91
muddati tugagan qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish uchun topshiradilar. Sekyuritizatsiyani
amalga oshirish bo‘yicha nazoratni trast-kompaniya yuritadi.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun qimmatli qog‘ozlar
emissiyasi orqali
sanoat korxonalariga mablag‘larni jalb etishda
investitsion banklar
asosiy rol o‘ynaydi.
Investitsion bank emitent kompaniya rahbariyati bilan birgalikda jalb etilishi lozim
bo‘lgan mablag‘lar
summasini, qimmatli qog‘oz turini va emissiya tartibini,
ularni
joylashtirish muddati va usullarini aniqlaydi. Emitent kompaniya va investitsion bank
o‘zaro anderrayting shartnomasi (underwriting agreement)ni tuzadi.
Natijada,
investitsion bank emitentdan qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi va bozordagi diler yoki
qimmatli qog‘ozlarni joylashtiruvchi agent sifatida ularni investorlarga sotadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda loyihalarni moliyalashtirish
odatda davlat bilan
tuziladigan kontsessiya shartnomalariga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: