-mi elementi uchun, sababli, tufayli yordamchilari bilan shakllan-gan ergash gaplarning kesimlaridan keyin ham qoshilib keladi va gumon, taxmin, noaniq sabab ma'nosini ifodalaydi: Kecha togda tuman borliga uchunmi (sabablimi) samolyot uchmadi. 6. -gan (+lig+i+dan) bolsa kerak: Bu vosita bilan shakllangan ergash gaplar ham noaniq sabab ifodalaydi: Qalandarov Saidaning zarbga bunday epchillik bilan chap berishini xayoliga keltirmagan bolsa kerak, ozi shoshib qoldi (A.Q.). Yigilish kechiktirilgan bolsa kerak, boshqarmada Rahmonqulov ham korinmadi (Asq.M.).
7. shekilli, chogi. Bu shakllar ham vazifasi jihatidan -mi yordam-chisiga yaqin turadi; bosh gapdagi voqelikni yuzaga keltirgan sabab aniq bolmaydi: Bu fojeani hamma undan korayotgandek tuyuldi shekilli, u qayoqqadir goyib boldi (Asq.M.). U uzoqni, otgan bahorni, yozni esladi chogi, kozlarida uychan, gamgin bir jilmayish korindi (Asq.M.). Rahmonqulov Elchibekning kamgapligidan shubhalandi shekilli, u qaytayotib asta gap ochdi (Asq.M.).
8. -ki: Baxtim borki, har narsa gozal korinadi mening kuzimga (H.O.). Chorva qishloviga tayyorgarlik ishlari olda-jolda qolganki, tegishli rahbarlar bunga javob beradilar (gazeta).
9. -deb: Qora yerga yaqin kelsin deb kuyosh, Ulugbek yoqotdi kokday ulug bosh (G.G.). Siz xafa bolmang deb, kutubxonaga keldim (E.A.).
10. keyin, song: Ozim bir ishchi bolganimdan song, ortoqlarim kim bolardi (Asq.M.). Ketaman deb turib olgandan keyin, ruxsat berdim-da! (Asq.M.) (Ketaman deb turib olganligi uchun ham, javob berishga majbur boldim mazmunida). 11. -b (ib): Nahotki Dilbar oz kelajagidan chochib, ruhi ezilib ketgan edi (Asq.M.). Men ilgorlarga ergashib, tuppa-tuzuk kozim ochilib qoldi (O.).
12. -gach: Bolasi bu yerda student bolgach, Otasi osuda va kongli toqdir (G.G.). Yurtboshimiz rahnamo bolgach, tinchligimiz doim barqaror (gazeta).
13. -may, -masdan: Kopincha suv tashiydigan odam topilmay, suvsiz otiramiz (O.). Kelgindilarning sozi otmay, yerga kuchi yetmay, qishloqdan chiqib ketdi (Polkan shoir). Bu alamlarga chidolmay, kozda yoshim shashqator (Muq.).
Bevosita kesim yoki uning shakli orqali emas, boglovchilar orqali bosh gapga birikadigan sabab ergash gaplarni bosh gapga quyidagi vositalar biriktiradi:
1. chunki: Halol mehnat qilmoq eng yaxshi odat, chunki mehnat berdi bizga saodat (H.O.). Biz yengdik, chunki biz hak edik (gazeta).
2. negaki: Adolat buning sababini surishtirmadi, negaki boshqa brigada boshliqlari ham kelishlari kerak edi (A.Q.).
3. sababki: Bu togrida u kishidan opkalamadim, sababki ozodlik nimaligini ozodlikdan mahrum bolgan odam biladi (A.Q.).
4. shuning uchun, shu sababli, shu boisdan, shu vajdan: Har kun ortar kozlarimda nur, shuning uchun yoq aslo gamim (H.O.). Tojixon safardan ikki kun kechikib qaytibdi, shuning uchun brigadasidan kongli hech tinchimayotgan emish (A.Q.). Uyda mehmonlar kop boldi, shu sababli qizlar yon qoshninikida alohida bir xonani egalladilar (O.). Ne ilojkim davlatim yoq ganju mehrimdan bolak, Bul boisdan koz tulaydur qatra-qatra dur xiroj (E.V.). Uning aytishiga kora, Qalan-darov bogchaga Xurinisoni qaytarmoqchi ekan, shu boisdan Xuriniso kasalman deb yiglabdi (A.Q.).
5. -ki: Men sizga shuning uchun ham ishona olmaymanki, siz olga qarab emas, orqaga qarab ketayapsiz (A.Q.).
Sabab ergash gap komponentlarining orinlashish tartibi quyida-gicha:
a) sabab ergash gap bosh gapga -gach, -ganidan, -ganligidan, -may, -masdanshakllari, uchun, deb, sababli, tufayli komakchilari, -mi, shekilli, chogi kabi modal soz va yuklamalar bilan biriksa, birinchi orinda, bosh gap ikkinchi orinda keladi; biriktiruvchi shakllar ergash gapning kesimi tarkibida boladi.
b) sabab ergash gap bosh gapga chunki, negaki, sababki boglov-chilari bilan biriksa, bosh gap birinchi, ergash gap ikkinchi orinda boladi, boglovchilar ergash gaplarning boshida qollaniladi.
v) sabab ergash gap bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu boisdan, shu vajdan, shu sababdan boglovchilari bilan biriksa, ergash gap birinchi orinda, bosh gap ikkinchi orinda keladi, boglovchilar bosh gap tarkibida uning bosh qismida qollaniladi.
g) -ki boglovchisi orqali bosh gapga boglangan sabab ergash gaplar bosh komponentdan oldin ham, keyin ham keladi, ham ergash gap, ham bosh gap tarkibida qollanadi. Qiyoslaylik: Baxtim borki, har narsa gozal korinadi mening kozimga (ergash gap birinchi orinda). Men sizga shuning uchun ham ishonmaymanki, siz olga qarab emas, orqaga qarab ketayapsiz (bosh gap birinchi orinda).
d) agar bosh gapdagi ega tarkibiga ahamiyat berib aytilsa, shu qism ergash gapdan oldin qollaniladi: Murod, elektr nuri tushib turganidan, uni kormadi (S.Ahm.). Uning bolalarcha qongiroq tovushi, zal keng va tinch bolganidan, ozi kutgandan ham kuchliroq jaranglab ketdi (Asq.M.).
Tahlil namunasi: Nega Navrozni bunchalik sharaflayapmiz, xalqi-miz uni muqaddas hisoblaydi. Chunki rizqu rozimiz Navrozdan boshlanadi. Chunki Navroz yasharish, yangilanish faslidir (gazetadan)
1) tortta sodda gapdan tuzilgan,
2) birinchi, ikkinchi gaplar bosh gaplar; uchinchi, tortinchi gaplar ergash gaplar,
3) ergash gaplar bosh gaplarga chunki boglovchisi orqali birikkan, chunki ergash gaplar tarkibida, ergash gaplar ikkinchi, bosh gaplar birinchi orinda qollangan,
4) chizmasi:
chunki chunki