84
mahsulotlari hisobiga so‘ndirilishini ta’minlaydi. Kompensatsion bitimlarni o‘ziga xos
xususiyatlari ularning keng qo‘lamli, uzoq muddatli ekanligi hamda eksport-import
bitimlarini o‘zaro bog‘liqligi bilan ajralib turadi. Kompensatsion bitimlar bo‘yicha
kreditlar va importyor sotib olinadigan mashina va asbob-uskunalar uchun to‘lov hamda
tegishli xarajatlarni qoplash uchun tovarlarni qayta eksport qilishdan tushum hisobiga
o‘zaro bog‘liq bo‘lishadi. Kompensatsion bitimlarni amalga oshirishda odatda
firma(tijorat) kreditlariga nisbatan uzoq muddatli konsortsial yoki sindikat kreditlar keng
ko‘llaniladi. Bunday kreditlarni bank konsortsiumlari yoki sindikatlari taqdim etadilar.
Amaliyotda mazkur holatning yuzaga kelishiga asosiy sabab birinchidan, milliy
qonunchiliklarda banklar uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan kredit limitini o‘rnatilishi
bo‘lsa, ikkinchidan banklar kreditlarni taqdim etishda risk darajasini cheklashga harakat
qilishi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: