Izlanishlar, yechimlar


A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI  MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI  BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI VIII BOB. XULOSA



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

52
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
VIII BOB. XULOSA
Mazkur hisobotda asosiy xulosalar uchinchi bosqichdagi so‘rovnoma 
natijalari asosida shakllantirilgan. So‘rovnoma 2020-yil to‘liq va 2021-yil birinchi 
olti oylik ma’lumotlari asosida yig‘ilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra 2020-yilda 
maktablar o‘rtacha 79 kunga yopilgan. Bu esa daromadi past bo‘lgan davlatlarda 
ta’lim sifatiga sezilarli darajada ta’sir etgan, shuningdek, bu nochor ahvoldagi 
oilalarga ko‘proq o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Aksariyat davlatlarning ta’limdagi yo‘qotishlar darajasi va masofaviy ta’lim 
sifatini aniqlash qiyin bo‘lgan. 
Aksariyat davlatlar o‘zlarining milliy baholash tizimlari orqali o‘quvchilarning 
bilimini aniqlagan va ularni keyingi bosqichga o‘tkazishgan. Shu bilan birga 
ko‘pgina davlatlar ta’lim hujjatlariga va o‘quv materiallarga o‘zgartirishlar kiritib, 
ayrimlari sezilarli darajada qisqartirishgan. 
Shunga qaramasdan daromadi past bo‘lgan (radio va televideniya) va 
daromadi yuqori bo‘lgan (onlayn-platforma) davlatlarlarning aksariyati ta’limda 
uzilishning oldini olish bo‘yicha masofaviy ta’limga ko‘proq e’tibor qaratishgan. 
Kelajakda pandemiya choralari yumshatilishi natijasida maktablarning ochilishi 
bilan masofaviy ta’limning ahamiyati deyarli yo‘qolishi mumkin. Masofaviy 
ta’limni davom ettirish yoki offlayn ta’lim bilan birga olib borish uchun oqilona 
qarorlar qabul qilish zarur bo‘ladi va moliyalashtirish tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish 
talab etiladi. 
Aksariyat mamlakatlarda o‘qituvchilar ta’limni masofaviy shaklda, asosan 
internet orqali onlayn shaklda, ayrimlari elektron pochta, telefon so‘zlashuvlari va 
boshqa shunga o‘xshash aloqa vositalari orqali amalga oshirgan.
COVID-19 emlash dasturini kengaytirish maqsadida, aksariyat davlatlar 
barchani emlashdan o‘tkazib, maktablarni ochishga harakat qilgan. Shu bilan 
birga ayrim davlatlar maktablarda kasallikning oldini olish bo‘yicha gigiyena 
choralarini kuchaytirgan va sog‘lomlashtirish dasturlarini ishlab chiqqan. 
Biroq daromadi past bo‘lgan davlatlarda oddiy suv va gigiyena bilan bog‘liq 
choralar ham qo‘llana olmagan. Shunga qaramasdan, daromadi past va o‘rta 
bo‘lgan davlatlar kasallikning birinchi to‘lqinidan keyin maktablarni ochishgan. 
Bunday choralarning oldini olish va ta’limni sifatli yo‘lga qo‘yish hamda 
o‘qituvchilarni masofaviy ta’limga tayyorlash uchun qo‘shimcha investitsiyalar 
jalb etish zarur hisoblanadi. 
Aksariyat davlatlar mamlakat byudjetidan ta’limni har yilgi belgilangan 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin