insonning hatti-harakatini aql emas, balki xissiyotlar boshqarishini unutmang. Zero, aql yon bergan paytda inson о‘zining sо‘zi va hatti-harakatiga javob bera olmaydi.
Muomalaning kо‘plab muqobil usullaridan foydalaning, suhbatdoshingizni “jerkib” tashlamang, о‘zingizga “Men ham yanglishishim mumkinku!?” degan savolni bering.
Ziddiyatning mohiyatini tо‘laqonli tushunishga harakat qiling va «Mabodo ziddiyat xal etilmasachi?” degan havotirdan yiroq bо‘ling.
Agar suhbatdoshingiz qattiq hayajonda yoki g‘azablanayotgan bо‘lsa, uni «sovutishga” intiling, zinhor undan baland kelishga urinmang: о‘zingiz jim bо‘lingda undan buni talab qilmang.
Suhbatdoshingizga о‘zini sizning о‘rningizga quyib kо‘rishini sо‘rang, ya’ni «Agar siz mening о‘rnimda bо‘lganingizda qanday yо‘l tutgan bо‘lar edingiz?” degan savolni berib kо‘ring.
Qilgan xizmatingizni haddan ziyod maqtayvermang va minnat qilmang.
Ziddiyatni yuzaga kelishiga sababchi bо‘lgan hamkoringizni hadeb ayblayvermang.
Har qanday xolatda ham о‘zaro munosabatni saqlab qolishga harakat qiling.
О‘ylaymizki, ushbu maslahatlar sizning kelgusi faoliyatingiz uchun zarur bо‘ladi.