TOSIQSIZ ERGASH GAPLI QOSHMA GAP
reja:
1. Tosiqsiz ergash gapning ta'rifi.
2. Tosiqsiz ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vositalar va
komponentlarning orinlashish tartibi.
3. Tosiqsiz ergash gapli qoshma gapga doir tahlil namunasi.
Tosiqsiz ergash gapli qoshma gaplarda ergash gapning mazmuni bosh gapning mazmuniga zid boladi; shu zidlikka tusiqqa qaramay, bosh gapdagi voqea-hodisa yuzaga keladi bajariladi. Bosh gapdagi voqelikning yuzaga kelishiga monelik qilmaydigan ana shunday ergash gaplar tosiqsiz ergash gap deyiladi: Atrof fashistlar bilan orab olingan bolsa ham, partizanlarimiz radistlar manziliga yetib bordi (A.R.) gapida ergash gapning mazmuni nuqtai nazaridan qaralganda, bosh gapning mazmuni orqali anglashilgan voqelik bajarilmasligi kerak. Biroq shunga qaramay, u yuzaga kelgan bajarilgan.
Tosiqsiz ergash gap mazmun va tuzilishi jihatidan shart ergash gapga yaqin. Shart ergash gapli qoshma gaplarda ergash gap shartni, bosh gap uning natijasini bildiradi. Tosiqsiz ergash gapli qoshma gaplarda esa bosh gap ergash gapdagi shartga asoslangan natijani emas, shartsiz natijani, bosh gap natijasiga qarama-qarshi sababni bildiradi. Shart ergash gapli qoshma gaplarda ergash gapdagi voqea ("A") bosh gapdagi voqea ("B")ni keltirib chiqaradi; tosiqsiz ergash gapli qoshma gaplarda esa ergash gapdagi "A" siz ham "B" kelib chiqaveradi. Qiyoslaylik: Boshqalar ozini har qalay tutib olgan bolsa ham, Onaxon hamon tinchiy olmas edi. (Asq.M.) tosiqsiz ergash gapli qoshma; Rahbariyat jonli, mustahkam bolsa, sog kishiga Suqrotning nima keragi bor. (A.Q.) sabab ergash gapli qoshma gap.
Tosiqsiz ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar bilan birikadi:
1. -sa ham (-yam): Gulning toni ming yamoq bolsa ham, u gul (O.). Qornimiz och bolsayam, kozimiz toq bolsin (O.). Dost bilan obod uying, Gar bolsa u vayrona ham (E.V.).
2. -sa hamki: Bu ish andak mehnat talab qilsa hamki, foydasi yoq ("K.D".). Bolsang hamki qari, bolsang ham chol, qolingga qurol ol! (H.O.).
3. -sa: Ozi kormasa, bolalari korar yoruglikni, dedi kampir osoyishta tovush bilan (O). Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa, Bulbulga tikandek oshiyon bolmas emish (N.).
4. -sa-da: Tulki tilmochning asli ismi Bozorboy bolsa-da, bu ismni koplar bilmas edi. (O.) Kiyinish har bir kishining shaxsiy ishi bolib korinsa-da, u kishi oz didini boshqalarga yuqtirayotganligini unutil-masligi kerak. ("S.")
5. -gan+da ham (-yam): Buloq qaziyotgan barcha xasharchilar charchab uyquga ketganda ham, Olimjon bezovtalanib aylanib yurar edi (Sh.R).
6. -gan chogda (paytda, vaqtda, taqdirda) ham: Oq yogilib turgan paytda ham, ona yodga olinadi ("S."). Toldirgan chogda ham jahonni nurga, Quyosh qucha olmas seni daf'atan. (H.O.) U unutgan taqdirda ham, men uni unutmayman ("S.").
Yuqoridagi misollardan anglashiladiki, tosiqsiz ergash gaplar mazmun jihatidan quyidagi ikki guruhga ajraladi:
a) tosiqsiz shart ergash gapli qoshma gaplar. Bunda ergash gap bosh gapdagi mazmunga zid qoyilgan shartni anglatadi: Suv toxtasa ham, parrak aylanib turardi. (Asq.M.)
b) tosiqsiz payt ergash gapli qoshma gaplar. Bunda ergash gap bosh gapning mazmuniga zid bolgan paytni anglatadi: Asalari uzoq-uzoqlarga uchganda ham, u oz uyasini tark etmaydi. ("F.T.")
7. -gan (i) bilan: Toshga yomgir qor qilurmi, muttasil yoqqan bilan, Davlatingiz kam bolurmi, bir qiyo boqqan bilan (Q.) Umrzoq ota nasihat qilgani bilan, Oyqiz bunga konmas edi. ("F.T.")
8. -ga qara+may//(-mas+dan): Martabasi ulug bolishiga qara-masdan, eng yaqin dostday gamxorlik qilgan (A.Q.). Shamol qattiq bolganiga qaramay, yolovchilar manzilga yetib olishdi.
9. -b (-ib): Reja bajarilib, biz ishni toxtatib qoymadik. Yanvar oyi kirib ham havoda birorta bulut korinmaydi. Shifokor bola turib, bu kasallikning havfli ekanligiga aqli yetmabdi-da, dedi Mirsalim ("Mushtum").
10. -gan (i) holda: Oftob toblanib turgan holda, yomgir yogmoqda edi. Poyezdga biletim bor bolgani holda, atayin jonamadim. (sozla-shuvdan)
11. -di hamki: Oradan ykki oy otdi hamki, inspektor ishdan chiqmadi (A.Q.). "Bulbuli goyo" ancha kutdi hamki, Saidiy javob bermadi (A.Q.). Kutilgan soatlar otdi hamki, mehmonlardan darak bolmadi (Mushtum).
12. -dan qat'i nazar: Reja bajarilganligidai qat'iy nazar, paxta oxirgi chigitgacha terib olinishi kerak (gazeta).
13. Buyruq maylidagi fe'lning inkor shakllari -masin, -mang, -maylik kabilar bilan: Hukumatimiz naqadar badavlat va qudratli bol-masin, siz bilan biz, ayniqsa, biz chol ozlashtiruvchilar isrofgarchi-likka yol qoya olmaymiz. (Asq.M.) Sendan ajralib qayerga ketmaylik va qanday nozu ne'mat ichida yashamaylik, bizga tatimaydi ("K.D".).
14. Tosiqsiz ergash gap kesimi tasdiq va inkor shaklda takrorlanib, juftlashib, bosh gapga boglanadi: Derazadan boqmangiz, boshim ya-lang, Boqsangiz-boqmasangiz, qoshim qalam. (O.) Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma, qondir jigarim, xoh inon, xoh inonma (Lutfiy).
15. -mi. Bunda -mi bilan shakllangan kesimlar uyushgan shaklda boladi: Bu gap hazil ekanmi, rost ekanmi, uch-turt oy otib, bobomning uyida manqillab, gapiradigan bir kampir paydo boldi (E.A.). Saida telefonga javob beradimi, kelgan-ketgan odamlar bilan muomala qiladimi, qolida qogoz, kapalakday uchib, hali u eshikka, hali bu eshikka kirib chiqadimi boshidan xayol arimay qoydi. (A.Q.)
Tosiqsiz ergash gapli qoshma gaplarning ergash komponenti tarkibida ba'zan harakat miqdorini kuchaytirish, qabartirib, borttirib korsatish uchun qancha, qanchalik, nechoglik, naqadar sozlari qollaniladi: Qancha tirishsam ham, u beor yellar meni aldab ketadi. (H.O.) Bu gaplar naqadar shirin, naqadar yoqimli bolmasin, Qalan-darov bularga har nechuk kotarilgan bolta deb qaradi. (A.Q.)
Tosiqsiz ergash gap, kopincha, bosh gapdan oldin, uslubiy talab bilan, bosh gapdan keyin yoki uning ortasida kelishi ham mumkin: Ocherkda "Buston" deb sarlavha qoyilgan bolsa ham, gap faqat Arslonbek Qalandarov haqida borardi. (A.Q.) Dunyo gozal korinar menga, ozi qancha eski bolsa ham. (H.O.) Tohirjon Nosirov... yoshi ellikdan oshib ketganiga qaramay, idora binosi zinasidan chopqillab chiqib kelayotgan edi. (A.Q.)
Tahlil namunasi:
Otgan bolsa hamki qancha shonli zamonlar,
Bizning davrimizdek davron bolmagan (Q.)
1) ikkita sodda gapdan tuzilgan,
2) birinchi komponent tosiqsiz ergash gap, ikkinchi komponent bosh gap,
3) ergash gap bosh gapga -sa hamki shakli bilan birikkan; boglovchi ergash gap tarkibida, ergash gap birinchi, bosh gap ikkinchi orinda kelgan,
4) chizmasi: -sa hamki,
Dostları ilə paylaş: |