KESIM ERGASH GAPLI QOSHMA GAP
reja:
1. Kesim ergash gapning ta'rifi.
2. Kesim ergash gapli qoshma gaplarda nisbiy olmoshlarning
qollanilishi.
3. Kesim ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vositalar va gap
komponentlarining orinlashish tartibi.
4. Kesim ergash gapli qoshma gapga doir tahlil namunasi.
Bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesimning mazmunini izoh-lab, aniqlab keluvchi ergash gaplar kesim ergash gap deyiladi: Maqsadim shuki, jahonda tinchlik bolsin gapida bosh komponentnnig kesimi olmosh bilan ifodalanganligidan, mavhum xarakterga ega. Mana shu jihatni kesim mazmunini aniqlashtirish uchun boshqa bir aniqlovchi komponent (jahonda tinchlik bolsin) keltiriladi, bu komponent orqali bosh gapning kesimi aniqlashadi: Maqsadim: jahonda tinchlik bolishi.
Kesim ergash gapli qoshma gaplarda bosh gap tarkibida kesim vazifasida shuki, shu yerdaki, shundaki, shundan iboratki, shu boldiki, shu ediki, shumidiki, kimsanki, nimasanki kabi sozlar qollaniladi va bularning mazmuni ergash gap tomonidan aniqlanadi. Bularga doir misollar keltiramiz:
1) shuki: Konglingiz uchun bitta qoshigimni aytib beraman, ammo shartim shuki, Umarali aka, kulmaysiz. (O.)
2) shu yerdaki, shundaki: Muvaffaqiyatlarimizning boisi shu yer-daki, biz agrotexnika qoidapariga tola rioya qilamiz. (gazeta). Fanning kuchi shundaki, inson kosmosda yashashni organmoqda. (gazeta).
3) shundan iboratki: Masalaning mohiyati shundan iboratki, bu qurilishlarni loyhalash va boshqarish tajribasida katta xato va yetishmovchiliklar oshkor bolayapti. (Asq.M.)
4) shumidiki: Sizdan umidimiz shumidiki, dostlarning yuziga tik boqadigan, dagal muomala qiladigan qiliqlar chiqaribsiz. ("Guliston")
5) shunda ediki, shu boldiki: Gofur Gulomning usta san'atkor-ligi shunda ediki, u hayotni chuqur bilar, uni ustalik bilan she'rga kochirardi/ ("Guliston".) Majlisni olib borishdagi hurmatsizlik shu boldiki, rais kun tartibini e'lon qilmasdan sozga tushib ketdi. (A.Q.)
6) kimsanki, kim bolibsanki: Sen kimsanki, ovozingga hamma uygonsa. ("Mushtum") Kim bolibsanki, dagdagang olamga sigmay-di. ("Mushtum")
7) nimaiki, nima ekanki: U nimaki, sen unga bunchalik sehrlanib qolibsan, qizim. ("Guliston"). U nima ekanki, seni kuldirar ekan-u, meni yiglatar ekan. (A.Q.)
Bosh gapining kesimi yuqoridagi shakllar bilan ifodalangan ergash gapli qoshma gaplar mazmun jihatidan ma'lum farqlarga ega, albatta.
Kesim ergash gap, asosan -ki boglovchisi bilan bosh gapga birikadi. -ki bosh gap tarkibida, bosh gap birinchi orinda, ergash gap ikkinchi orinda keladi: Umid shulkim, tole yor bolsin. (G.G.)
Tahlil namunasi: Bu kitobni tushunishning birinchi sharti shuki, togri va diqqat bilan uqiy bilishdir ("K.D."):
1) ikkita gapdan tuzilgan.
2) birinchi gap bosh gap, ikkinchisi ergash gap.
3) ikkinchi gap bosh gapdagi shu olmoshi bilan ifodalangan kesimni izohlagan kesim ergash gap.
4) ega ergash gap bosh gapga -ki boglovchisi bilan birikkan bolib, bosh gap birinchi orinda, ergash gap ikkinchi orinda, boglovchi bosh gap tarkibida.
5) chizmasi: -ki,
Dostları ilə paylaş: |