J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

Qaytariluvchi lizing 

 “liz-bek”.
Tijorat nuqtai nazaridan lizingning bu shakli 
firma mablag‘larga kuchli ehtiyoj sezganda qo‘llaniladi. Uning asosiy xususiyati bo‘lib, 
firmaning moliyaviy holatini yaxshilashga samarali vosita sifatida namoyon bo‘lishidir. 
Bu operatsiyaning mazmuni shundan iboratki, asbob-uskunaning egasi, asbob-uskunani 
lizing kompaniyasiga sotadi, va so‘ngra, undan shu asbob-uskunani ijaraga oladi, ya’ni, 
asbob-uskunani sotgan shaxs lizing oluvchiga aylanadi. Bunday operatsiyalar asosan
muomalada oldin ham bo‘lgan asbob-uskunalarga nisbatan qo‘llanilishi qayd etiladi. 
7.
“Yaxlit” lizing.
Bu lizingning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo‘lib lizing 
oluvchi uchun lizing beruvchi tomonidan qo‘shimcha xizmatlarni taklif etilishi 


95 
hisoblanadi. Lizingning bu shakli qimmat. Chunki, lizing beruvchi asbob-uskunani 
etkazib berish bilan birga ta’mirlash, sug‘urtalash, ba’zi vaqtlarda ishlab chiqarishni 
boshqarish yoki yoqilg‘i bilan ta’minlash kabi ishlarni ham amalga oshiradi. Odatda, 
lizingni bu turi yangi asbob-uskunalarni, xususan, kompyuterlar, samolyotlar va boshqa 
murakkab mashina hamda mexanizmlarga nisbatan qo‘llaniladi. 
8.
To‘la xizmatli lizing. 
Bu lizing “yaxlit” lizingga o‘xshab ketadi, biroq, 
shartnomada bir qancha qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishi ko‘rib chiqiladi. Masalan, 
lizing beruvchi asbob-uskunani sotib olish masalalarini o‘rganadi. Bu asbob-uskunani 
ishlatish uchun zarur bo‘lgan xom-ashyo materiallari bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga, 
asbob-uskunadan foydalanish uchun malakali mutaxassislar yollab beradi va boshqa bir 
qator xizmatlar ko‘rsatadi. 
9.
Asbob-uskunani qoldiq qiymati lizingi.
Lizingning bu shakli oldindan 
foydalanilgan asbob-uskunalarni ijarasi bilan bog‘liq va u dilerlar (savdo agentlari) 
tomonidan keng foydalaniladi. Lizingning mazkur turi, odatda, 1 yildan 3-4 yilgacha 
bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi. 
10.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin