J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

Forfeyting bitimida
bir qator 
cheklovlar
mavjud: 
-
sotib oluvchi avvaldan ogohlantirilgan bo’lishi va qarzni so’ndirishga rozi 
bo’lishi lozim; 
-
agar kompaniya xalqaro kompaniya yoki davlat tashkiloti hisoblanmasa, kreditor 
tanlovi asosida qarzni qaytarish majburiy ravishda bank yoki davlat tomonidan 
kafolatlangan bo’lishi lozim; 


77 
-
forfeyting bitimlari bank kreditlaridan farqli ravishda sir saqlanadi, tashkil 
etilgandan so’ng reklama va e’lonlarda nashr qilinadi. Boshqa tomondan esa forfet-
kreditor ikkilamchi bozorda qarz qimmatli qog’ozlarini sotsa, bitim shartlari barchaga 
ma’lum bo’ladi. Shuning uchun ushbu holat forfeyting bitimida ko’rsatilishi lozim. 
Forfeyting va faktoringni o’zaro o’xshash va farqli tomonlari (jadvalga 
qarang). 
Faktoringda moliya instituti (faktor) eksportyor bilan kelishgan holda eksport 
bitimini amalga oshirish bilan bog’liq moliyaviy majburiyatini o’z zimmasiga oladi. 
Ya’ni xorijiy sotib oluvchidan tushadigan to’lovlarni undirish asosida eksportyorning 
asosiy faoliyatini yuritishini qo’llab-quvvatlaydi. 
Faktoringa nisbatan forfeyting bir 
qator afzalliklarga ega. 
-
faktoring qisqa muddatli moliyalashtirishda (90 kundan 180 kungacha bo’lgan 
oraliqda) foydalaniladi. Bunda valyutalar miqdori nisbatan kam bo’ladi va ekportyor 
uchun risk yuzaga keladi (ya’ni moliya institutlari odatda qarzning 80 %gacha bo’lgan 
qismini qabul qilishadi va importyorning to’lov qobiliyati bo’lmaganda ekportyordan 
regress huquqini saqlashni talab qiladi); 
-
faktoring forfeytingdan ko’ra qimmatroq hisoblanadi. Ya’ni faktoringni foiz 
stavkasi forfeytingli moliyalashtirish shaklidan odatda yuqori bo’ladi; 
-
faktoring operatsiyasidan farqli ravishda forfeytingda bank to’liq muddat bilan 
jami summani veksel ko’rinishida barcha tijorat risklari bilan birga va regress huquqisiz 
o’z zimmasiga oladi. Bu esa eksportyor uchun ko’proq foydali hisoblanadi.
Forfeyting ham faktoring kabi debitorlik qarzlarini sotish operatsiyasi hisoblanadi. 
Shunday bo’lsada ular orasida bir qator farqlar mavjud.
Forfeyting operatsiyasining mohiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi: 
- sotuvchi xaridorga to’lov muddatini o’zaytirishga imkon bergan holda sotib 
oluvchidan qarz tilxati (veksel)ni yozib berishini talab qilishi mumkin. Majburiyatlarni 
bajarish muddati kelganda veksel bo’yicha sotib oluvchi hech qanday mojarosiz 
to’lovlarni olish huquqiga ega bo’ladi. Muddati uzaytirilga to’lovlar bo’yicha veksel 
aylanma veksel hisoblanadi. Riskni kamaytirish uchun sotuvchi veksel bo’yicha 
majburiyatlarni bajarish uchun uchinchi shaxs kafolatini talab qilishi mumkin. Vekselda 
uchinchi shaxs kafolati 
aval
deb nomladani va bunday veksellar avallangan veksellar 


78 
hisoblanadi. Veksel o’z xususiyatiga ko’ra kuponsiz (davriy foiz to’lovi bo’lmagan) 
obligatsiyalar turkumiga kiritish mumkin. Vekselni ixtiyoriy vaqtda unga yozgan holda 
uchinchi shaxsga (forfeytorga) sotish mumkin. Vekselni qayta yozib uzatuvchi 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin