NUTQ SAN’ATI AKSARIYAT HOLLARDA TABIAT BERGAN INOM EMAS, BALKI O’Z USTIDA KO’ ISHLASH NATIJASIDIR
“PEDAGOGIK NUTQ” TUSHUNCHASI Odatda, o’qituvchining og’zaki nutqi haqida so’z ketganida qo’llaydilar. O’qituvchining og’zaki nutqi pedagog so’zlaganda hosil bo’ladigan nutqdir.
“O’qituvchining kommunikativ xulqi” tushunchasi “O’qituvchining kommunikativ xulqi”,- deganda oddiygina so’zlashuv, axborot yetkazish enas, balki pedagog va o’quvchilar o’rtasidagi hissiy psixologik muhitli muloqitni, ularning ish uslubiga ta’sir qiluvchi nutq va unga mos o’qituvchi xulqini tashkil etish tushuniladi.
2-savolning bayoni: O’qituvchining og’zaki nutqi ikki xil ko’rinishda bo’ladi: monologik va dialogik.
Monologik nutqning eng keng tarqalgan shakllari hikoya, maktab ma’ruzasi, va’z, tushuntirish, tanqidiy mulohazalardir.
O’qituvchining dialogik nutqi savol-javob shaklidagi suhbatlar ko’rinishida bo’ladi.
Pedagogik vazifalarni amalga oshirish uchun o’qituvchi nutqi quyidagi talabalarga javob berishi kerak:
adabiy til me’yorlari;
orfoepik va grammatik so’zlarni qo’llashning aniqligi va ifodali nutq talablari – obrazli, hissiy yorqinligi.
O’qituvchi nutqining asosiy vazifalaridan biri – bilimlarni to’liq etkazishdir.
O’qituvchi nutqining vazifalari:
bilimdan o’z xulqi uchun, rahbarlik qilish uchun foydalanish.
3-savol bayoni: Bo’lajak o’qituvchi nutqini shakllantirishda bir necha yo’nalish mavjud:
O’zini nazorat qilish va ifodali o’qish malakasini rivojlantirish.
Ifodali o’qishga talaffuz shartlari, badiiy vositalar (ipitit, metafora) og’zaki, ko’rgazmali vositalar (asarlardan parcha, ofarizmlar) asosida erishiladi. Nutqning jonli, rang-barang, hissiy bo’lishiga e’tibor beriladi.
O’zini nazorat qilish va kommunikativ ko’nikma, qobiliyatlarini rivojlantirish.
O’qituvchi kommunikativ xulqining samarasi uning muloqot uslubiga bog’liqdir. Bo’lajak o’qituvchida bir qancha qobiliyatlarni rivojlantirishga e’tibor berish kerak.
A) ijtimoiy –pertseptiv;
V) ijtimoiy-tasavvur qobiliyati;
S) o’zini va o’z ruhiy holatini boshqarish ;
D) ta’sirchanlik qobiliyati.
O’zini nazorat qilish va nutq madaniyatini rivojlantirish. Bu erda so’z o’zida nutq madaniyatini doim oshirish haqida bormoqda. Nutq to’g’riligiga alohida e’tibor berish kerak, (urg’uni to’g’ri qo’yish, talaffuz, so’z tuzish).
Nutq, malaka va ko’nikmalarni egallash uchun zarur bo’lgan shaxsiy psixofiziologik xususiyatlarni rivojlantirishdir. O’qituvchi nutqining ifodali bo’lish shartlaridan biri so’zlayotgan narsa, hodisa, jarayonlarni xayolan tasavvur qila bilishdir.