52 A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
VIII BOB. XULOSA Mazkur hisobotda asosiy xulosalar uchinchi bosqichdagi so‘rovnoma
natijalari asosida shakllantirilgan. So‘rovnoma 2020-yil to‘liq va 2021-yil birinchi
olti oylik ma’lumotlari asosida yig‘ilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra 2020-yilda
maktablar o‘rtacha 79 kunga yopilgan. Bu esa daromadi past bo‘lgan davlatlarda
ta’lim sifatiga sezilarli darajada ta’sir etgan, shuningdek, bu nochor ahvoldagi
oilalarga ko‘proq o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Aksariyat davlatlarning ta’limdagi yo‘qotishlar darajasi va masofaviy ta’lim
sifatini aniqlash qiyin bo‘lgan.
Aksariyat davlatlar o‘zlarining milliy baholash tizimlari orqali o‘quvchilarning
bilimini aniqlagan va ularni keyingi bosqichga o‘tkazishgan. Shu bilan birga
ko‘pgina davlatlar ta’lim hujjatlariga va o‘quv materiallarga o‘zgartirishlar kiritib,
ayrimlari sezilarli darajada qisqartirishgan.
Shunga qaramasdan daromadi past bo‘lgan (radio va televideniya) va
daromadi yuqori bo‘lgan (onlayn-platforma) davlatlarlarning aksariyati ta’limda
uzilishning oldini olish bo‘yicha masofaviy ta’limga ko‘proq e’tibor qaratishgan.
Kelajakda pandemiya choralari yumshatilishi natijasida maktablarning ochilishi
bilan masofaviy ta’limning ahamiyati deyarli yo‘qolishi mumkin. Masofaviy
ta’limni davom ettirish yoki offlayn ta’lim bilan birga olib borish uchun oqilona
qarorlar qabul qilish zarur bo‘ladi va moliyalashtirish tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish
talab etiladi.
Aksariyat mamlakatlarda o‘qituvchilar ta’limni masofaviy shaklda, asosan
internet orqali onlayn shaklda, ayrimlari elektron pochta, telefon so‘zlashuvlari va
boshqa shunga o‘xshash aloqa vositalari orqali amalga oshirgan.
COVID-19 emlash dasturini kengaytirish maqsadida, aksariyat davlatlar
barchani emlashdan o‘tkazib, maktablarni ochishga harakat qilgan. Shu bilan
birga ayrim davlatlar maktablarda kasallikning oldini olish bo‘yicha gigiyena
choralarini kuchaytirgan va sog‘lomlashtirish dasturlarini ishlab chiqqan.
Biroq daromadi past bo‘lgan davlatlarda oddiy suv va gigiyena bilan bog‘liq
choralar ham qo‘llana olmagan. Shunga qaramasdan, daromadi past va o‘rta
bo‘lgan davlatlar kasallikning birinchi to‘lqinidan keyin maktablarni ochishgan.
Bunday choralarning oldini olish va ta’limni sifatli yo‘lga qo‘yish hamda
o‘qituvchilarni masofaviy ta’limga tayyorlash uchun qo‘shimcha investitsiyalar
jalb etish zarur hisoblanadi.
Aksariyat davlatlar mamlakat byudjetidan ta’limni har yilgi belgilangan