183
Bretton-Vuds tizimi – savdo xisob-kitoblari va pul munosabatlarini tashkil etishning
xalqaro tizimidir.
Valyuta (Valyuta, Currency)
– tashqi iqtisodiy va xalqaro
aloqalarning boshqa
shakllarida ishtirok etuvchi mamlakat milliy pul birligi.
Vaqtinchalik usul
(Vremenniy metod, Temporary method
) – to’lov
balansi
defitsitini chet el kapitalini, ya’ni tadbirkorlik va ssuda kapitallarini kiritish yo’li blan
qoplashga aytiladi.
Valyuta qamali (valyutnie blokadi, currency blockade)
– xalqaro tashkilotlar
yoki ayrim mamlakatlar guruhi tomonidan ba’zi bir mamlakatlarga nisbatan valyuta
tushumlarining kelish jarayonida to’sqinlik qilish tushuniladi.
Valyuta bozorlari (Valyutnie rinki, Exchange market)
–
bu talab va taklif
asosida turli xil valyutalar oldi-sotdi qilinadigan rasmiy markazlardir.
Valyuta bozorlaridagi operatsiyalar (Operatsii na valyutnix rinkax, Money
market operations)
– tashqi savdo bo’yicha
xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm,
kapitallar va kreditlarning davlatlararo harakati va chet el valyutasini
oldi-sotdi qilish
bilan bog’liq boshqa hisob-kitob operatsiyalari hisoblanadi.
Valyuta
interventsiyasi
(Valyutnie
interventsii,
Foreign
exchange
intervention) –
Markaziy bank tomonidan milliy valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida
chet el valyutani sotish va sotib olish operatsiyalaridir.
Valyuta kursi (Obmenniy kurs, Exchange rate)
– mamlakat pul birligining
boshqa mamlakat pul birligida ifodalangan bahosi.
Dostları ilə paylaş: