J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

Mol etkazib beruvchiga lizing.
Bu ijara shakli “liz-bek” lizingi shakliga 
o‘xshaydi. Asbob-uskunani etkazib beruvchi ikki yoqlama vazifani bajaradi. Ya’ni, u 
asbob-uskunadan foydalanuvchi bo‘lmasa ham, asbob-uskunani sotuvchisi va ijaraga 
oluvchisi bo‘lib hisoblanadi. Ijaraga oluvchi, albatta, sub ijarachini topishi va asbob-
uskunani sub ijaraga topshirishi kerakdir. Buning uchun, ijaraga beruvchining roziligi 
shart bo‘lmasada, asbob-uskunani sub ijaraga topshirish shart bo‘lib hisoblanadi. 
11.
Qayta tiklanuvchi lizing.
Lizing operatsiyasining bu shaklida lizingga berilgan 
asbob-uskuna vaqti-vaqti bilan yangi takomillashgan asbob-uskunaga almashtirib 
turilishi lozim. Bu model asosan, EHMlar lizingida keng tarqalgandir. Chunki undagi 
investitsion jarayon (bozorda yangi, takomillashgan turlarining ko‘payish davri, vaqti, 
muddati) juda qisqa sanaladi.
12.
Vendor lizing
(tayyorlovchilar yoki ishlab-chiqaruvchilar kooperatsiyasi). Bu 
erda lizing kompaniyasi bo‘lib, bank yoki lizing kompaniyasi bilan birga asbob-uskunani 
ishlab chiqargan firma ham qatnashishi mumkin. Bu model, qoida bo‘yicha, bozorda juda 
qimmat bahodagi asbob-uskunani olib chiqishda foydalaniladi. Bunda ishlab chiqaruvchi 


96 
(tayyorlovchilar) o‘zlariga mijozni qidirish va lizing ob’ektiga xizmat ko‘rsatish 
majburiyatini oladilar, lizing kompaniyasi esa, loyihani ishlab-chiqish, ma’muriy 
masalalarni hal qilish, maslahat berish xizmatlari kabi operatsiyalarni amalga oshiradi. 
13.
Ijaraga berilayotgan ob’ektning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib - 
harakatlanadigan
 
mulk lizingi va 
harakatlanmaydigan
(ko‘chmas mulk)
mulk 
(ma’muriy bino-inshootlar, omborxonalar, supermarketlar, garajlar va boshqalar) lizingi 
farqlanadi. 
Lizingning muddatini birlamchi va ikkilamchi davrlarga ajratishadi. Lizingning 
birlamchi davri deyilganda, lizing oluvchi lizing kompaniyasiga ob’ektning to‘la 
amortizatsiya ajratmalari hamda ajratilgan foizlarni to‘liq amalga oshirmagan bo‘ladi. 
Ikkilamchi davrda, lizing oluvchi lizing firmasiga to‘lovni to‘liq amalga oshiradi. Biroq, 
lizing firmasi lizing ob’ektiga egalik qilish huquqini bermagan bo‘ladi. Lizing oluvchi 
asbob-uskunani an’anaviy stavka bilan foiz to‘lagan holatda foydalanishda davom etadi. 
Nazariy jihatdan, lizingning ikkilamchi davri vaqt bo‘yicha cheklovlarga ega emas, biroq, 
uning muddati asbob-uskunaning haqiqiy xizmat muddati bilan chegaralangandir. Asbob-
uskunaga e’tibor qaratish va buzilganda o‘z vaqtida qayta ta’mirlash kabi masalalar, 
ikkilamchi davrni noma’lum muddatga uzayishiga olib kelishi mumkin. 
Xalqaro lizing operatsiyalarini amalga oshirishda vujudga keladigan risklarni 
baholashda odatda quyidagi omillarni e’tiborga olish taqozo etiladi: 
-
lizing oluvchi kompaniyaning moliyaviy holati va tijorat doirasidagi mavqei; 
-
shartnoma bahosining ikkilamchi bozordagi o‘zgarishi; 
-
lizing oluvchi firma tomonidan lizing ob’ektini ishlatilish shart-sharoitlari; 
-
lizing oluvchi kompaniya mamlakatdagi moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy holatlar 
(yani, milliylashtirish riski, chet elga valyuta mablag‘larini o‘tkazishdagi mavjud 
cheklovlar, garov huquqini amalga oshirishda vujudga keladigan qiyinchiliklar riski va 
boshqalar).
Xalqaro lizing xizmatlarining jahon bozori - ikkinchi jahon urushidan keyin 
quyidagi omillar hisobiga shakllandi va rivojlandi: 
-
likvid mablag‘lar hajmining to‘liq etishmasligi; 
-
investitsiyani optimallashtirishni talab qiluvchi raqobatning kuchayishi; 


97 
-
ishlab chiqarish kengaytirilishi uchun korxonalarda etarli mablag‘lar ajratilishida, 
uning foydasini chegaralanganligi; 
-
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, xususan, investitsiyani o‘sishiga shart-sharoit 
yaratish uchun hukumat va moliyaviy organlarning lizing operatsiyalari rivojlanishiga 
ko‘maklashishi. 
Hozirda, jahon bozorida xalqaro lizing operatsiyalariga talab juda katta. Chunki, 
lizing bitimida ishtirok etayotgan hamma tomonlar o‘zi uchun ustunlikka, yoki yanada 
to‘g‘rirog‘i, afzalliklarga ega. 
Xalqaro lizing operatsiyalari mamlakat to‘lov balansiga ta’sir ko‘rsatadi. Xorijiy 
lizing kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan ijara to‘lovlari mamlakatning 
valyuta xarajatlarini ko‘paytirsa, ularning tushumi esa to‘lov balansiga ijoriy ta’sir 
ko‘rsatadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda lizing shartnomasi tugagandan so‘ng 
ob’ektga (mulkka) egalik qilish import operatsiyasi hisoblanadi. Shuning uchun, xalqaro 
lizing operatsiyalari davlat orqali tartibga solinadi. Davlatlarning qo‘llab-quvvatlashiga 
qaramasdan, jahon bozoridagi kuchli raqobat, milliy qonunchiliklarning, hisob-kitob 
usullarining va soliqqa tortish tartiblarining o‘zaro mos kelmasligi hisobiga xalqaro lizing 
o‘z taraqqiyot yo‘lida qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin