80
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH
VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
81
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limdagi dolzarb masalalar. 2020-2021-yil
statistik ma’lumotlarga ko‘ra:
Respublikada 10008 ta umumta’lim maktablari bo‘lib, belgilangan me’yor
quvvati bo‘yicha 5061562 tani o‘rinni tashkil etadi. Hozirgi kunda o‘quvchilar soni
6.236.751 nafarni tashkil etadi. Bu esa 1175189 nafar o‘quvchi amaldagi me’yordan
ko‘pligini ko‘rsatmoqda. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, 1.2 koeffitsiyentni tashkil
etmoqda.
Shuningdek, tajriba-sinov natijalaridan aniqlandiki, maktablarda bolalar soni
har bir sinfda 40-45 nafarni tashkil qilmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi
Nizomga ko‘ra, sinfda o‘quvchilar soni 35 tadan oshmasligi belgilangan. Mazkur
holatning kelib chiqishiga bir qancha obyektiv va subyektiv sabablar mavjud.
Dastlabki sabablardan biri davlat byudjetidan maktablar uchun qo‘shimcha
binolar qurilishi uchun yetarli mablag‘ va o‘rinlar ajratilmayapti. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-yanvardagi PQ-4565-son
qarori bilan tasdiqlangan 2020-yilda umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni
qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash manzilli dasturi,
shuningdek, 2021-2022-yillar uchun kapital qo‘yilmalarning prognoz parametrlari
5-ilovasiga muvofiq, 17352 ta qo‘shimcha o‘rin uchun binolarni qurish belgilangan.
Bu bilan ortiqcha o‘rinlarni qoplab bo‘lmaydi.
Bundan
tashqari, mazkur muammoni bartaraf etish yuzasidan nodavlat
maktablarni tashkil etish yuzasidan hali-hanuzgacha muammolar mavjud.
Xususan, tadbirkorlarga xususiy maktablarni qurish uchun tekin yer ajratish
bo‘yicha mexanizmlar ishlab chiqilmagan.
Ayrim bo‘sh turgan maktab binolarini investitsiya kiritish (rekonstruksiya)
sharti bilan uzoq yillarga ijaraga berishning aniq tartiblari, shuningdek, maqsadli
subsidiyalarni ajratish bo‘yicha aniq bir mexanizmlar mavjud emas.
Ta’kidlash joizki, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunining
24-moddasiga ko‘ra xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy
82
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
vakolatlariga hududni rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini,
tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlash vakolati
mavjud bo‘lsa-da, biroq Xalq deputatlariga berilgan
ushbu mutlaq vakolatlar
ular tomonidan mahalliy byudjetdan maktablar rekonstruksiyasi va qo‘shimcha
binolar qurilishi uchun mablag‘lar yo‘naltirish bo‘yicha ishlar qilinmayapti.
Boshlang‘ich sinf bo‘yicha oliy ma’lumotli pedagog kadrlarning yetishmasligi
ham asosiy muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Respublika umumta’lim
maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan “Boshlang‘ich ta’lim” fani o‘qituvchilarining
2019-yil sentabr holatiga ko‘ra o‘rtacha hisobda 28, 8% ni o‘rta maxsus ma’lumotli
o‘qituvchilari tashkil etmoqda.
Viloyatlar kesimida tahlil etilganda Qashqadaryo viloyati 8386 ta 53,8%,
Surxondaryo viloyati 5280ta 41,9%, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2363ta 29,3%,
Xorazm viloyati 1838ta 28,5% eng yuqori ko‘rsatkichlarni belgilab bermoqda.
Shunga qaramay, 2021-2022-o‘quv yilida esa maqsadli tayyorlov bo‘yicha
kvotalar soni ushbu hududlarga ancha kam etib belgilangan. Qashqadaryo
viloyati 125 ta, Surxondaryo viloyati 275 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 150 ta
kvota ajratilgan bo‘lsada, Xorazm viloyatiga esa umuman kvota ajratilmagan.
2020-2021-o‘quv yilida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishiga atigi 4250 nafar
talaba qabul qilingan.
Bundan tashqari, boshlang‘ich ta’limga tayyorlaydigan
OTMlarning quvvati va ularni tayyorlaydigan professor-o‘qituvchilarning soni