73
Forfeyting
(inglizcha “forfeiting”, frantsuzcha “a forfait” degan so’zlardan
olingan bo’lib, butunlay, to’laligicha, umumiy, yalpi summa degan ma’nolarni anglatadi)
bir martalik to’liq to’lov evaziga to’lovchiga ma’lum bir huquqlar taqdim etilishini
bildirib, forfet kompaniya yoki bank tomonidan veksellarni hamda boshqa qarz
majburiyatlarini to’liq muddatga, oldindan belgilangan shartlar asosida sotib olinishi
hisoblanadi. Forfeyting xalqaro savdo va xizmatlar ko’rsatish sohasida mahsulotlar va
xizmatlar bo’yicha kelajakda olinishi lozim bo’lgan tushumlar o’rniga mablag’larni o’sha
kunning o’zida olish imkoniyatini yaratganligi uchun ham keng qo’llaniladi.
Eksport forfeytingi bu chet ellik importyordan eksportyorning to’lov
talabnomalarini forfeytor tomonidan sotib olish shaklidagi kredit hisoblanadi. Forfeytor
o’zi to’langan summani o’rnini qoplash uchun eksportyordan importyor jo’natgan to’lov
qimmatli qog’ozini regress (muomala) huquqisiz to’liq muddatga sotib oladi. “Regress
huquqisiz” tushunchasi barcha risklar va javobgarlik qarzdor zimmasiga olinishini
bildiradi.
Forfeyting qimmatli qog’ozlarining asosiy turlari oddiy va o’tkazma veksellar
hisoblanadi. Ular bilan operatsiyalar oson va sodda amalga oshiriladi. Veksellardan
tashqari forfeyting ob’ekti bo’lib akkreditiv shaklidagi majburiyatlar olinishi mumkin.
Akkreditiv xisob-kitob va pulli xujjat hisoblanadi. Bir bankning (kredit tashkilotining)
boshqasiga transportga yuklab jo’natilgan mahsulot hujjatlari asosida maxsus hisobda
saqlanayotgan mablag’larni o’tkazish yoki akkreditivni taqdim etuvchiga ma’lum bir
summani to’lash to’g’risidagi topshiriig’ini o’zida namoyon etadi. Hujjatli akkreditiv
chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan bo’lishi mumkin. Chaqirib olinmaydigan
akkreditivda uning barcha shartlarga rioya etgan holda tijorat hujjatlarini bank-emitentga
taqdim etilganda to’lovlarni amalga oshirish belgilangan.
Eksportni kreditlash shakli sifatida
Dostları ilə paylaş: