Sari, sayin komakchilari bilan birikkan qoshma gaplarda ergash gap birinchi (boglovchilar shu gap tarkibida), bosh gap ikkinchi orinda keladi.
Tahlil namunasi: Tarbiya ne choglik togri va yaxshi bolsa, xulq va odobimiz shunchalik gozal bolgusi (O.):
1) ikki gapdan tuzilgan,
2) birinchi komponent olchov-daraja ergash gap, ikkinchisi bosh
gap,
3) ergash gap tarkibida nechoglik, bosh gap tarkibida shunchalik
miqdor anglatuvchi nisbiy sozlar qollanilgan,
4) ergash gap -sa elementi bilan bosh gapga birikkan, -sa ergash gap
tarkibida,
5) chizmasi: -sa,
CHOGISHTIRISH-OXSHATISH GAPLI QOSHMA GAP
reja:
1. Chogishtirish-oxshatish ergash gapli qoshma gaplarning
ta'rifi.
2. Chogishtirish-oxshatish ergash gapli qoshma gaplarda nisbiy
sozlar.
3. Chogishtirish-oxshatish ergash gaplarni bosh gapga
biriktiruvchi vositalar.
4. Chogishtirish va oxshatish ergash gapli qoshma gaplarga doir
tahlil namunasi.
Chogishtirish va oxshatish ergash gapning mazmuni bosh gapning mazmuniga taqqoslanadi, qiyos qilinadi. Ergash gap bosh gapdagi harakat, holat yoki, umuman, oxshash belgilarni izohlab, aniqlaydi. Misollar: Boya xotini qandiy tajang bolib kelgan bolsa, endi Joraboy undan battar diqqat boldi (S.Ahm.). Quyosh havoni isitsa, dostlik qalbni isitadi (maqol).
Chogishtirish va oxshatish ergash gapli qoshma gaplarning fe'l-ning shart mayli shakli orqali boglangan turlarida nisbiy olmoshlar qollaniladi. Bunda ergash gap tarkibida qanday, qanday qilib, bosh gap tarkibida esa shunday, oshanday, shunday qilib, oshanday qilib nisbiy sozlari qollaniladi va bu nisbiy sozlar qoshma gap kompo-nentlarining birmuncha zich boglanganligini korsatadi: Ular ortasida muhabbat qanday alangalangan bolsa, mojarosi ham oshanday boldi ("S.").
Chogishtirish va oxshatish ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar orqali birikadi:
1. -sa: Uning kongli qanday toza bolsa, ishi ham shunday toza. Siz diniy ta'limotga qanday ishonsangiz, men ilmiy ta'limotga shunday ishonaman ("F.T".).
2. -guncha: Togday taxt bolguncha, tirnoqday baxt bolsin (O.). Yigitning sazasi singuncha, hokizning buyni sinsin (maqol).
3. kora: Tiz chukib yashagandan kora tik turib olmoq afzaldir. (maqol). Birovning yurtida podsho bolgandan kora, oz yurtingda gado bolganing yaxshi (maqol).
4. -day,-dek: Erkalanib yotadi u vatan tuprogida, Yosh bola yotga-nidek onaning quchogida (H.O.). Har bir tunning bir kunduzi bolga-nidek, hayotingizning ham kunduzi kelur (O.).
5. kabi, singari: Kuyoshning jamoli yer yuzini yoritganligi va hayotga abadiy umr bagishlagani kabi, ilm ham qalblarni nur bilan yoritadi ("K.D".). Zargarov isitma hurujidan uyqusiz qiynalgani singari, sahro ham momaqaldiroq silsilalaridan tolganar edi (Asq.M.).
6. -ki boglovchisi va xuddi, guyo yordamchilari orqali. Bu forma-lar bilan birikkan qoshma gaplarning bosh gapi tarkibida shunday, shu qadar, shunchalik kabi sozlar ishtirok etgan boladi va ergash gap shu sozlarning ma'nosini aniqlashtiradi. Bunda bosh gapning fe'l kesimi, kopincha, -gan+day (-gan+dek) boldi (edi) shakllarida boladi: Kun shunday charaqlagan, osmon shunday tiniq ediki, unga astoydil tikilgan odam yaqin orada gurkirab turgan bahorni butun gozalligi bilan korganday bolar, bu kunni hech qanday musibat xira qilolmaydiganday edi (Asq.M.). Oppoq nozik yuzi quyoshda shu qadar tiniq korindiki, guyo u nurdan yaratilganday (O.).
Bosh gapi tarkibida shunday, shu qadar, shunchalik sozlari qollangan oxshatish ergash gapli qoshma gaplar natija ergash gapli qoshma gapga oxshab ketadi. Biroq bundagi nisbiy sozlar oxshatish ma'nosini kuchaytirish, ta'kidlab korsatish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, tarkibida goyo, goyoki, xuddi oxshatish yuklamalari bolgan, kesimi -day, -dek oxshatish shakllari bilan ifodalangan gapning oxshatish ergash gapli qoshma gap ekanligi sezilib turadi.
Shu narsaga e'tibor berish kerakki, -ki, va -day (-dek), kabi, singari vositalari bilan birikkan oxshatish ergash gapli qoshma gaplarda xuddi, guyo oxshatish shakllarining qollanilishida farq bor.
Dostları ilə paylaş: |