J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


 O‘zbekistonda kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

4.4. O‘zbekistonda kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish uchun qulay 
shart-sharoitlar 
yaratish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3832-son qaroriga muvofiq: 

kripto-aktivlar aylanmasi maxsus normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga 
solinadi; 

yuridik va jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘lik 
operatsiyalari, jumladan norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar 
soliq solinadigan ob’ekt hisoblanmaydi, mazkur operatsiyalar yuzasidan olingan 
daromadlar esa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq solinadigan bazaga 
kiritilmaydi; 

kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun 
belgilangan tartibda litsenziya olgan shaxslar tomonidan o‘tkaziladigan kripto-aktivlar 
aylanmasi bilan bog‘liq valyuta operatsiyalariga valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlari normalari tatbiq etilmaydi. 
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2018 yil 2018 yil 2 sentyabrda “O‘zbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini 
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3926-son qarori qabul qilindi. 
Kripto-aktivlarni ayirboshlash, sotib olish va sotish uchun elektron maydoncha 
taqdim etadigan tashkilot kripto-birja hisoblanadi. 
Blokcheyndagi qiymatga ega va egasi bo‘lgan qaydlar majmuasi kripto-aktiv 
hisoblanadi. 
Kripto-aktivlar aylanmasi bo‘yicha faoliyatga va kripto-birjalar faoliyatiga qimmatli 
qog‘ozlar, birjalar va birja faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari tatbiq etilmaydi. 


58 
Kripto-birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya faqat chet el yuridik 
shaxslariga O‘zbekiston Respublikasi hududida sho‘’ba yoki boshqa korxonalarni ochish 
orqali beriladi. 
Kripto-birjalar faoliyatini ularning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga rioya etishi qismida nazorat qilish funktsiyalari kripto-birjalar faoliyatini 
litsenziyalovchi organga va tegishli vakolatli davlat organlariga yuklanadi. 
Sanoat mayningini amalga oshirish uchun (oyiga 100 KVt/s dan ortiq foydalanish) 
er uchastkalari «O‘zbekenergo» AJ va «O‘zbekgidroenergo» AJ tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, tegishlicha 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimlari bilan kelishilgan holda belgilanadigan maxsus hududlarda elektron auktsion 
o‘tkazmasdan beriladi. 
Kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun quyidagi asosiy litsenziya talablari 
va shartlari belgilangan: 
a) ariza berilgan sanada pul mablag‘i shaklida eng kam oylik ish haqining kamida 
o‘ttiz ming baravari miqdorida shakllantirilgan ustav jamg‘armasi mavjudligi, shundan 
yigirma ming baravari O‘zbekiston Respublikasining tijorat bankida alohida 
hisobvaraqda zaxiraga qo‘yiladi; 
b) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarga joylashtirilgan hamda 
Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutiladigan 
talablarga javob beradigan ishlab turgan elektron kripto-birja savdo tizimi mavjudligi; 
v) quyidagilar aks ettirilishi shart bo‘lgan kripto-birja savdo qoidalarining 
mavjudligi: 

ishtirokchilarga kripto-birja savdolarida ishtirok etishga ruxsat berish tartibi; 

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining 
bajarilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar

kripto-aktivlarni muomalaga qo‘yish va muomaladan chiqarishga ruxsat berish 
tartib-taomillari; 


59 

kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni ro‘yxatdan 
o‘tkazish tartibi; 

bitimlar tuzishda kripto-birja savdolari ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro hisob-
kitoblarni amalga oshirish tartibi; 

kripto-birja xizmatidan foydalanganlik uchun to‘lov miqdori va uni belgilash 
tartibi; 

kripto-birjalarda narxlar manipulyatsiyasi va maxfiy axborotdan noqonuniy 
foydalanishning oldini olish choralari; 

kripto-aktivlardan g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanishni taqiqlash; 
g) kripto-aktivlarni kotirovkalashni ularga bo‘lgan talab va taklif asosida amalga 
oshirish; 
d) mijozlarning kripto-aktivlar bilan operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotni
shuningdek, ularning identifikatsiya ma’lumotlarini va mijozlar bilan o‘zaro 
munosabatlar bo‘yicha materiallarni, jumladan ish yozishmalarini besh yil davomida 
saqlash. 
Kripto-birjalarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, shu jumladan kripto-aktivlar 
shaklida mukofot olish, uning miqdorini va uni savdolar ishtirokchilari (mijozlar)dan 
undirish tartibini belgilash, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bilan 
kripto-aktivlarni milliy va xorijiy valyutaga sotib olish va (yoki) begonalashtirishga, 
shuningdek, kripto-aktivlarni boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlashga qaratilgan birja 
bitimlarini tashkil etish huquqi berilgan. 
Kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish uchun davlat boji 
miqdori va uni to‘lash tartibi litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadi; 
Kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berishdan tushadigan davlat 
bojining barcha summasi litsenziyalovchi organning hisobraqamiga o‘tkaziladi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin