79
Evrokredit bozoridagi foiz stavkalarni turli davlatlarning foiz stavkalariga nisbatan
erkin shakllanishi evrobozorga xos xususiyatlardan hisoblanadi. Xalqaro foiz stavkalar
odatda kredit liniyasi bo’yicha kreditlash limiti ochilayotganda olinadi. Evrovalyuta
bozorida kredit foiz stavkalari asosan LIBOR (LIBOR - qisqa muddatli (odatda 6 oylik)
evrovalyutalar (asosan AQSh dollari) bo’yicha London banklararo mablag’lar
taklifi
stavkasi)ga o’zgarmas kattalikdagi foiz stavkasi (spred (spread) - bank xizmatlari uchun
ustama)ni qo’shish orqali aniqlanadi. Evrokreditlar bo’yicha spred darajasi odatda
¾%dan 3%gacha bo’lib, uning miqdori kreditga bo’lgan talab va taklifning o’zaro
nisbatiga, kredit muddatiga, mijozning kredit bo’yicha to’lovga qobilligiga, kredit riskiga
bog’liq. Umuman olganda, evrokreditlar bo’yicha foiz stavka bazaviy (asosiy (LIBOR))
stavkaga spredni ko’shish orqali aniqlanadi.
Evrobozordagi depozitlarning foiz stavkasi London banklariaro qisqa muddatli
depozitlarning foiz stavkasi LIBID (LIBID) orqali aniqlanadi.
Evrobozordagi foiz stavkalari milliy bozorlardagi
foiz stavkalariga nisbatan
mustaqil bo’lishlariga qaramasdan, ular bilan o’zaro bir-biriga bog’liq holda shakllanadi.
Shuningdek, xalqaro foiz stavkalari ham milliy foiz stavkalariga o’z ta’sirini ko’rsatishi
mumkin, ya’ni ular o’zaro bir biriga aks ta’sirga ega. Jahon ssuda kapitallari bozoridagi
foiz stavkalar milliy foiz stavkalarni o’zaro bir-biri bilan muvofiqligini ta’minlashga
xizmat qiladi, ya’ni xalqaro foiz stavkalarining tebranish doirasi bo’yicha milliy foiz
stavkalari ham o’zgarib boradi. Evrobozordagi foiz stavkalar muddati,
valyuta turi va
boshqa jihatlar bo’yicha diversifikatsiyalashgan. 1960 yillardan boshlab jahon bozorida
kredit va depozitlar bahosini aniqlashda bozor kon’yunkturasiga mos ravishda
o’zgaruvchi suzuvchi foiz stavkalar asosiy rol o’ynamoqda.
Dostları ilə paylaş: