-ganda, gan+vaqtda (paytda, chogda...) shakllari bilan birikkan ergash gaplarda komponentlardagi voqelik bir vaqtda yuz beradi.
3. -gan+zamon (on, hamon, zahoti...) shakllari bilan birikkan payt ergash gaplarda komponentlardagi voqelik tez almashganligi anglashi-ladi: Jang tugab, oltin zafar bizlarga gul tutgan zamon, Kush bolib oldingga uchmay intizor etsam, ulay (U.). "Qahramon" jamoa xojaligining chegarasi koringan zamon, qizning yuragi orziqib ketdi (O.). Kocha eshik bosagasida Otash-dukchi paydo bolgan on, qizlar uning avzoyi buzuqligini payqab, darrov uy-uylariga tarqalishdi (O.).
Misollardan anglashiladiki, -gan+zamonda, -gan+zamonshakllari bir xil sinonimik hodisalar emas.
4. -gan+dan keyin (song). Bu shakllar orqali birikkan payt ergash gapli qoshma gaplarda ergash gapdagi voqelik bosh gapdagi voqelikdan oldin yuzaga kelgan boladi: Rahmonqulov stol yoniga otirgandan keyin, Xumoxon pochta olib kirdi (Asq.M.). Turgun ozini tamoman toxtatib olgandan song, Mastonoy gap boshladi (O.).
5. -gandan beri (buyon, boshlab)shakllari orqali bosh gapga birikkan ergash gaplar harakatning boshlanish paytini, qachondan beri davom etayotganini anglatadi: Toshpolatov rahbar bolgandan buyon, jamoada kop ozgarishlar boldi (R.F.). Tong yorishgandan beri, odamlar kanal tomon yuradilar (H.O.). Seni, Omon, korgandan beri, kozlarimga uyqu kelmaydi (H.O.).
6. -guncha, -gun (-gan)+ga dovur (qadar)shakllari bilan bosh gapga birikkan ergash gapli qoshma gaplarda bosh gapdagi harakat ergash gapdagi harakat boshlanishidan oldin yuzaga kelganligi ifodala-nadi: Vadakachka bitgunga qadar, ariq tayyor boldi (A.Q.). Rahbar idorasiga chaqirgunga dovur, ular kop narsani gaplashib olishdi (S.). Mazmun hamda shakl jihatidan gozal kitob yozilguniga qadar, ular shu zaylda ishladilar ("K.D".).
7. -gan edi, -gan ediki, -gan ham ediki, -ganicha yoq ediki, -ganicha ham yoqshakllari bilan bosh gapga birikadigan ergash gapli qoshma gaplarda voqealarning odatdagidan tez yuzaga kelganligi, biridan ikkinchisiga tez kochishi kabi mazmunlar ifodalanadi: Saida ornidan turgan edi, Nosirov toxtatdi (A.Q.) Saodat bilan Vohid tutga yetgan ham edilarki, chelaklab kuya boshlagan yomgir birdan toxtadi (O.Y.). Shoir she'rni oqib tugatganicha ham yoq ediki, atrofdagilar qarsak urib yubordilar (O.). U shu suvdan ichmoqchi bolib, suvdonni tolatgan -ham ediki, qush qanot qoqib suvni tukib yubordi ("K.D".).
8. -r (-ar)+ekan (kan).Bu shakl bilan birikkan qoshma gaplarda ergash va bosh gapning mazmuni bir vaqtda yuzaga keladi: U gazabdan yalliglangan kozlari bilan qosh ostida unga tikilib turarkan, ropa-rasida, negadir, Xolmat Yunusovich gavdalandi (Asq.M.). Jumaboy xayr-xushlashar ekan, Umarali zoraki iljayish bilan ornidan turdi (O.).
9. -sa. Bu boglovchi orqali birikkan ergash gap ham payt, ham shart ma'nosini ifodalashi mumkin. Agar payt ma'nosi ifodalansa, ergash gap mazmuni bosh gapning mazmuni bilan bir vaqtda yuzaga kelgan boladi; bir vaqtning ozida ham payt, ham shart mazmuni ifodalanganda, ergash gapdagi harakat bosh gapdagi harakatdan oldin yuzaga keladi; payt mazmunini ifodalagan ergash gaplardagina -sa ornida -ganda, gan vaqtda kabi shakllarni qollash mumkin boladi: Sizni korsam (korga-nimda, korgan paytda), boyning qizi bolganimga ozim ham afsus qilib ketaman (O.). Yuzingni bir koray desam (kurmoqchi bolganimda), qolingni pardalar qilding (Zavqiy). U kelsa, men yoq ekanman.