J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


Loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha moliyaviy maslahat berish



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

Loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha moliyaviy maslahat berish
bank 
faoliyatining yangi shakliga aylandi. Maslahatchi banklar quyidagi xizmatlarni 
ko‘rsatishdi: 
-
investitsion loyihalarni baholash, tanlash va qidirish; 
-
loyihaning texnik-iqtisodiy hujjatlarini tayyorlash; 
-
loyihani moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish, bank, fond va boshqa institutlar 
bilan loyihalarni moliyalashtirishga ishtiroki yuzasidan dastlabki muzokaralarni olib 
borish; 
-
loyiha bo‘yicha hujjatlar paketini tayyorlash (tovar va xizmatlarni sotish 
bo‘yicha dastlabki kelishuv ham xisobga olinadi); 
-
konsortsium (sindikat)ni tuzish to‘g‘risidagi shartnoma, kredit shartnomasi va 
boshqalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga va ularni imzolatishga yordam berish; 
Loyihalarni moliyalashtirish amaliyoti mamlakatimizda rivojlanib bormoqda. 
O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishning alohida elementlari asosan xalqaro 
moliya institutlari va mintaqaviy banklar (XTTB, OTB, ITB va boshqalar) 
operatsiyalarida namoyon bo‘ladi. Loyihalarni moliyalashtirish faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi Respublikamizning yirik tijorat banklarida mazkur faoliyat bilan 
shug‘ullanuvchi bo‘lim va boshqarmalar tashkil etilgan, loyihalarni tahlil qilish bo‘yicha 


92 
mutaxassislarning malakalari doimiy ravishda oshirib boriladi, investitsion loyihalar 
portfeli, shu jumladan moliyaviy vositachi sifatida xalqaro moliyaviy institutlar 
operatsiyalariga ishtirok etgan holda shakllantirilgan. Banklar uzoq muddatli kreditlarni 
berishda dastlab o‘z e’tiborlarini yuqori likvidli garov ta’minotiga qaratishadi. 
Shuningdek, ular moliyalashtirishga taqdim etilayotgan loyihani ilg‘or xorij tajribalari 
orqali har tomonlama chuqur ekspertizadan o‘tkazadilar. 
 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin