Ызбекистон Республикаси


Excel da iqtisodiy masalalarni yechish



Yüklə 3,53 Mb.
səhifə41/100
tarix11.07.2023
ölçüsü3,53 Mb.
#136336
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100
informatika va axborot texnologiyalari-2

Excel da iqtisodiy masalalarni yechish


Iqtisodiy masalalarni yechishda masalan, Excel dasturi yordami daquyidagi ma’lumotli jadval tayyorlansin . Natija jadval va diagramma ko‘rinishida chop qilish qurilmasiga chaqirilsin :


Korxonaning xizmat safari xarajatlari



TG‘r

Boriladigan
joy

Yo‘l
narxi

Kunlar
soni

Kunlik
xarajat

Kishilar
soni

Jami
Xarajat

1.

Toshkent

800

5

150

4




2.

Qarshi

860

4

150

5




3.

Jizzax

600

4

150

5




4.

Kiyev

18600

12

480

4




5.

Moskva

17800

10

510

6




6.

London

85000

15

1050

5




Mazkur masala uchun “Jami xarajat” bandi quyidagi formula yordamida hisoblanadi: “ Jami xarajat ” q ( 2* “ yul narxi ” + “ kunlar soni ” *


“ Kunlik xarajat ” ) * “ Kishilar soni ”
Excel dasturi yordamida masalani yechishni quyidagi reja asosida olib boriladi .
Ish reja:

        1. Excel ni yuklash.

        2. Jadval mavzusini kiritish.

        3. Ustun kengligini aniqlash va kiritish.

        4. Ustun nomini kiritish.

        5. Jadvalni ma’lumat bilan to‘ldirish.

        6. Ma’lumatli jadvalni diskka yozish.

        7. Diskdan jadvalni chaqirish.

        8. Oxirgi ustun formulasini berish.

        9. Natijaviy jadvalni hosil qilish.

        10. Jadvalni chop qilish.

        11. Ustunli va doiraviy diagrammalar hosil qilish.

        12. Diagrammalarni chop qilish.

        13. Excel dan chiqish.

Yechish. 1. WINDOWS XP ni yuklaymiz. So‘ngra «Пуск» (Start)tugmasi orqali Программы bandini ochib, Microsoft Excel ni tanlaymiz va (sichqoncha) chap tugmasini bosamiz. Natijada Excel ni yuklash uchun asosiy muloqat ochiladi.

«Пуск» Программы Microsoft Excel





  1. Jadvalning birinchi satriga jadval mavzusini kiritamiz;

Korxonaning xizmat safari xarajatlari


  1. Ustun va satr kengligi yetarli bo‘lmaganligi sababli uni kerakli miqdorda o‘zgartiramiz. Buning uchun «sichqoncha» kursatkichi orqali A,B,C,D,E,F ustunlarga mos keluvchi chiziqni qistirib olib lozim miqdorda suriladi.

  2. Ikkinchi satrdan boshlab, ustunlar nomlarini kiritamiz;






Boriladi
gan joy

Yul
narxi

Kunlar
soni

Kunlik
xarajat

Kishilar
soni

Jami xarajat

  1. Yacheykalarni kerakli ma’lumotlar bilan to‘ldiramiz.



  1. Файл (File) buyruqlar to‘plamida Сохранить как (save as) buyrug‘ini beramiz. Kompyuterning Имя файла so‘roviga fayl nomini, masalan ni kiritamiz.

Disketdan jadvalni yuklash uchun Файл (file) buyruqlar to‘plamidan Открыть bandini tanlaymiz. Fayllar ruyxatidan kerakli faylni tanlab tugmasi bosiladi.



Fayl Сохранить kak
5. Disketadan jadvalni yuklash uchun Файл (file) buyruqlar to‘plamidan Открыть
bandini tanlaymiz. Fayllar ro‘yxatidan kerakli faylni tanlab (xususan, <Улуғбек>),
«sichqoncha» tugmasi bosiladi.

Открыть Fayl (Улуғбек)

  1. Oxirgi ustun formulasini beramiz, xususan shu ustun birinchi satri uchun quyidagi formula o‘rinli:

= ( 2 * S4 + D4 * E4) * F4


qolgan satrlar uchun ham xuddi shu formulalarni joriy ettirish uchun, joriy satr va ustun kesishuvidagi yacheykani o‘ng past burchagiga sichqoncha ko‘rsatkichi olib kelinib, chap tugmasi bosilgan holda suriladi, ya’ni







Borila- digan
joy

Yo‘l narxi

Kunlar soni

Kunlik xarajat

Kishilar soni

Jami xarajat

1.

Toshkent

800

5

150

4

=(2*S4+D4*E4)*F4

2.

Qarshi

860

4

150

5

=(2*C5+D5*E5)*F5

3.

Jizzax

600

4

150

5

=(2*C6+D6*E6)*F6

4.

Kiyev

18600

12

480

4

=(2*C7+D7*E7)*F7

5.

Moskva

17800

10

510

6

=(2*C8+D8*YE8)*F7

6.

London

85000

15

1050

5

=(2*S9+D9*YE9)*F9

9 . Natijada quyidagi jadvalni qhosil qilamiz :






    1. Natijada jadvalni chop qilish uchun Файл (File) buyruqlar to‘plamidan Печать (Print) buyrug‘ini beramiz .



Печать (Print)


    1. Dastlab B va G ustundagi ma’lumotlar

«sichqoncha» ko‘rsatkichi orqali siljitib ajratiladi . So‘ngra, Вставка menyusining buyruqlar to‘plamidan Диаграмма bandi tanlanadi. Kompyuterning На этом листe yoki На новом листe so‘roviga mos javob tanlanadi. Diagramma ko‘rinishi Мастер диаграмм madan tanlanadi, so‘ngra Шаг ( продолжить ) tugmasini bosish lozim.

Вставка Мастер диаграмм

    1. Diagrammalarni «Файл» menyusini buyruqqlar to‘plamidan Печать bandi orqali chop qilish mumkin.

    2. Excel dan chiqish uchun Файл menyusiga chiqib, dastlab Закрыть bandi ustida «sichqoncha» tugmasi bosiladi va so‘ngra shu menyudagi Выход bandiga

«sichqoncha» ko‘rsatkichi keltirib bosiladi

Shunday qilib formula va funktsiyalar bilan ishlashda agar Excelda formulalarni ko‘chirish imkon bo‘lmaganda edi, balki, barcha hisoblashlarni kalkulatorda bajargan qulay bo‘lar edi, shuning uchun Excel dasturi matematik, funktsiyalar va buxgalteriya hisob



  • kitoblarni ishlash uchun qulay qilib berilgan.



Excel da ichki obyektlar bilan ishlash


Excel dasturining ichki obyektlariga


«Вставка» menyusining «Диаграмма» va
«Рисунок» bandlari kiradi.
Diagrammalar grafiklar deb ham ataladi.
Ular elektron jadvallarning ajralmas qismidir.
Diagramma – sonli jadval ko‘rinishida berilgan axborotlarni ko‘rgazmali namoyish etish usulidir.
Ma’lumotlarni diagramma shaklida namoyish etish bajarilayotgan ishni tez tushunishga va uni tez xal qilishga yordam beradi. Jumladan, diagrammalar juda katta uajmdagi sonlarni ko‘rgazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda foydalidir.
Diagrammalar asosan sonlar bilan ish yuritadi. Buning uchun ishchi jadval varag‘iga bir necha son kiritiladi, so‘ng diagramma tuzishga kirishiladi. Odatda diagrammalar uchun foydalanilayotgan ma’lumotlar bir joyda joylashgan bo‘ladi. Ammo bu shart emas. Bitta diagramma ma’lumotlarni ko‘p sonli ishchi varaqlar va uatto ishchi kitoblardan uam olishi mumkin.
Excelda tuzilgan diagrammalarni joylashtirishning ikki xil varianti mavjud:

  1. Diagrammani varaqning ichki elementi sifatida bevosita varaqqa qo‘yish. (Bu diagramma joriy qilingan diagramma deb ataladi. )

  2. Ishchi kitobning yangi diagrammalar varag‘ida diagramma qo‘yish. Diagramma varag‘i ishchi kitobning varag‘idan bitta diagrammani saqlashi va yacheykalari bo‘lmaganligi bilan farq qiladi.

Agar diagramma varag‘i faollashtirilsa, unda Excel menyusi u bilan ishlash uchun mos uolda o‘zgaradi.
Diagrammani joylashtirish usullaridan qat’i nazar, diagramma qurish jarayonini bevosita boshqarish mumkin. Ranglarni o‘zgartirish, shkala masshtabini o‘zgartirish, to‘r (setka) chiziqlariga qo‘shimchalar kiritish va boshqa elementlarni qo‘llash mumkin.
Excel diagrammasi ishchi jadval varag‘ining ma’lumotlari bilan bevosita bog‘liq. Ishchi jadval varag‘idagi ma’lumotlar o‘zgartirilsa, tezda ularga bog‘liq bo‘lgan diagramma chiziqlari o‘zgaradi. Diagrammalarning bir necha xil turlari mavjud:

    • chiziqli

    • doiraviy

    • grafikli

    • halqasimon

    • dumaloq

    • va boshqalar

Excelda diagrammalarning ixtiyoriy turini tuzish mumkin. Ayrim diagrammalar juda murakkab shakllarni uam aks ettiradi. Masalan, konusli, silindrli piramidali va h. k.
Diagrammalar uosil qilingandan keyin u o‘zgarmas xolatda bo‘lmaydi, balki uar doim uning haklini o‘zgartirib turish va maxsus bichimlash atributlarini qo‘shish, yangi ma’lumotlar to‘plami bilan to‘ldirish, mavjud ma’lumotlar to‘plamini boshqa diapazon yacheykalardan foydalaniladigan qilib ma’lumotlarni o‘zgartirish mumkin.
Boshqa grafik obyektlar kabi diagrammalarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish uam mumkin. Uning o‘lchamlarini, nisbatlarini o‘zgartirish, chegaralarini to‘g‘rilash va ular ustida boshqa amallarni bajarish uam mumkin. Joriy qilingan diagrammaga o‘zgartirishlar kiritish uchun sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish kerak bo‘ladi. Bunda diagrammalar faollashib, Excel menyusi diagrammalar bilan ishlash uchun kerakli buyruqlarni ko‘rsatadi. Joriy qilingan diagrammalarning asosiy afzalligi shundaki, ularni diagramma tuzish uchun foydalanilgan ma’lumotlar yoniga joylashtirish mumkin.
Alouida varaqda joylashtirilgan diagrammalar butun varaqni egallayji. Agar bir necha diagramma to‘zmoqchi bo‘lsangiz, unda har birini alouida varaqlarga joylashtirish maqsadga muvofiq. Shunda varaqdagi diagrammalarning «ko‘rinarlilik darajasi» saqlanadi.
Excelda diagrammalar yasash uchun avval kerakli ma’lumotlar kiritiladi. Keyin quyidagi usullarda diagrammalar tuziladi:

  1. Вставка menyusining diagramma bandi orqali

  2. Uskunalar panelining «Мастер диаграмм» (Diagrammalar ustasi) piktogrammasi

orqali


Diagrammaning asosiy elementlari:

  1. diagrammani yaratishda ishchi varaqda ajratilgan yacheykalarning qiymatlari foydalaniladi va Excel ularni ma’lumotlarning elementlari (manbasi ishchi varaq katakchalaridan iborat bo‘lib, diagrammada ifodalangan alohida qiymatlar) ko‘rinishida ifodalaydi. Ma’lumotlarning elementlari (masalan, o‘zgarish foizi) yo‘l, chiziq, ustun, sektor, nuqta yoki boshqa ko‘rinishida tasvirlanishi mumkin.

Boshqacha qilib aytganda, bu shakllar ma’lumot markerlari deb ataladi (Shu yerda albatta diagrammalarning har qil turlari misolida markerlarga namunalar keltiring).





(1-rasm)

Ishchi varag‘ida bir satr yoki ustundagi katakchalarni ifodalovchi ma’lumotlar elementlari yoki markerlar guruhi ma’lumotlar qatorini tashkil etadilar (diagrammada har bir ma’lumotlar qatori ajoyib rang bilan ajratilishini eslating. Tushuntirishda diagrammalardan misol keltirish zarur. O‘quvchilar jadvalda ham, diagrammada ham ma’lumotlar qatorini farqlay olishga majburdirlar, chunki bu bilimlar mustaqil ravishda diagrammalar tuzishda kerak bo‘ladi);



Yüklə 3,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin