Hech bir: Hech bir qishloq yoqki, unda klub, maktab bolmasin (gazeta). Hech bir ona yoqki, farzandiga ichi achimasin. Bosh gap tarkibida qollanadigan shunday, ba'zi bir, ba'zi, bir xil, ayrim bir kabi sozlar kop xollarda bir-biriga sinonim bolib ham qollaniladi: Shunday (bir xil, ayrim, ba'zi) olimlar ham bolganki, ular ijodda hech qachon tuxtab qolmaganlar ("Guliston").
Bosh gap ikkinchi orinda kelganda, ergash gap tarkibida kim, kimki, kimning, bosh gap tarkibida uning, unday nisbiy sozlari qollaniladi va bosh gap tarkibidagi olmoshlar ergash gap tomonidan aniqlashtiriladi. Kim egri bolsa, uning taqdiri fojiali boladi. Kimki olimlardan hayo qilmasa, ularni hurmat etmasa, ularning afzalliklarini e'tirof etmasa, ularni haqoratlardan qutqarmasa, unday odamning aqli zoye ketadi va hayoti barbod boladi ("K.D."). Kimning sozi togri bolsa, uning xalq oldida e'tibori yuqori boladi (maqol).
Ergash gap ba'zan bosh gapdagi shu, u, osha, uning, oshaning sozlari bilan ifodalangan aniqlovchining ma'nosini ham aniqlaydi. Bunda ergash gap tarkibida qaysi, qarday, qay kabi nisbiy olmoshlar qatnashadi: Qaysi kitob sizga yoqsa, osha kitobni xarid qilamiz. Siz qaysi fakultetni lozim kursangiz, men shu (osha) fakultetga xujjat topshirishga roziman. Ba'zan ma'lum qonuniyat, masalan, til iqtisod tamoili asosida, bosh gapdagi izohlanishi kerak bolgan aniqlovchi qollanmasligi (ellipsiyaga uchrashi) mumkin. Ergash gap mana shu qollanmagan bolakni izohlaydi. Umrlar boladiki, tirigida olikdir, Odamlar boladiki, oligi-da tirikdir (Shayxzoda).
Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, undan hayvon yaxshidir (N.)
Aniqdovchi ergash gap bosh gapga quyidagi vositalar bilan birikadi:
1. -ki: Shunday odam haqida xabar keltirdimki, uning har bir sozi bebaho gavhardir (O.). Dostlik shunday kuchki, u hamisha golib. ("K.D.")
2. -sa: Kimning kongli togri bolsa, uning yoli ham togri boladi. (maqol)
Ergash gap -ki yordamida bosh gap bilan biriksa, bosh gap birinchi, ergash gap ikkinchi orinda keladi va boglovchi bosh gap tarkibida boladi. Agar ergash gap -sa elementi bilan bosh gapga biriksa, ergash gap birinchi, bosh gap ikkinchi orinda keladi, boglovchi ergash gapning kesimi tarkibida boladi.
Tahlil namunasi: Bu shunday ajib diyorki, uning zor kozgusi oydir. 1) ikkita gapdan tuzilgan,
2) birinchisi bosh, ikkinchisi ergash gap,
3) ikkinchi komponentdagi aniqlovchini (shunday olmoshini) izoh-lagan aniqlovchi ergash gap,
4) komponentlar -ki boglovchisi orqali birikkan; bosh gap birinchi, ergash gap ikkinchi orinda, boglovchi bosh gap tarkibida,