2-3 ob’ektdan rasm tuzadi;
varaq sathida to’g`ri chiziqlar chizadi;
harflarga qiziqish bildiradi, ayrim harflarni shaklini biladi va farqlaydi;
yirik munchoqlarni ipga teradi;
yozishga harakat qiladi.
|
chiziq, belgi, ilgaklarni sodda namunalarini qayta chiza oladi;
predmetlarning murakkab bo’lmagan shakllarini chizadi;
rasmlarni ustidan yurgizib chizadi va bo’yaydi;
shablonlarni shtrixlaydi;
mayda qismlardan iborat konstruktorni yig`adi;
o’rta munchoqlarni ipga teradi;
aniq belgilangan chiziq asosida qog`ozni qaychi bilan qirqadi;
belgilangan chiziq asosida qog`ozni tekis yirtadi;
ikki qo’li bilan qog`ozni buraydi.
|
chiziq, ilgak va gajakcha yozadi;
qog`ozni turli usulda taxlaydi (origami) ;
namuna asosida bosma harflarni yozishni boshlaydi;
barmoqlari yordamida mashqlar bajaradi;
rasmlarni tekis shtrixlaydi;
turli sathlarda chizadi (nam qumda, asfaltda, doskada) ;
soch o’radi;
mozaika yig`adi.
|
qog`ozda to’g`ri chiziqlar, so’zlar va qisqa gaplarni yozadi;
daftardagi yozuv qatorlarini aniqlay oladi;
rasmlarni to’g`ri joylashtiradi;
qo’lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizadi;
matodagi rasmni to’qiydi;
«o’ziga» va «o’zidan» harakatlari yo’nalishini tushunadi;
turli materiallardan murakkab namunalarni qirqadi.
|