-sa boglovchisi ba'zan -ki bilan birga ham qollanadi: Uyga kirsaki, Jamila yoq (H.H.). Qarasaki, sandik oqib kelayapti (F.).
10. -may, -masdan, -masdan burun (avval, oldin, ilgari). Bu shakllar bilan birikkan qoshma gaplarda bosh gapdagi voqea ergash gapdagi voqeadan oldin yuzaga kelgan boladi: Rais gap boshlamasdan burun, Saida ortaga luqma tashladi (A.Q.). Naqqosh ketmasdan avval, shoir eiikka chiqdi (O.).
Na kokning fanari ochmasdan, Na yulduz sayr etib kochmasdan, Na ufq oramay yoqut zar, Na bulut silkitmay oltin par, Tong kulmasdan burun turardi (U.). 11. -r (-ar)+mas. Kelasi zamon sifatdoshining bolishli va bolishsiz shakli (juftlashib) orqali boglangan bunday qoshma gaplarda ergash gapdagi harakat tola bajarilib bolmasdan, bosh gapdagi harakat boshlanadi: Kun botar-botmas, biz qishloqqa kirib bordik. Gudok ovozi eshitilar-eshitilmas, hamma zavod eshigi yonida toplanadi (Asq.M.).
12. -b (-ib), -gach:Yanvar oyi boshlanib, sovuq tushdi. Ular supaga otirishgach, suhbat oz-ozidan boshlanib ketdi (O.).
13. -sh (-ish)+bilan, deguncha. Bu shakllar bilan birikkan qoshma gaplarda bosh gapdagi voqea ergash gapdagi voqeaning boshlanishi yoki yuz berishi bilanoq sodir boladi: Faytun yurib ketishi bilanoq, Anvar qori yugurib madrasaga kirdi (O.). Fil xartumini suvga solishi bilan, suv chayqala boshladi ("K.D".). Urush bitdi deguncha, hammasi uya-uyasiga qarab qanot qoqadi (O.). Bir ishni qoliga oldi deguncha, ikkinchisi chokidan ketadi (Asq.M.).
14. -ki: Bu boglovchi bilan birikkan qoshma gaplarda bosh gapdagi harakat yoki voqelikning qachondan beri davom etishi yoki mavjudligi ifodalanadi: Nur borki, soya bor. U bir necha kun boldiki, joyidan jilmaydi ("K.D".). Shu dargohga kelibmanki, janjaldan boshim chiqmaydi (A.Q.) Shu sahro borki, u ham bor (Asq.M.). Dunyo yaral-mishki, bu oftob bor, Sharqdan kotarilib, botadi Harbga (G.G.).
15. -mi. Bu boglovchi orqali birikkan qoshma gaplarda bir voqea ikkinchisi bilan tez, qisqa muddatda almashganligi anglashiladi: Uzoq-dan qora korindimi, chopib oldiga borar edi (A.Q.). Paxta ochildimi (ochilishi bilan), terim boshlanadi. Payt ergash gaplar kopincha bosh gapdan oldin keladi, ergashti-ruvchi shakllar ham ergash gap tarkibida boladi. Biroq uslubiy talablar bilan ergash gapning orni inversiyaga uchrashi –bosh gapdan keyin yoki uning ortasida qollanishi mumkin: Murod ota Shohimardon kurortiga ketdilar, dedi yigit, uning oldiga choy keltirgach (S.). U, quyosh botib, salqin tushganda, yolak boylab sayoqqatga chiqardi ("S.").
Tahlil namunasi: Maymun ponani chiqargan oam ediki, dumini yogoch qisib oldi ("K.D").
1) ikkita sodda gapdan tuzilgan.
2) payt ergash gapli qoshma gap.
3) payt ergash gap -gan ham edikishakli bilan bosh gapga birikkan, boglovchi ergash gap tarkibida bolib, birinchi orinda, bosh gap ikkinchi orinda kelgan.
4) chizmasi: -gan ham ediki,