MAVJUD MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA ILMIY FARAZLAR Respublikada
ta’lim
sohasida
olib
borilgan
islohotlar
asosan
moddiy-texnik bazani takomillashtirishga qaratilmoqda. Lekin islohotlar
samarasi amaldagi vaziyatni yetarlicha bartaraf etish imkoniyatiga ega emas.
Shu nuqtai nazardan, davlat byudjetidan maktablar uchun qo‘shimcha
binolar qurilishi va amalda bo‘sh turgan binolarni qayta rekonstruksiya qilish,
kapital ta’mirlash va jihozlash uchun manzilli dasturlarni aniq ishlab chiqish
kerak.
Bundan tashqari, xorijiy va mahalliy investorlarni nodavlat maktablarni
tashkil etish bo‘yicha ularga imkoniyatlarni kengaytirish zarur. Binobarin,
xususiy maktablarning amaldagi soniga qarab, xususiy maktablar kam bo‘lgan
hududlarda qurish uchun investorlarga maqsadli tekin yer ajratish bo‘yicha
tartiblarni ishlab chiqish zarur.
Ayrim bo‘sh turgan maktab binolarini investitsiya kiritish (rekonstruksiya)
sharti bilan uzoq yillarga (kamida 30 yillik) ijaraga berish, shuningdek, maqsadli
subsidiyalarni (kamida 15 yilga) ajratish bo‘yicha aniq bir mexanizmlar belgilash
kerak.
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 24-moddasiga ko‘ra xalq
deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy vakolatlariga hududni
rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini, tuman, shaharning bosh
rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlash kiradi.
Mazkur qoidaga mahalliy byudjetdan maktablarni rekonstruksiya
va qo‘shimcha binolar qurilish uchun mablag‘lar ajratish yuzasidan minimal va
qat’iy foizli stavkalarni (masalan, kamida 5% kam bo‘lmasligi lozim) belgilash
kerak. Bu kelgusida har doim maktablar faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi
va hech bo‘lmaganda doimiy ravishda mahalliy byudjetdan ajratilishiga olib
keladi.
Bu esa kelgusida sinfda o‘quvchilar sonining me’yorini ta’minlashiga olib
kelishi mumkin.
Pedagoglar salmog‘i kam bo‘lgan hududlarni oliy ma’lumotli pedagog
kadrlar bilan to‘ldirish maqsadida ushbu hududlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar
rejasini ishlab chiqish lozim. Mazkur rejada bosqichma-bosqich boshlang‘ich