88
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH
ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Аnnotatsiya
.
Ushbu maqolada kattalar auditoriyasini o‘qitishning asosiy yondashuvlari,
usullari va shakllari to‘g‘risida ma’lumotlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar: andragogika, kattalar taʼlimi, pedagogika, oʼqitish modeli
В этой статье рассматриваются основные методы, приемы и приемы
обучения взрослой аудитории.
Ключевые слова: андрoгогика, обучение взрослых, педагогика, модель
обучения.
Bugungi zamonaviy jamiyatda kreativ, nostandart fikrlaydigan, o‘z sohasida
yangi usullarni taklif qila oladigan professional mutaxassislarga
ehtiyoj tobora
ortmoqda. Bu esa insonning oldingi davrdagi butun hayot uchun taʼlim olish
emas, balki butun hayoti davomida uzluksiz taʼlim olish zaruratini keltirib
chiqarmoqda. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda uzluksiz taʼlim borasida bir-biridan
farqlanuvchi bir necha nuqtai nazarlarni uchratish mumkin. Ulardan eng ko‘p
uchraydiganlari: “uzluksiz taʼlim-butun hayot davomida egallaydigan taʼlim”,
“uzluksiz taʼlim - kattalar uchun taʼlim”, “uzluksiz taʼlim - bu uzluksiz kasbiy taʼlim”
kabi iboralar qo‘llanilsa, jahon pedagogikasida uzluksiz taʼlim bir necha atamalar
bilan izohlanib ular ichida “davom etuvchi taʼlim”, “hayot davomida o‘qish”,
“doimiy o‘qish” iboralari keng qo‘llaniladi.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, avvallari asosan bolalar o‘qitilgan. Bu
faoliyat negizida pedagogika fani shakllandi.
XX asrda, jadal ilmiy-texnikaviy
taraqqiyot natijasida kasbiy faoliyatning murakkablashishi bilan,
kattalarni