RAVISH ERGASH GAPLI QOSHMA GAP
reja:
1. Ravish ergash gapli qoshma gapning ta'rifi.
2. Ravish ergash gapni bosh gapga tutashtiruvchi vositalar va
komponentlarning orinlashish tartibi.
3. Ravish ergash gapning ravishdosh oborotidan farqi.
4. Ravish ergash gapli qoshma gaplarga doir tahlil namunasi.
Bosh gapdagi ish-harakatning yoki voqelikning qay tarzda qanday vaziyatda yuz berishini anglatadigan ergash gap ravish ergash gap deyiladi. Masalan, Umaralining rangi oqarib, a'zoyi badani yonib, borligini chaqmoq yoqib otganday boldi (O.) gapida ravish ergash gaplar (Umaralining rangi oqarib, a'zoyi badani yonib) bosh gapdagi (keyingi gap) voqelikning qanday holatda, vaziyatda, yuz berganligini anglatgan.
Ravish ergash gap bosh gapga ravishdoshning quyidagi shakllari bilan tutashadi:
1 -b (-ib): Qorni ochib, kuchi qochib, keladi bori (ertak).
2 -may: Tomogingdan otmay bir qultum ham suv, saharlarda nola qilasan (U.).
3 -mas+dan: Nasimiyning biror ishi ongidan kelmasdan, biror maqsadi yuzaga chiqmasdan, umri bekorga otib ketdi (Asq. M.).
4 -gudek: Onaxon ikki tirsagini keng yoyib stolning chetini barmoqlari bilan bosgudek mahkam ushladi (Asq. M.).
5 -ganicha: Ma'ruzasi ozi oylab qoyganicha, u qadar silliq va qulay chiqmadi (O.).
6. holda: Umidlar bilan koksi qabargan holda, u lablarida bir qoshiqni shivirlab, xujayinnikiga ketdi (O.).
7. deb yordamchisi bilan: Kokraklari yerga tegay-tegay deb, qanotlarini qoqardilar (O.). Chol unga qarayman deb qolidagi choynakni tushirib yubordi (A.Q.).
Ravish ergash gap, kopincha, bosh gapdan oldin keladi, boglov-chilar ravish ergash gap tarkibida boladi. Bosh gap ravish ergash gapning kesimi orqali aloqaga kirishadi. Ba'zan turli xil sabablar natijasida bosh gapdan keyin yoki uning ortasida ham keladi: Oyimlar otirar kokilin osib, Mushki anbar hidi har yoqni bosib (F.). Sultona rangi oqarib, kasalxona kravatida yotar edi. Saida, bir laxza nafasi ichiga tushib, noqulay ahvolda qoldi (A.Q.).
Ravishdosh oborot grammatik shakllanishi ohangdagi nisbiy musta-qilligi jihatidan ravish ergash gaplarga oxshaydi. Biroq ravishdosh oborot ozining mustaqil ega va kesimiga ega emasligi, ya'ni predikativ qoshilma emasligi bilan ravish ergash gapdan farqlanib turadi. Masalan, Saida, konglidagi bir gashlik ikki bolib, Qalandarov bilan munosabati va tajribasizligi tufayli ne-ne kongilsiz oy-xayollarga borib, kolxozga jonadi (A.Q.) gapida: 1) konglidagi bir gashlik ikki bolib, 2) ne-ne kongilsiz xayollarga borib qoshilmalari tashqi yogidan farqsizday korinsa ham, ularning birinchisi ravish ergash gap (bir gashlik ega, ikki bolib kesim), ikkinchisi ravishdosh oborotdir. Yoki Samandarov bu gal yuzi oqarib, labi titrab, nafasi ichiga tushib, tashqariga chiqib ketdi (Asq.M.) gapi u bir qoli bilan kozoynagini kotarib, dukni kozlariga yaqin tutib, boshdan-oxir sinchiklab, qarab chiqdi (O.) gapiga oxshaydi. Holbuki, birinchi qurilma tortta sodda gapdan iborat bolib, shulardan uchtasi ravish ergash gap; ikkinchi qurilma bitta sodda gapdan iborat bolib, unda uchta ravishdosh oborot mavjud.
Tahlil namunasi: Butaboy aka, nimadandir ta'bi ochilib, nimadandir kongliga gashlik tushib, chiqib ketdi (A.Q.).
1) uchta sodda gapdan tuzilgan.
2) birinchi va ikkinchi gaplar ravish ergash gap bolib, bosh gapning ortasida kelgan.
3) kesimlari -ib formali ravishdosh bilan shakllanib, bosh gapga boglangan.
4) chizmasi: -ib, -ib,
Dostları ilə paylaş: |