MAQSAD ERGASH GAPLI QOSHMA GAP
reja:
1. Maqsad ergash gapning ta'rifi.
2. Maqsad ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vositalar va
komponentlarning orinlashish tartibi.
3. Maqsad ergash gapli qoshma gaplarga doir tahlil namunasi.
Bosh gapdagi harakat yoki voqeaning qanday maqsad bilan yuzaga kelishini anglatadigan ergash gaplar maqsad ergash gapli qoshma gap deyiladi. Maqsad ergash gap orqali ifodalangan harakat hali boshlanma-gan, yuzaga kelishi endi moljallangan boladi. Masalan, Xalqimiz shoyi kiysin deb, tut kochati ekamiz gapida birinchi komponent (ergash gap) ikkinchi komponent (bosh gap)dagi harakatning qanday maqsadda yuzaga kelishini, bajarilishini anglatadi.
Maqsad ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar bilan birikadi:
1. deb (deya, deyishib). Bunda ergash gapning kesimi buyruq maylidagi fe'lning birlik va kopligidagi birinchi, ikkinchi va uchinchi shaxs shaklida boladi: Nevaramni koray deb, bobosi kelibdi (S.Zun.). Ishonchimni doim oqla deb, Xazonlardan meni saqla deb, Ulug jangda meni yoqla deb, Kurol berding qollarga 6ahor (U.). Bola ekan, tish chiqardim, yovlarni tishlasin deb, togday ogir bilak berdim, yovlarni mushtlasin deb (H.O.). Bunday qoshma gaplarda ergash gapning fe'l kesimlari buyruq mayli shaklida bolsa ham, ergash gapdagi mazmun buyruqni emas, istakni anglatadi.
2. -r-(ar)+ekan. Bunda maqsad ergash gapdagi harakatning bajarili-shi taxmin-tavakkal, moljal qilinadi: Oglimga tegmasa, ortoqlariga tegar deb, xalta-xalta mayiz, turshak yubordim (O.). Sozim qanday ta'sir etar ekan deb, diqqat bilan unga tikildi (A.Q.).
3. –mi+ekan: Baxtim bormi ekan deb, Menga yormi ekan deb, kelaberdilar bari, Kattakon chinor sari (H.O.).
-mi+ekan shakli -mikin korinishida ham qollaniladi: Qishlogi-mizga Yoldosh Oxunboboyev kelarmikin deb, koz tutgan edik (A.Q.).
4. uchun: Uchun bilan birikkan maqsad ergash gapning kesimi, kopincha, fe'lning uchinchi shaxs buyruq mayli shaklida boladi: Qalan-darov sozni aylantarib, rayosat tarkibida qolish uchun xohish bildirib qoymasin uchun, Saida yana uning sozini ogzidan oldi (A.Q.). E'zoz-xon uygonmasin uchun, Botirali sirganib korpadan chiqdi (H.G.).
5. toki. Bu element bilan birikkan ergash gaplarning kesimi ham fe'lning uchinchi shaxs buyruq mayli shaklida boladi: ergash gap bosh gapdan keyin kelib, toki boglovchisi bilan boshlanadi: Isfahonga yolgiz ozim ketib boraman, toki oglim korib, konglim tinchisin (F.) Ertaga artelda ham, klubda ham butun xotinlarni yigib voqeani aytib beramiz, toki bu qabihlikni hamma bilsin (Asq.M.).
Maqsad ergash gapning kesimi (koproq jonli tilda) degan maqsadda, degan niyatda, degan umid bilan kabi shakllar orqali ham shakllanadi va bosh gapga birikadi: Qizlar orasida sevgilim bormikan degan niyat bilan, Harib saroyga koz tashladi (F.).
Maqsad ergash gaplar deb, uchun, degan umidda, degan niyatda, degan maqsadda, degan umid bilan, degan niyat bilan shakllari orqali bosh gapga biriksa, birinchi orinda, bosh gap ikkinchi orinda keladi, biriktiruvchi shakllar ergash gap, toki shakli orqali bosh gapga biriksa, ikkinchi orinda keladi va toki boglovchisi ergash gap tarkibida boladi. Maqsad ergash gap bosh gapning biror bolagini izohlasa, bosh gapning ortasida qollanadi: U esini onglab, tomoshabinlar toplanmasin uchun, dadasiga jerkibroq: "yuring" dedi (A.Q.). Guroglibek, yov qochib ulgurmasin deb, otining boshini quydi (F.).
Tahlil namunasi:
Yozildi bu she'r bahor tongida,
Aziz farzandlarga sovga bolsin deb.
Toki bu muysafid otaning sozi,
Endigi qalblarga diljo bolsin deb (G.G.).
1) uchta sodda gapdan tuzilgan,
2) birinchi gap bosh gap, ikkinchi va uchinchisi maqsad ergash gaplar,
3) ergash gaplar deb, toki yordamchilari orqali bosh gapga birikkan, biriktiruvchi vositalar ergash gaplar tarkibida,
4) chizmasi: deb, toki deb.
Dostları ilə paylaş: |