Izlanishlar, yechimlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

47
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
2021-yilda turli xil daromad guruhiga kiruvchi mamlakatlarning 60%idan 
o‘rtacha yillik ta’lim byudjetlari COVIDdan keyin 4% ga o‘sgan. Ushbu ijobiy 
tendensiyaga qaramay, 2021-yilda ta’lim byudjetini qisqartirishni kutayotgan 
mamlakatlarning ulushi 2020-yilga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p.
Pandemiyaga qarshi ta’limni qo‘llab-quvvatlash choralari turli manbalar 
hisobidan amalga oshirilgan: tashqi donorlar, ilgari ajratilgan yoki yillik byudjetni 
qayta taqsimlash, hukumat tomonidan qo‘shimcha mablag‘lar yoki ta’lim 
byudjetidan mablag‘larni qayta taqsimlash. Hukumat tomonidan ajratilgan 
qo‘shimcha mablag‘lar asosiy manba sifatida keltirilgan bo‘lsa-da, ammo bu 
ko‘rsatkich ulushi daromadi kam bo‘lgan davlatlarda pasayish tendensiyasiga 
ega bo‘lgani aniqlangan (6-2-rasm). Yuqori daromadli mamlakatlarning 85%idan 
ortig‘i kam daromadli mamlakatlarga nisbatan 50% qo‘shimcha mablag‘ olgan.
Tashqi donorlardan ta’lim uchun moliyaviy yordam olish kam daromadli 
mamlakatlar orasida keng tarqalgan. Kam daromadli mamlakatlarning 
67% COVID-19 bilan bog‘liq ta’lim xarajatlarini qoplash uchun tashqi donorlardan 
rivojlanish yordamini olgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich boshqa daromad guruhidagi 
mamlakatlar ulushidan ikki baravar ko‘pdir.
Tadqiqotning uchinchi bosqichi natijalari shuni ko‘rsatadiki, mamlakatlarning 
90%idan ko‘prog‘i boshlang‘ich va o‘rta ta’lim uchun qo‘shimcha davlat 
mablag‘lari yoki resurslarini ajratish uchun kamida bitta aniq umumiy mezondan 
foydalangan. Har bir daromad guruhidagi mamlakatlarning kamida yarmi ushbu 
mezonni e’tirof etdi va daromadi o‘rtachadan kam bo‘lgan mamlakatlarning 75 
%dan ko‘prog‘i bu mezon bo‘yicha mablag‘ ajratdi.


48
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Iqtisodiy tanazzulning oldingi davrlaridagi kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, 
byudjetni qisqartirish choralari yuzaga kelgan inqirozdan biroz vaqt o‘tib amalga 
oshiriladi, chunki favqulodda turli sohalarga ajratilgan mablag‘lar, iqtisodiyot 
va jamiyatni barqaror saqlashga yordam beradi. Kelgusida investitsiyalar 
maktablar yopilgan davrda ta’lim oluvchilar orasida yuzaga kelgan ta’lim 
yo‘qotishlarini bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maxsus mezonlarga 
va/yoki ehtiyojlarga asoslanib mablag‘ ajratish masofaviy ta’limning uzluksizligini 
ta’minlashga yordam beradi. Ta’lim siyosati va dasturlarini moliyalashtirishda 
tenglikni hisobga olish, muntazam va favqulodda byudjet mablag‘larini ajratish 
orqali kapital mablag‘lar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oila farzandlariga 
yetib borishi va hamma uchun inklyuziv ta’lim olish imkoniyatlarini yaratishi 
mumkin.
O‘zbekiston: 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus 
pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy 
ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
PF-5969-son farmoni qabul qilindi. Mazkur hujjatga ko‘ra, iqtisodiyotni qo‘llab-
quvvatlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, umumta’lim 
maktablari va ijtimoiy sohaning boshqa obyektlari uchun 800 mlrd. so‘m 
mablag‘lari ta’minlanishi belgilab berildi.
Umumta’lim maktablarning faoliyati to‘xtatilgan davrda umumta’lim 
maktablari boshlang‘ich sinflari o‘quvchilarining ota-onalariga (ular o‘rnini 
bosuvchi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga) yillik ta’tildan foydalanish grafigidan 
qat’i nazar, yillik ta’til olish imkoniyati taqdim etildi.



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin