87
-
loyiha kreditini ta’minlash (loyiha kompaniyasining aktivi, garov va kafolati).
Loyihalarni moliyalashtirishni tashkil etuvchi bank investitsion tsiklning o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan quyidagi oltita bosqichini ajratib ko‘rsatadi:
1.
qo‘yilmalar ob’ektini izlash;
2.
loyiha riski va rentabelligini baholash;
3.
kreditlash tizimini ishlab chiqish;
4.
loyihani moliyalashtirish ishtirokchilari bilan shartnomalarni tuzish;
5.
kreditlarni to‘liq so‘ndirilguncha ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy
dasturlarni bajarilishi ustidan nazorat;
6.
loyihaning moliyaviy natijalarini baholash va ularni mo‘ljallangan
ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash.
Yirik banklarning “Loyihalarni moliyalashtirish” bo‘limi
xodimlari tarkibiga
muhandislar ham faoliyat yuritadi. Loyihaning texnik-iqtisodiy ta’minotini baholash va
uni amalga oshirish variantlarini hisob-kitob qilish uchun bank mijozlardan komissiya
tarkibiga mustaqil ekspertlarni jalb etadi.
Loyihalarni moliyalashtirish tamoyillari.
Jahon amaliyotida loyihalarni
moliyalashtirish bo‘yicha umumiy tan olingan asosiy tamoyillar sifatida quyidagilarni
qayd etish mumkin:
Birinchidan,
odatda uch xil variant bo‘yicha qiyosiy tahlil amalga oshiriladi: loyiha
ta’minotchisi, bankning
pessimistik stsenariyi, mustaqil ekspertlar tomonidan
tayyorlangan asosiy variant.
Ikkinchidan,
kredit odatda tasdiqlangan loyihani amalga oshirish uchun loyiha
kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi. Shuningdek, loyiha kompaniyasining balansida
olingan kredit aks ettiriladi.
Uchinchidan,
loyihalarni moliyalashtirishda bank dastlabki e’tiborini risklarni
baholash, xarajatlarni (smetani) qisqartirish, kreditlash manbalari, loyihaning moliyaviy
va iqtisodiy samaradorligini aniqlash maqsadida investitsion
loyihani tahlil qilishga
qaratadi.
To‘rtinchidan,
umum tan olingan tamoyillardan biri mijozning ma’suliyati
cheklanganligi hisoblanadi. Bu tamoyilning mohiyati shundaki, bank faqat joriy loyihani
88
amalga oshirishdan olingan daromadlar hisobiga kreditni qoplashni talab qilishi mumkin.
Ishlab chiqarish ma’lum loyihaviy quvvatga (odatda 75%ga) etganligi tasdiqlangandan
va mijoz bilan bankning kredit shartnomasida ko‘rsatilgan texnik sinovdan o‘tgandan
so‘ng ushbu tamoyil kuchga kiradi. Qarzdor (kontsessioner-kompaniya) bankka real
qiymatga ega bo‘lgan o‘z mulkining barchasini, ya’ni bino, asbob-uskunalar, bankdagi
hisovarog‘i, filiallarning aktsiyalarini (ushbu kontsessiya
5
predmeti hisoblanganlar
bundan mustasno) garovga beradi. Odatda “almashtirish huquqi”
kreditor tomonidan
qarzdorni to‘lovga noqobil deb e’lon qilinganda kuchga kiradi.
Beshinchidan,
kreditni so‘ndirishni qo‘shimcha ta’minoti bo‘lib, loyihaning
quyidagi garov ta’minotchilari hisoblanishi mumkin.
-
to‘lov kafolati – kafolatli holat yuzaga kelganda bankka ma’lum bir summani
muqarrar o‘tkazilishi bo‘yicha majburiyat;
-
loyihani tugatish kafolati loyihani amalga oshirishni rad etmagan holda
homiy(ta’minotchi)lar majburiyatini ham o‘z
ichiga oladi;
-
loyihani amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi barcha firmalarning garov
ta’minotlari. Bank garov ta’minot shartlari to‘g‘risida homiy va firma o‘rtasidagi
shartnomani so‘rashi mumkin;
-
loyihani amalga oshiruvchi firma yoki homiy-ta’minotchining ma’lum bir
summadagi bank kreditorga qo‘ygan depoziti qo‘shimcha garov ta’minot bo‘lishi
mumkin.
Oltinchidan,
kreditlanadigan ob’ektdan foydalanilayotganda paydo bo‘lgan riskni
bank o‘z zimmasiga oladi. Kreditni to‘liq so‘ndirish muddatigacha bo‘lgan davrda tijorat
riskidan o‘zini sug‘urtalagan holda bank firmalarni iste’mol mahsulotlari bilan
shartnomalar tuzishini talab qiladi. Bank yuqori riskni yuqori marja orqali qoplaydi.
Ettinchidan,
loyihalarni
moliyalashtirish
bo‘yicha
moliyaviy
montaj
operatsiyalarida kredit liniyalarining mos qismlari (transhlari) doirasida
foiz stavkalar
bilan bir qatorda kreditlarni taqdim etishning turli shart-sharoitlari ko‘rib chiqiladi.
Loyihalarni amalga oshirishda xususiy va qarz mablag‘larining o‘zaro nisbati
5
Ер, кон, корхона ва бошқалардан фойдаланиш учун давлат билан айрим тадбиркор, ёки фирма ўртасида
тузиладиган шартнома. Концессионер – концессия эгаси, концессиячи.
89
tarmoqlarga bog‘liq ravishda turlicha (odatda 20:80, 30:70; mehmonxona biznesida 40:60
esa nisbatda) bo‘ladi. Qarzdorning mablag‘larini jalb etish muddat oxirida asosan qarz
mablag‘lar hisobiga amalga oshirgandan ko‘ra, loyihaga bog‘langan holda bo‘ladi
ayniqsa dastlabki bosqichda.
Sakkizinchidan,
kreditlash ob’ektini baholashda bank asosiy qarzga va kredit foiziga
kutilayotgan (xarajatlar hisobdan chiqarilgan) sof tushumlar nisbatini tahlil qiladi. Ushbu
ta’minlash koeffitsenti odatda 1,3 dan, ba’zan tarmoq xususiyati (masalan ximiya-neft
tarmog‘ida 2 dan) va risk darajasiga qarab 1,8 dan kam bo‘lmasligi lozim.
To‘qqizinchidan,
kreditni so‘ndirish bosqichma-bosqich,
ketma-ket amalga
oshiriladi. Uning grafigi loyihaning foydalanish davriga bog‘liq bo‘ladi.
Loyihalarni moliyalashtirishdagi risklarni pasaytirishning ananaviy usullaridan
(masalan, ularni sug‘urtalashdan) tashqari investitsion loyihani amalga oshiruvchi
ishtirokchilar orasida ularni qayta taqsimlash usuli foydalaniladi. Turli risklardan
ko‘rilgan zararlarning bir qismi yoki to‘liq summasi davlat
yoki davlat mulki ishtirok
etgan eksport kreditlarini sug‘urtalash bo‘yicha agentliklar, shuningdek Jahon banki
tarkibidagi Investitsiyalarni kafolatlovchi ko‘p tomonlama agentlik (IKKA) kabi xalqaro
tashkilotlar tomonidan qoplab berililishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: