76
5. Eksportyor vekselni indossatsiyalaydi va uni birlamchi bozorda regress
(muomala) huquqini inkor etgan holda forfet-bankga sotadi.
5a. Eksportyor chet el valyutasidagi tushumni forfet-bankdan oladi.
6. Forfeyting banki vekselni indossatsiyalaydi va uni
ikkilamchi bozorda qayta
sotadi.
7. Forfet-kompaniya (yoki vekselni oxirgi egasi) importyorga vekselni to’lash
uchun taqdim etadi.
7a. Importer esa o’z banki orqali taqdim etilgan vekselni belgilangan muddatda
to’lab beradi.
Forfeytingni qo’llash sohasi rivojlanib bormoqda, dastlab birinchi toifali eksport
operatsiyalarida va chet eldagi qurilish korxonalarida, keyinchalik asbob-uskuna, xom-
ashyo va keng qamrovli iste’mol tovarlari eksportida taraqqiy etmoqda. Forfeyting tijorat
kreditini bank kreditiga aylanishining o’ziga xos bir ko’rinishi hisoblanadi.
Bunday
usulda tashqi savdoni kreditlash Angliya va Germaniyada keng tarqalgan. Oddiy
forfeyting bitimida
ishtirokchi tomonlar sotuvchi, solib oluvchi va bank-kreditor
bo’lishadi.
Forfeyting operatsiyalari rivojlanishi bilan “a forfe” bozori shakllandi. Birlamchi
bozorda forfetorlar veksel shaklidagi importyorlarga bo’lgan to’lov talabnomalarini sotib
olib eksportni kreditlaydilar. Ikkilamchi bozorda veksellarning
belgilangan muddati
davomida qayta-qayta hisobga olish amalga oshiriladi. Forfeytor komission foydasi
odatda 1-1,5%ni tashkil etadi. Forfeytor importyordan bank
kafolatini taqdim etishni
talab qiladi, yoki o’zi qo’shimcha to’lov evaziga riskni zimmasiga olishi mumkin.
Forfeytorlar qariyb barcha turdagi valyuta risklaridan eskportyorni himoyalaydi.
Dostları ilə paylaş: